Sahnalashtirish faolyati vositasida bolalarda ijodiy faoliyatni rivojlanish


Pedagog-tarbiyachining ijodkorlik sifatlari



Yüklə 86,24 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/7
tarix30.12.2023
ölçüsü86,24 Kb.
#167620
1   2   3   4   5   6   7
Sahnalashtirish faolyati jarayyonida bolalarda ijodkorlik rivojl

 
Pedagog-tarbiyachining ijodkorlik sifatlari.
Pedagog-tarbiyachi o’z-o’zidan ijodkor bo’lib qolmaydi. Uning 
ijodkorlik qobiliyati ma’lum vaqt ichida izchil o’qib-o’rganish, o’z ustida 
ishlash orqali shakllantiriladi va u asta-sekin takomillashib, rivojlanib 
boradi. 
Har qanday mutaxassisda bo’lgani kabi bo’lajak pedagoglarning 


ijodiylik qobiliyatiga ega bo’lishlari uchun talabalik yillarida poydevor 
qo’yiladi va kasbiy faoliyatni tashkil etishda izchil rivojlantirib boriladi. 
Bunda pedagogning o’zini o’zi ijodiy faoliyatga yo’naltirishi va bu 
faoliyatni samarali tashkil eta olishi muhim ahamiyatga ega. Pedagog 
ijodiy faoliyatni tashkil etishda muammoli masalalarni y e chish, 
muammoli vaziyatlarni tahlil qilish, shuningdek, pedagogik xarakterdagi 
ijod mahsulotlarini yaratishga alohida e’tibor qaratishi zarur. 
Ijodkorlik
–muayyan yangilikning ahamiyati va foydali ekanligini 
belgilovchi shaxs faoliyati va uning natijasi. 
Ijodkor shaxs
–ijodiy jarayonni muvaffaqiyatli amalga oshira oladigan 
hamda aniq ijodiy natija (mahsulot)larga ega shaxs. 
Ijodiy shaxs
–jarayon yoki natija sifatida ijodkorlikni namoyon 
etuvchi, masalalarni yechishga nostandart usullar bilan yondasha olishga 
moyil, o’ziga xos harakatlarni tashkil etish, yangiliklarni ilgari 
surishga, ijodiy mahsulotlarni yaratishga layoqatli va tayyor shaxs 
Ijod 
–ijtimoiy sub’ektning yangiligi, ahamiyati va foydaliligi jamiyat 
yoki muayyan guruh tomonidan tan olingan faoliyati yoki faoliyati 
natijasi 
Ijodkor shaxsni tarbiyalash 
– kasbiy-ijodiy faoliyat tajribalarini qaror 
toptirish va boyitish asosida ijodiy g’oya, ularni amalga oshirish 
ko’nikma va malakalariga ega shaxsni shakllantirish va rivojlantirish 

Yüklə 86,24 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə