Sahnalashtirish faolyati vositasida bolalarda ijodiy faoliyatni rivojlanish



Yüklə 86,24 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/7
tarix30.12.2023
ölçüsü86,24 Kb.
#167620
1   2   3   4   5   6   7
Sahnalashtirish faolyati jarayyonida bolalarda ijodkorlik rivojl

“Ijodiylik” 
tushunchasi o’zida madaniy xilma-xillikni aks ettiradi. 
G’arb kishilari uchun ijodiylik, umuman olganda, yangilik sanaladi. Ular 
ijodiylik negizida noan’anaviylik, qiziquvchanlik, tasavvur, hazil- 
mutoyiba tuyg’usi va erkinlik mavjud bo’lishiga e’tiborni qaratadilar 
(Myordok, Ganim, 1993 y.; Shternberg, 1985 y.). Sharqliklar esa
aksincha, 
ijodiylikni ezgulikning qayta tug’ilish jarayoni, deb 
tushunadilar (Xui, Sternberg, 2002 y.; Rudovich, Xui, 1997 y.; 
Rudovich, Yue, 2000 y.). Garchi g’arblik va sharqliklarning ijodiylik 
borasidagi qarashlari turlicha bo’lsa- da, biroq, har ikki madaniyat 
vakillari ham mazkur sifat va unga egalikni yuqori baholaydilar 
(Kaufman, Lan, 2012 y.). 
Ko’pgina pedagog-tarbiyachilar o’zlarida ijodiylik qobiliyatini mavjud 
emas, deb hisoblaydilar. Buni ikki xil sabab bilan asoslash mumkin: 
birinchidan, aksariyat pedagog-tarbiyachilar ham aslida “ijodiylik” 
tushunchasi qanday ma’noni anglatishini yetarlicha izohlay
olmaydilar; ikkinchidan, ijodiylik negizida bevosita qanday sifatlar
aks etishidan bexabarlar. 
Ayni o’rinda shuni alohida qayd etib o’tish joizki, har bir shaxs 
tabiatan ijodiylik qobiliyatiga ega. Xo’sh, ular o’zlarida ijodiylik 
qobiliyati mavjudligini qanday namoyon eta olishlari mumkin. Bu 
o’rinda Patti Drapeau shunday maslahat beradi: Agarchi o’zingizni 
ijodiy emasman deb hisoblasangizda, hozirdanoq ijodiy tafakkurni 
rivojlantirishga qaratilgan darslarni tashkil eta boshlashingizni maslahat 


beraman. Aslida, gap sizning ijodkor va ijodiy bo’lganingiz yoki 
bo’lmaganingizda emas, balki darslarni ijodiylik ruhida tashkil 
etishingiz va yangi g’oyalarni amalda sinashga intilishingizdadir. 
Patti Drapeau nuqtai nazariga ko’ra ijodiy fikrlash, eng avvalo, 
muayyan masala yuzasidan har tomonlama fikrlash sanaladi. 

Yüklə 86,24 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə