Samarqand davlat universiteti a. Babayarov, F. Meliyev, I. Ximmatov, M. Subharwall



Yüklə 3,76 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/60
tarix11.12.2023
ölçüsü3,76 Mb.
#145602
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   60
Linux OTda adminstratorlik O\'quv qo\'llanma

 
LOCATE 
find buyrug‗idan farqli o‗laroq, locate buyrug‗i updatedb 
ma'lumotlar bazasidan fayl nomlari andozalari uchun qidiradi. Bu 
ma'lumotlar bazasida juda tez qidirish imkonini beradigan fayllar tizimi 
tasviri mavjud. Ammo bu qidiruv ishonchsizdir, chunki oxirgi tasvirdan 
keyin hech narsa o‗zgarmaganiga amin bo‗lib bo‗lmaydi.
DU-
fayl yoki katalog hajmini ko‗rsatadi. Eng foydali opsiyalaridan 
-h (human), fayl o‗lchamlarini o‗qish oson formatga o‗zgartiradi, -s 
(Summarize), minimal ma'lumotlarni chiqaradi va -d (Depth), kataloglar 
bo‗yicha rekursiya chuqurligini o‗rnatadi.
 
DD r
asmiy qo‗llanmada aytilganidek, bu fayllarni nusxalash va 
o‗zgartirish uchun terminal buyrug‗i. Juda aniq tavsif emas, lekin bu 
hamma narsani bajaradi. Siz unga manba faylini, manzilni va bir nechta 
qo‗shimcha variantlarni o‗tkazasiz. Keyin u bitta faylning nusxasini 
boshqasiga 
o‗tkazadi. 
Siz 
yoziladigan 
yoki 
nusxalanadigan 
ma'lumotlarning aniq hajmini belgilashingiz mumkin.
Bu buyruqlarni ishlatishga ayrim misollar keltiramiz: 


54 
Fayl tizimidagi kataloglarning joylashuvi. 
Linux yuklanganda, foydalanuvchi odatda fayllarni saqlash va 
kataloglar yaratish uchun ajratilgan o‗zining uy katalogida joylashgan 
bo‗ladi. 
Ayni vaqtdagi joriy katalogni bilish uchun quyidagi buyruq 
ishlatiladi: 
pwd 
Buyruqni bajarish natijasi quyidagicha bo‗ladi: 
/ home/ demo 
Foydalanuvchi katalogi tizim foydalanuvchisi nomidan keyin 
joylashgan, bu misolda u demo deb nomlangan. Bu katalog 
/home
deb 
nomlangan katalogda va 
root
yoki 
root katalog
deb nomlangan ildiz 
katalogda joylashgan. 
Kataloglar tarkibini ko‗rish 
Ls
buyrug‗i katalog tarkibini ko‗rish uchun ishlatiladi. Bu 
buyruqning nomi 
list files
sozlar qisqartmasidir. 
Istalgan katalog tarkibini quyidagi yo‗llar bilan ko‗rish mumkin: 
1)ls
katalog_ nomi
Katalog joylashgan yo‗lni to‗liq yozish orqali: 
2)ls / kataloggacha bo‗lgan_yo‗l 
Bu buyruqning bajarilishi natijasida berilgan katalog ichida 
joylashgan fayllar va kataloglar nomlari ko‗rsatiladi: 
dir1 fayl1 fayl2 fayl3 
ls buyrug‗iga qo‗shimcha opsiyalar qo‗shilishi mumkin, masalan, 
joriy katalogdagi fayllar va kataloglarning batafsil ko‗rinishini 
(ruxsatnomalar, fayllar yoki papkalar egalarining ro‗yxati, hajmi, oxirgi 
o‗zgartirish sanasi) ko‗rsatish uchun -
l(el)
opsiyasidan foydalanish 
mumkin: 
ls -l 
Buyruqni bajarish natijasi: 
total 16 
drwxr-xr-x 2 home demo 4096 Nov 3 17:40 dir1 
-rw-r--r-- 1 home demo 13 Nov 8 17:17 file1 


55 
-rw-r--r-- 1 home demo 42 Nov 9 13:04 file2 
-rw-r--r-- 1 home demo 42 Nov 10 13:04 file3 
Barcha fayllar ro‗yxatini, jumladan, yashirin fayllar va kataloglarni 
ko‗rish uchun ls buyrug‗iga 
-a
belgisini qo‗shish mumkin: 
ls -a 
Buyruqni bajarish natijasi: 
... dir1 fayl1 .mysql_history .ssh 
.. .bash_history file2 file3 .nan 
ls –F b
uyrug‗i yordamida belgilar nomlarga ularni xarakterlovchi 
turini qo‗shilishi bilan joriy katalog tarkibini ko‗rsatishingiz 
mumkin.Buyruqni bajarish natijasi: 
dir1 / file1 file2 file3 
 
Kataloglar o‗rtasida harakatlanish 
Foydalanuvchi uy katalogiga o‗tish uchun 
cd
buyrug‗idan 
foydalaning. Ushbu buyruq nomi (
change directory.
-
katalogni 
o‘zgartirish)
so‗zlari qisqartmasidir. 
Foydalanuvchining uy katalogiga o‗tish uchun quyidagi buyruq 
yoziladi: 

Yüklə 3,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   60




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə