Sahnalashtirish faolyati vositasida bolalarda ijodiy faoliyatni rivojlanish



Yüklə 86,24 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/7
tarix30.12.2023
ölçüsü86,24 Kb.
#167620
1   2   3   4   5   6   7
Sahnalashtirish faolyati jarayyonida bolalarda ijodkorlik rivojl

Har 
tomonlama fikrlash 
ta’lim oluvchilardan o’quv topshirig’i, masalasi va 
vazifalarini bajarishda ko’plab g’oyalarga tayanishni talab etadi. Bundan 
farqli ravishda 
bir tomonlama fikrlash 
esa birgina to’g’ri g’oyaga 
asoslanishni ifodalaydi. Mushohada yuritishda masala yuzasidan bir va 
ko’p tomonlama fikrlashdan birini inkor etib bo’lmaydi. Binobarin, bir 
va har tomonlama fikrlash ijodiylikni shakllantirishda birdek ahamiyat 
kasb etadi. Ya’ni, topshiriqni bajarish, masalani yechishda ta’lim oluvchi 
yechimning bir necha variantini izlaydi (ko’p tomonlama fikrlash), 
keyin esa eng maqbul natijani kafolatlovchi birgina to’g’ri yechimda 
to’xtaladi (bir tomonlama fikrlash). 
Yuqorida bildirilgan fikrlarga tayangan holda “ijodiylik” tushunchasini 
quyidagicha sharhlash mumkin: 
Shaxsning ijodiyligi uning tafakkurida, muloqotida, his- tuyg’ularida, 
muayyan faoliyat turlarida namoyon bo’ladi. Ijodiylik shaxsni yaxlit 
holda yoki uning muayyan xususiyatlarini tavsiflaydi. Ijodiylik 
iqtidorning muhim omili sifatida ham aks etadi. Qolaversa, ijodiylik 
zehni o’tkirlikni belgilab beradi, “ta’lim oluvchilar e’tiborini ta’lim 
jarayoniga faol jalb etishni ta’minlaydi”. 
Kasbiy faoliyatda pedagogning ijodiyligi turli shakllarda namoyon 
bo’ladi. Ular quyidagilardir: axborot, shu jumladan, kompyuter 
texnologiyasi yordamida pedagog - tarbiyachi tomonidan ijodiy 


yondashuv asosida tayyorlanib, ta’lim jarayonida samarali foydalanish 
mumkin bo’lgan ijod mahsulotlari sanab o’tiladi. 
Multimedia 
– bir necha ko’rinishdagi: elektron shakldagi grafik, 
matnli, 
raqamli, 
ovozli, 
musiqali, 
video, 
audio, 
fotografiya, 
harakatlanuvchi 
obrazlar (animatsiyalar) va boshqa axborotlarni 
uzatuvchi kompyuter texnologiyalari uchun taalluqli umumiy tushuncha 
Elektron albom 
– rasmlar, suratlar, chizmalar va boshqar grafik 
tasvirlar hamda ularning izohlarini o’zida aks ettiruvchi elektron 
shakldagi to’plam 
Elektron atlas 
(yun. “Atlas” – birinchi bo’lib, osmon globusini yaratgan 
afsonaviy Liviya podshosining nomidan) – muayyan o’quv moduli 
(o’quv fani) bo’yicha tavsiya etilgan va o’ziga xos grafik tasvirlarga 
ega bo’lib, o’quv maqsadlariga ko’ra foydalaniladi 

Yüklə 86,24 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə