Samarqand davlat universiteti a. Babayarov, F. Meliyev, I. Ximmatov, M. Subharwall



Yüklə 3,76 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/60
tarix11.12.2023
ölçüsü3,76 Mb.
#145602
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   60
Linux OTda adminstratorlik O\'quv qo\'llanma

ls
-
kataloglar tarkibini ko‗rish uchun ishlatiladi. Odatda joriy 
katalog tarkibini ko‗rsatadi. Agar parametrlarda biror kataloggacha yo‗l 
ko‗rsatilsa, unda tanlangan katalog tarkibini ko‗rsatadi. Qo‗shimcha 
tarzda -l (List) va -a (All) opsiyalari bilan ishlatilishi mumkin. Birinchisi 
katalog tarkibini batafsil ma'lumotli ro‗yxat sifatida ko‗rsatadi, 
ikkinchisi esa yashirin fayllarni ko‗rish imkonini beradi.
ls –l yoki ls –a; 
more-
parametrda berilgan fayl mazmunini ekranga chiqarish. 
head-
parametrda berilgan faylning birinchi 10ta satrini ekranga 
chiqaradi. 
tail-
parametrda berilgan faylning oxirgi 10 ta satrini ekranga 
chiqaradi.

cat
-
parametrda berilgan fayl mazmunini standart chiqishga chop 
etadi. Agar parametrda bir nechta fayllar uzatilsa, ular ketma-ket chop 
etiladi. Bundan tashqari, chiqishni '>' belgisi yordamida boshqa faylga 
yo‗naltirish ham mumkin. Agar faqat ma'lum bir sondagi qatorlarni chop 
etish talab etilsa, -n (Number) opsiyasidan foydalanish mumkin. 
Buyruq bitta matnli fayl bilan ishlatilsa: 
cat path_to_fale, 
u bu fayl tarkibini terminal oynasida ko‗rsatadi. Ikki yoki undan 
ortiq fayl bilan ishlatilsa, 


52 
cat path_to_file_1 path_to_file_2
,
unda bu fayllarni birlashtiradi.
Agar
cat path_to_file_1> new_fale
,
ko‗rinishda ishlatilsa fayllar tarkibini yangi faylga birlashtiradi. 
cd
-
joriy katalogdan ko‗rsatilgan katalogga o‗tishga imkon beradi. 
Agar parametrlarsiz ishlatilsa, u uy katalogiga qaytadi. Ikki nuqta bilan 
ishlatilsa joriy katalogga nisbatan bir pog‗ona yuqori katalogga qaytadi. 
―-‖ tire bilan ishlatilsa(cd -) oldingi katalogga qaytadi.
Ildiz katalogiga 
qaytish buyrug‗i 
cd~. 
Boshqa papkaga o‗tish uchun quyidagi buyruq kiritilishi kerak: 
cd papka_manzili 
pwd-
Joriy katalog nomini ekranga chiqaradi. Agar Linux buyruq 
satri bunday ma'lumotlarni chiqarmasa, bu buyruq foydali bo‗lishi 
mumkin. Bu buyruq katalogga havola olish uchun skript bajariladigan 
Bash dasturlashda foydali bo‗ladi.
MKDIR-
yangi 
kataloglar 
yaratish 
buyrug‗i. 
Eng 
qulay 
opsiyalardan bittasi -p (parents), bitta buyruq bilan butun ichki katalog 
tuzilishini agar ular mavjud bo‗lmasa ham yaratish imkonini beradi.
FILE
- buyrug‗i fayl turini ko‗rsatadi. Linuxda fayllar bilan ishlash 
uchun ular har doim kengaytmaga ega bo‗lishi shart emas. Shuning 
uchun, ba'zida foydalanuvchi oldida qanday fayl turganini aniqlash qiyin 
bo‗ladi. Bu buyruq bu muammoni hal qiladi. 
CP-
fayl va kataloglardan nusxa ko‗chirish buyrug‗i. Bu buyruq 
kataloglar tarkibini rekursiv ravishda nusxasini ko‗chirmaydi (ya'ni, 
barcha ichki kataloglar va ichki kataloglardagi barcha fayllar), shuning 
uchun -r (Rekursiv) yoki -a (Arxiv) opsiyalarini qo‗shib ishlatish tavsiya 
etiladi. Ikkinchi parametr rekursiv nusxalashdan tashqari atributlarni, 
katalog egasi(yaratuvchisi)ni va vaqt tamg‗asini saqlash imkoniyatini 
beradi. 
MV-
fayllar va kataloglarni ko‗chirish yoki nomini o‗zgartirish 
buyrug‗i. Shunisi e'tiborga loyiqki, Linuxda bu ikki amal bir xil 
operatsiya hisoblanadi. Ya‘ni nomini o‗zgartirish - faylni boshqa nom 
bilan shu papkaga ko‗chirishni bildiradi. 


53 
RM-
fayl va papkalarni o‗chiradi. Agar rekursiv o‗chirish talab 
etilsa, -r opsiyasidan foydalanish mumkin. Biroq, buyruqni ehtiyot 
bo‗lib ishlatish kerak bo‗ladi, muhim fayllaringizni o‗chirib tashlash 
mumkin. Rm buyrug‗i fayllarni ―Karzina‖ qutisiga tashlamaydi, balki 
butunlay o‗chirib tashlaydi. Rm buyrug‗ining natijalari qaytarilmasdir. 
Ishoning, "rm mening kurs ishimni yedi" kabi bahonalaringiz hech 
kimga qiziq bo‗lmaydi.
CHMOD-
faylga murojaat huquqlarini o‗zgartiradi. Bular o‗qish, 
yozish va bajarilish. Har bir foydalanuvchi o‗z fayllari huquqlarini 
o‗zgartirishi mumkin. 
CHOWN-
fayl egasini o‗zgartiradi. Faqat superuser fayl egalarini 
o‗zgartirishi mumkin. Rekursiv o‗zgartirish uchun -r opsiyasidan 
foydalaniladi. 
FIND-
fayl tizimida, fayl va papkalarda qidirish. Bu juda 
moslashuvchan va qudratli Linux buyrug‗i, faqat uning qidirish 
qobiliyati tufayli emas, balki topilgan fayllarga ixtiyoriy buyruqlarni 
bajarish qobiliyati tufayli ham.

Yüklə 3,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   60




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə