Samarqand davlat universiteti a. Babayarov, F. Meliyev, I. Ximmatov, M. Subharwall



Yüklə 3,76 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/60
tarix11.12.2023
ölçüsü3,76 Mb.
#145602
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   60
Linux OTda adminstratorlik O\'quv qo\'llanma

Ext3 (Third Extended Filesystem)
– ext2 fayl tizimining 
yangilangan ko‗rinishi, lekin bu tizimda yangi texnologiya (jurnallar 
bilan ishlash) qo‗llanilgan. Diskda sodir bo‗lgan o‗zgarishlarning 
barchasi ―jurnallarga‖ yozib boriladi va ma‘lumotlarga zarar yetkanda 
shu jurnallar orqali fayllarni tiklash mumkin bo‗ladi. Jurnallar bilan 
ishlashning quyidagi rejimlari mavjud: 
— 
Ordered
– bu rejimda fayl tizimida sodir bo‗lgan 
xizmat(служебный) fayllarini o‗zgarishlari yozib boriladi. Rejim odatiy 
tarzda ishlatiladi. 


46 
— 
Journal
– buzilish sodir bo‗lganda ma'lumotlarni minimal 
yo‗qotishga erishmoqchi bo‗lsangiz shu rejimdan foydalanishingiz 
mumkin. Bu rejimda xizmat fayllaridan tashqari foydalanuvchining 
ma'lumotlari xam jurnalga yozilishi mumkin. Shuning uchun bu rejim 
eng sekin ishlaydigan rejim hisoblanadi. 
— 
Writeback
– eng tez va eng foydasiz bo‗lgan rejim hisoblanadi. 
Jurnalning ishlash rejimini faqat Ext3 fayl tizimi uchun o‗rnatish 
mumkin va u quyidagi faylini 
/etc/fstab
o‗zgartirib o‗rnatiladi:
/dev/sda5 / ext3 defaults, data=journal 1 1 
Ext3
fayl tizimida disk bo‗limlarining maksimal qiymati 4 Tbayt, 
lekin Linux yadrosining 2.6 versiyasida 16 Tbayt qilib belgilangan. 
Faylning maksimal xajmi 1 Tbayt bo‗lishi mumkin. Jurnallar bilan 
ishlash texnologiyasini o‗chirib qo‗yish ham mumkin. 
Ext4
– Linuxning yangi ishlab chiqilgan fayl tizimlaridan biri 
hisoblanadi. Bu fayl tizimi Linux yadrosining 2.6.28 versiyasida paydo 
bo‗lgan. Ext3 fayl tizimi bilan solishtiradigan bo‗lsak, Ext4 fayl tizimi 
ishlashi va ishonchliligi 2 barobar oshganligini ko‗rishimiz mumkin. Bu 
tizimda disk bo‗limlarining maksimal qiymati 1024Pbayt (1Ebayt), fayl 
hajmining maksimal qiymati 2 Tbayt qilib belgilangan. 

Yüklə 3,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   60




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə