Samarqand davlat universiteti a. Babayarov, F. Meliyev, I. Ximmatov, M. Subharwall


Takrorlash uchun savol va topshiriqlar



Yüklə 3,76 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/60
tarix11.12.2023
ölçüsü3,76 Mb.
#145602
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   60
Linux OTda adminstratorlik O\'quv qo\'llanma

Takrorlash uchun savol va topshiriqlar: 
1.
Linux yadrosi yaratilish tarixini ayting; 
2.
Linuxda ishlatiladigan fayl tizimlarini sanang
3.
ReiserFS va XFS fayl tizimlari haqida gapirib bering; 
Mustaqil ishlash uchun topshiriqlar: 
1.
Linux yadrosi tarkibini o‗rganib chiqing; 
2.
Linuxda Windows fayl tizimlari bilan ishlash imkoniyatlarini 
o‗rganib chiqing; 
3.
Linuxning turli distributivlarida ishlatiladigan fayl tizimlarini 
o‗rganib chiqing. 


48 
3-§. Linuxda fayl va papkalar bilan ishlash. 
3.1.Fayl nomlari va kengaytmalari 
Linuxda har bir fayl o‗z nomiga ega. Fayl nomi uzunligi fayl tizimi 
talablariga bog‗liq bo‗ladi. Zamonaviy fayl tizimlar 255 gacha simvolli 
nomga ega fayllarni yaratishga imkoniyat bersa, bir qancha fayl tizimlar 
esa qisqa fayl nomini tanlash bilan chegaralanadi. Xozirda Fayl nomida 
deyarli xoxlagan simvolni ishlatish mumkin, lekin chalkashishdan 
qochish maqsadida quyidagi ro‗yhatni ko‗rib chiqamiz: 
- Bosh harflar (A-Z); 
- Kichkina harflar (a-z); 
- Raqamlar (0-9) 
- Tag chiziq (_) 
- Nuqta (.) 
- Vergul (,) 
- / yoki ildiz 
Ildiz katalog har doim / (slesh) bilan nomlanadi va shu bitta simvol 
bilan ifodalanadi. Boshqa fayllar bu simvolni nom sifatida ishlata 
olmaydi. Shu bilan birga, fayl manzili fayl nomidagi satr hisoblanib 
kataloglar slesh bilan ajratilgan bo‗ladi. Bitta ota-onada bir xil ismdagi 
farzandlari bo‗lmaganidek, bitta katalogda bir xil nomdagi fayllar 
bo‗lmaydi. Xar xil ota-onada bir xil nomli farzandlari bo‗lganidek, 
boshqa 
boshqa 
katalogda 
bir 
xil 
nomli 
fayllar 
bo‗lishi 
mumkin.Tanlayotgan fayl nomi biron nimani anglatishi kerak. Ko‗p 
hollarda katalogdagi muhim fayllar foydasiz nomlar bilan saqlanadi. 
Bunday nomlar yomon tanlov bo‗lib, sababi ular fayl qanday ma'lumot 
saqlayotganini esga solmasligi mumkin. Quyidagi ro‗yhatda nomlar 
faylda saqlanayotgan ma'lumot haqida axborot bera oladi:
-Yozishmalar 
- Yanvar 
- Davis 
- Hisobot 
- 2001 


49 
- Qarzdorlik_hisoboti 
Fayl nomlari uzunligi DOS yoki Windowsning eski versiyalarida fayl 
nomi uchun 8 ta simvol va kengaytmasi 3 simvolgacha bo‗lishi mumkin 
edi. Ba'zi UNIX tizimlarida 14 simvolli chegara mavjud bo‗lsa, 
Macintoshning eski variantlarida 31 simvolli chegara mavjud. Agarda 
fayl nomi qisqa bo‗lsa, uni chop qilish oson bo‗ladi; keyinchalik 
kengaytmasiga 
ba'zi 
fayl 
tizimlarda 
mavjud 
bo‗lgan 
kichik 
chegaralanishdan oshirish mumkin bo‗ladi. Qisqa faylnomlarining salbiy 
tomoni shundaki, ular uzunroq faylnomidagidek to‗la ma'lumotni 
ifodalamasligi 
mumkin.Uzun 
faylnomlilarda 
faylning 
to‗laroq 
ma'lumotini yoritish mumkin. Fayl nomini to‗la yozib o‗tirmasligingiz 
uchun shellda nomni o‗zi tugatish imkoniyatiga ega. Fayl nomlarida 
katta yoki/va kichik harflardan foydalanish imkoniyati mavjud. Linuxda 
registrlarning bog‗liqligi tufayli, YANVAR, Yanvar va yanvar fayllari 
bir biridan farq qiladi. Fayl nomlarida probellardan foydalanish mumkin
lekin bunday qilish tavsiya etilmaydi. Sababi, probel maxsus simvol 
hisoblanib, buyruqlar satrida ko‗rsatib o‗tilishi lozim. Probel o‗rniga 
nuqta yoki tag chiziqdan foydalanish tavsiya etiladi,masalan 05.04.26, 
new_stuff.Agarda probel mavjud bo‗lgan fayl nomi bilan ishlayot 
vaqtda, masalan, boshqa operatsion tizim fayli bo‗lsa, bunday holda 
buyruqlar satrida, fayl nomini yozish uchun teskari slesh yoki 
qo‗shtirnoq yozish lozim bo‗ladi. 

Yüklə 3,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   60




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə