Sahnalashtirish faolyati vositasida bolalarda ijodiy faoliyatni rivojlanish


Sahnalashtirish faoliyati rivojlantirish vositasi sifatida



Yüklə 86,24 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/7
tarix30.12.2023
ölçüsü86,24 Kb.
#167620
1   2   3   4   5   6   7
Sahnalashtirish faolyati jarayyonida bolalarda ijodkorlik rivojl

Sahnalashtirish faoliyati rivojlantirish vositasi sifatida. 


Bolalar faoliyatidagi syujetli rolli o’yinlarning ahamiyati. 
Syujetli-rolli o’yin o’z xususiyatiga ko’ra aks ettiruvchi faoliyatdir. 
Tevarak –atrfdagi kattalar va tengdoshlarini hayoti va faoliyati bu o’yin 
mazmuniga manba bo’lib xizmat qiladi. O’yinning syujetli xarakati 
munosabatlari 
bilan bog’langan voqea hodisalar va ularning 
qatnashuvchilaridir.
Rol syujetli rolli o’yinning asosiy negizi hisoblanadi. O’yin bolada 
qanoatlantirish, xursandchilik hissi paydo bo’ladi, shuning uchun bolani 
qiziqtirib, unda yaxshi kayfiyat uyg’otadi. Bola organizmidagi hayotiy 
faoliyatini yaxshilaydi. Bola o’ynayotganida har xil xarakatlar qiladi: 
yuguradi, sakraydi, tor maydon, ingichka taxtaning ustidan o’tadi, 
engashadi, yuqoriga tirmashib chiqadi va hokazo.
Bu harakatlarnig hammasini bola bemalol, o’z xohishi bilan bajaradi. 
Natijada bolaning muskullari pishadi. U harakatini yengilroq, chaqqonroq 
bajaradigan bo’lib qoladi, jismoniy jihatdan chiniqa boradi. 
Bolaning aqliy tomondan rivojlanish uchun ham o’yin katta ahamiyatga 
ega. O’yin natijasida bolaning bilimi kengayib boradi. Rolli o’yinlar 
bolaning kuzatuvchanligini, qiziquvchanligini oshirib borish doirasini 
rivojlantiradi, boyitadi. Bola o’z o’yinida borliqni aks ettirayotib, olgan 
rolining mazmuni bilan bog’liq bo’lgan u yoki bu xissiyotini boshdan 
kechiradi. Bolalar bog’chasi “maktab” kasbiy o’yinlar bolada do’stlik 
o’rtoqlik, burch xissi, jamoatchilik kabi hislarni tarbiyalaydi. 
Musiqa mashg’ulotlarida “teatr”, “bayram” kabi o’yinlarda estetik 
tarbiya amalga oshiriladi. Estetik tarbiyani ahamiyati katta bo’ladi. 
Estetik tarbiya orqali bola zavqlanadi, yana ko’proq o’ynashga keladi. 
Rolli o’yinda har bir bola o’ziga olgan rolni bajaridi.


Masalan, ona shofyor, tarbiyachi, enaga, artist va hokazo.. rolli 
o’yinlarda didaktik, qoidali, harakatli o’yinlardagi singari qat’iy 
o’rnatilgan qoida bo’lmaydi. Bunda ko’pincha bolalar o’zlari hayol 
qilgan narsalari bo’yicha xarakat qiladilar.
Masalan, “Raketaga tushib oyga uchadilar”, “Poroxodda suzadilar”, 
“Kasalni davolaydilar”. Bolalar o’z o’yinlarida sekin asta murakkab 
bo’lmagan syujetli o’yinlarni o’ynay boshlaydilar. Bunda asosan 
kundalik turmushda takrorlanib turadigan voqealar aks etadi. Bolaga 
ovqat berishda, uxlashga yotqizadilar, kasal bo’lib qolsa darrov uning 
oyoq, qo’li bog’lanadi, yolg’ondakam dori beriladi. 
Katta maktabgacha yoshidagi ijodiy o’yin juda ham yaxshi rivojlanadi. 
Bu o’yinlarda bolalar o’zlari eshitgan, ko’rgan voqealar, kitoblar va 
boshqa manbalarda olgan bilim, malakalarni, his-hayajonlarni to’la 
qo’llay boshlaydilar. Bu yoshdagi bolalar o’yinlarida berilgan ta’lim-
tarbiyaning natijasi yaqqol ko’rinib, sezilib turadi. Bolalar kim bilan 
o’ynashi to’g’risida va o’yinning qanday borishi to’g’risida kelishib 
oladilar. O’yinlar uzoqroq davom etadigan bo’lib boradi. Bitta o’yinni 
uzoq vaqt, xatto bir necha kun o’ynash mumkin, bunda har gal o’yinga 
yangilik kirib boriladi. Har bir bolaning yaxshi ko’rgan o’yini va yaxshi 
ko’rgan roli bo’ladi, shifokor bo’lishni xohlagan qiz mana shu rolni har 
xil o’yinda, bog’cha, kasalxona, poroxod va shu kabi o’yinlar o’ynashga 
intiladi. 
Maktabgacha yoshining oxirida so’z yangi ahamiyat kasb etadi, bolalar 
so’z orqali butun bir o’yin epizotlarini yarata boshlaydilar. Bolalardagi bu 
xususiyat ularning tafakkurini va hayollari rivojlanganidan darak beradi. 
Maktabgacha yoshidagi bolalar o’yinlariga to’g’ri rahbarlik qilib borilsa 


ularning mustahkam jamoasi yuzaga kelib u o’z an’anasiga o’z qoidasiga 
ega bo’ladi. Bolalarga birgalikda ijod qilish qobiliyati rivojlanadi, ular 
o’rtoqlarining fikri bilan kelishadigan, fikrga quloq tutadigan bo’lib 
boradi. Faol bolalar har doim o’yinning o’z rodini talab etadi. Ular ba’zan 
o’yin qoidasini buzishadi. O’rtoqlarini hafa qilishadi, ammo 
tarbiyachining ta’siriga tez berilishadi, ularning ijodiy xususiyatlari, 
sog’lom qiziqishlari bo’ladi, tarbiyachi mana shular asosida ularni ongi 
va xissiga ta’sir etadi. Tortinchoq uyatchan bolalarni sho’x bolalarga 
nisbatan tushunib olish ancha murakkab. Chunki tortinchoqligi, 
uyatchanligi orqasida ular o’zlarining bilim, malaka, hayollarini yaxshi 
namoyon eta olmaydilar.
Tarbiyachi ularga diqqat e’tibor bilan munosabatda bo’lsa, ular 
faollashib qoladi. Ko’pincha bolalarning uyatchan, passiv bo’lishi bolalar 
bog’chasi va oiladagi noto’g’ri tarbiyaning natijasidir. Bu xatoni tuzatish 
yaxshi natijalar beradi. O’yin mavzusi o’zgarish bilan o’yinda 
qatnashuvchilarning ham o’zaro munosabatlari o’zgarib boradi. Kichkina 
bolalarning har biri o’z holicha o’ynasa keyinchalik 2-3 kishi 
maktabgacha yoshiga kelganda o’ynovchilar soni ko’payib, o’rtoqlik 
munosabatlari tarkib topa boshlaydi. Bunday bolalarga munosabatlar 
o’yinga mavzu va mazmun tanlashda rollar va o’yinchoqlarni 
taqsimlashda yuzaga keladi. O’yinni tuzilishi va mazmuni rivojlanib 
borishi bilan o’yinchoqning nom va unga talab ham o’zgarib boradi. 
Bolalar o’yinini ko’pincha o’yinchoq belgilaydi.
Bitta o’yinchoq bir necha vazifani bajarishi mumkin. O’rta va katta 
maktabgacha yoshdagi bolalarda o’yin to’g’risidagi fikri avval tug’iladi, 
keyin o’yin boshlanadi. O’yinchoq o’yin mazmuniga qaratib tanlanadi. 


Bolalarni o’ynashlari uchun ma’lum vositalar kerak. 
Rolli o’yinlarda bolalar har xil vositalardan foydalanadilar. Ulardan 
asosiylari quyidagilar: bolalarni o’z harakatlari; o’yinchoq va boshqa 
materiallar. 
Bolalarning 
asosiy 
tasvirlovchi vositalari o’zlarini 
xarakatidir. Masalan, bola ikki oyog’ida sakrab quyoncha taqlid qilish 
mumkin, ikki qo’lini qimirlatib, pishillab paravoz bo’lishi mumkin va 
hokazo. Bolalarning ko’p harakatlarini qurish-yasash bilan bog’liq 
bo’ladi. Ular parvoz, daraxt, elektirovoz quradilar ularni o’zlariga 
o’xshatishga harakat qiladilar. Ko’pincha qurish o’yinlarining boshlanish 
bo’lib xizmat qiladi. Taqlid vositasiga o’yinchoq ham kiradi.
O’yinchoq bola harakatiga to’ldiradi, o’ylagan obrazi va fikrini amalga 
oshirishga yordam beradi. Qo’liga qo’g’irchoq ko’tarib olgan qizaloq 
o’zini haqiqiy onadek sezadi va haqiqiy onalar bajaradigan ishni bajaradi. 
Qizni ovqatlantiradi, kiyintiradi, uxlashga yotqizadi va hokazo. Kiyimlar 
va ularning qismlari ham kiradi. Ular bolalarning olgan rolini yaxshiroq 
bajarishga va uni yanada aniqroq ijro etishga imkon tug’diradi. Ba’zan 
arzimagan detal ham o’yinga qiziqish uyg’onadi. Masalan, petirushka 
o’tdan qolpoq qilib, qizil shapkacha shlyapa bilan hayvonga dumcha 
yasab bolalar tasurotlarini to’laroq ifodalaydilar. 
Bolalar o’yin davomida ba’zi bir narsalarni xohlagan narsalarni nomi 
bilan atab ham jiddiy o’zi xohlagan narsalarni faraz qilib juda yaxshi 
o’ynaydilar. Masalan, tomiri “konfet” qo’lini “shakar” stulni “mashina” 
deb atashlari mumkin. So’z yordamida bolalar qanday o’yin o’ynashlarini 
va boshqalarni kelishib oladilar.
O’z yordamida bir-biri bilan muomalada bo’lib, o’z fikrlarini isxor 
etiladi. So’z xar xil tasurotlarni ifodalash imkonini beradi. Bolalar bu 


xona vositalaridan ko’pincha vaqtida foydalanadilar. Aks ettiruvchi vosita 
qanchalik ko’p bo’lsa o’yin mazmuni shunchalik boyroq bo’ladi, hamda 
tevarak atrofdagi voqealardan olingan tasurot shunchalik to’laroq aks 
ettiriladi. 
O’yindagi umumiy qiziqishlar bolalarni bir-biriga 
yaqinlashtiradi, do’stlik aloqalarini o’rnatishga xizmat qiladi. Bunda 
ayniqsa uzoq davom etadigan o’yinlar muhim ahamiyat kasb etadi. Bir 
necha bolalar dengiz sayohati o’yini bilan qiziqib bir necha kungacha shu 
o’yinni o’ynashlari mumkin. Ular kemada xoli; “shimoliy qutbga”, xoli 
issiq mamlakatlarga sayohatga borishadi. Uzoq o’ynaladigan o’yinlar 
bolalarda birgalikda oshiriladigan ishlarni maslahatlashib olishni, rollarni 
bo’lishishini, bunda har bir bolaning qiziqishini, e’tiborga olishni, fikri 
bilan kelishishni, kerak bo’lgan har bir daqiqada yordamga kelishini talab 
etadi, bu bilan bolalarda umumiy ish uchun javobgarlik hissi rivojlanadi.
Uzoq vaqt dengizchi rolini bajaraish natijasida bolalarda odamiylik
o’rtoqlik, insonparvarlik, jasurlik o’zaro yordam kabi ijobiy axloqiy 
sifatlar shakllana boshlaydi. Bolalarni o’zaro munosabatlari borgan sari 
kamol topa boradi. Ijtimoiy tarbiya olayotgan sharoitda har bir bola 
o’ynayotgan bolalar jamoasiga kira olish, u yerda o’z o’rinini topa bilishi 
va shu jamoada o’rnashib olishi lozim. Busiz bolalar hayoti ham 
bo’lmaydi. Yaxshi qovishgan o’yin ham bo’lmaydi. Shu tariqa, o’yindagi 
umumiy maqsadlar, umumiy qiziqishlar, birgalikdagi kechirmalar
intilishlar, ijodiy izlanishlar bolalarni birlashtiradi. 

Yüklə 86,24 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə