Samarqand davlat universiteti a. Babayarov, F. Meliyev, I. Ximmatov, M. Subharwall


  1-§. Linux operatsion tizimi. Linux distributivlari



Yüklə 3,76 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/60
tarix11.12.2023
ölçüsü3,76 Mb.
#145602
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   60
Linux OTda adminstratorlik O\'quv qo\'llanma

 



1-§. Linux operatsion tizimi. Linux distributivlari 
1.1. Linux operatsion tizimi haqida 
Operatsion tizim - bu bir-biri bilan bog‗langan tizimli dasturlar 
majmuasidir, uning maqsadi foydalanuvchilarning kompyuter bilan 
o‗zaro aloqasini va boshqa barcha dasturlarning bajarilishini tashkil 
etishdir. 
Operatsion 
tizim 
kompyuter 
uskunalari 
va 
foydalanuvchi 
bajariladigan dasturlar o‗rtasida bog‗lovchi vazifasini bajaradi. 
Dunyodagi 
eng 
mashhur 
operatsion 
tizimlar 
Microsoft 
koorporatsiyasidan taklif qilingan va qo‗llab quvatlanadigan Windows 
operatsion tizimidir. Uning barcha foydalanuvchilar operatsion tizimlari 
orasidagi o‗rtacha ulushi 90%dan ko‗proqni tashkil qiladi. Ko‗pchilik 
foydalanuvchilar kompyuterda ishlash uchun Windows operatsion 
tizimi 
o‗rnatilgan 
bo‗lishi 
kerak 
deb 
hisoblaydi. 
Hamma 
foydalanuvchilar ham muqobil yoki boshqa operatsion tizimlar haqida 
bilishmaydi, lekin oxirgi besh yillikda foydalanuvchilar, ayniqsa 
axborot texnologiyalari sohasida ta‘lim oluvchi talabalar va ishlovchi 
xodimlar Linux operatsion tizimidan foydalanishga o‗tishmoqda. 
Linux operatsion tizimi 1991 yil Xеlsinkidagi univеrsitеtlardan 
birida taxsil oluvchi talaba Linus Torvaldsning disеrtatsiya ishi 
natijasida, UNIX opеratsion tizimi asosida yangi opеratsion tizimi 
sifatida yuzaga kеldi. Avvaliga Torvalds yangi operatsion tizimni Freax 
(inglizcha "free", "freak" so‗zlari hamda UNIX oilasiga mansubligini 
bildiruvchi "X" xarflari birlashmasi) deb atamoqchi edi. Biroq kernel 
birinchi bor joylashtirilgan FTP serverning administratori hamda 
Torvaldsning do‗sti Ari Lemka kernelga tegishli jildni linux deb 
nomladi. Shu-shu bu operatsion tizim ushbu nom bilan atala boshlandi. 
Opеratsion tizim Intеrnеt tarmog‗iga joylashtirishi natijasida tеz 
orada o‗z foydalanuvchilari va muxlislariga ega bo‗ldi va ko‗pgina 
dasturchi (programmist)larni o‗ziga jalb qilishi Linux opеratsion 
tizimining kеskin rivojlanishi uchun katta omil sifatida xizmat qildi. 
1991 yilda Linux ning 0.01 versiyasi vujudga kelgan. Linux OT 
turli mamlakatlarning dasturchilari tomonidan yaratilgan bo‗lib, ochiq 
kodli operatsion tizim bo‗lib, internet mahsuloti hisoblanadi. 



OT quyi darajadagi dasturiy ta'minot bo‗lib, ma'lumotlarni saqlash 
va printer, ekran, klaviatura, sichqoncha, printer kabi periferiya 
qurilmalariga interfeysni ta'minlab beradi. OT ikki qismdan iborat: 
yadro va tizim dasturlari. Yadro kopmyuterdagi barcha dasturlar uchun 
CPU, qattiq diskdan, tezkor hotira kabi mashina resurslarini taqsimlab 
beradi. Tizim dasturlari yuqori darajadagi topshiriqlarni, klient/server 
qismiga oid vazifalarni bajaradi. 
Bugungi kunda dunyo miqyosidagi opеratsion tizimlar ichida o‗ziga 
xos o‗riniga egadir. Buning asosiy sabablaridan biri shuki, Linux erkin 
tarqatiladigan ta‘minotlardan biridir, ya‘ni har bir foydalanuvchi 
dastlabki tizim kodlarini Intеrnеt tarmog‗i orqali yoki bo‗lmasa 
kompakt-diskdagi nusxasini sotib olish imkoniyatiga ega. Bu opеratsion 
tizimning 2 ta ishlash uchun mo‗ljallangan intеrfеyslari bo‗lib, ular GUI 
(Graphic User Interface) - grafikali intеrfays hamda CLI (Command 
Line Interface) - konsol, ya‘ni komandalar qatoridan iboratdir. 
So‗ngi yillarda Linux OT, Unix oilasiga mansub OTning 
innovatsion mahsulotlari ichida eng yaxshisi bo‗lib kelmoqda. Linux OT 
ning avzalliklari: 
Ilovalar: Linux OT ning pullik va pulsiz versiyalari uchun keng 
ko‗lamda ilovalarning mavjudligi hamda web server, tarmoq havsizligi, 
administratsiyalash, grafik instrumentlarining keng mashtabdaligi bilan 
avzal hisoblanadi. Dunyoning yirik kompaniyalari Linux ilovalarining 
doimiy yangilab borishini, Linuxning yadrosiga doimiy qo‗shimchalar 
kiritib borish qiziqishlarini bildirishgan. Masalan IBM kompaniyasi 
Linuxning doimiy hamkori hisoblanadi. Linux POSIX standartining 
barcha talablariga javob beradi. 
Periferiya qurilmalari: Barcha kompyuter qurilmalari bilan tez oson 
ulanishi bilan ajralib turadi. 
Dasturiy ta'minot: Foydalanuvchilarga dasturiy mahsulotlardan 
foydalana olish imkoniyati, nafaqat dastur kodi (source code) balki 
uning kompilyatsiyalangan versiyasi, dasturlarning oson o‘rnatilishi va 
tezda ishga tushishi bilan muhim hisoblanadi. Bunday dasturlarga Java 
ni qo‗llab quvvatlovchi ochiq kodli dasturiy ta'minot Netscape ni 



keltirishimiz mumkin. Shu bilan birgalikda Mozilla, Thunderbird, 
Firefox ham ular qatoriga kiradi. 
Platforma: Linux nafaqat Intel bazasidagi platformalar uchun balki, 
Apple (PPC Linux), Compaq's alfa, MIPS, Motorola 68K asoslangan 
mashinalar, 64 bitli tizimlar va IBM S/390x platformalari uchun 
mo‗ljallangan. Linux ko‗pprotsessorli hisoblash mashinalarida ishlaydi. 
Emulyator: Linux boshqa OT uchun mo‗ljallangan dasturlarni, 
Linux muhitida ishlashini ta'minlab beruvchi emulyator dasturlarini 
qo‗llab quvatlaydi. Emulyator yordamida DOS, Windows va Macintosh 
dasturlarini Linux ostida ishlatishni ta'minlaydi. Ochiq kodli dastur 
bo‗lgan Wine Unix/Linux oilasiga mansub bo‗lgan x86 arxitekturali 
tizimlarda Windowsning 16-32-64 bitli ilovalarini ishlatishni amalga 
oshirib beradi. 
Linux ixcham (portable) tizim hisoblanib, har xil hisoblash 
mashinalarida ishlashi mumkin. Linux oilasiga mansub barcha OT ning 
95 foizi C dasturlash tilida yozilgan bo‗lib, hisoblash mashinasiga 
bo‗g‗liq bo‗lmagan dasturlash tili hisoblanadi. 
Linux 
portativ 
hisoblangani 
uchun, 
turli 
xil 
hisoblash 
mashinalarning asosiy talablariga to‗liq javob bergan holda moslashadi. 
Masalan Linux mobil telefonlar, Televizor kabel qurilmalari 
kontrollerlariga o‗rnatish mumkin. Fayl tizim strukturasi qattiq disk 
bilan 
tez 
ishlashi 
uning 
ustunligi 
hisoblanadi. 
Linux 
OT 
ko‗pfoydalanuvchi OT sifatida qaraladi.
Linux ОT Internet tarmog‗idagi ochiq sistemalar va protokollar 
standartlarini qo‗llab-quvvatlaydi hamda Unix, Dos, MS Windows 
sistemalariga mos keladi. Sistemaning barcha komponentiari, dastlabki 
matnlar 
bilan 
birgalikda 
chegaralanmagan 
holda 
barcha 
foydalanuvchilarga ochiq nusxa olish va o‗rnatish uchun litsenziya bilan 
birga tarqatiladi. 
Linux ОT Internet PC Pentium Pro platformalarida keng tarqalgan 
va qator boshqa platformalarda ham joy egallamoqda (DEP AXP, Power 
Macintosh va h.k.). 

Yüklə 3,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   60




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə