Samarqand davlat universiteti a. Babayarov, F. Meliyev, I. Ximmatov, M. Subharwall



Yüklə 3,76 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/60
tarix11.12.2023
ölçüsü3,76 Mb.
#145602
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   60
Linux OTda adminstratorlik O\'quv qo\'llanma

Tizim konsoli/Buyruqlar qatori.
Linuxda buyruqlar interfeysi tizim 
tarkibiga biriktirilgan. Dasturlarni boshqarish uchun skriptlarni 
yaratishin mumkin. Tizim va amaliy dasturlar bilan chambarchas 
bog‗langan maxsus funktsiyalarni bajarish uchun ko‗plab yordamchi 
dasturlar mavjud. Qayta tiklash yoki konfiguratsiya funktsiyalari buyruq 
satridan bajarilishi mumkin. 
O‗rnatish bo‗yicha
: Windowsning oldingi versiyasini o‗rnatish 
komyuterda o‗rnatilgan uskunaga qarab oddiy yoki qiyin bo‗lishi 
mumkin. Linuxda tizimni o‗rnatish qulayligi distributivlar orasida katta 
farq qiladi. Qulay va grafik ko‗rinishdagi o‗rnatish (SuSE, Mandriva, 


12 
Ubuntu, Fedora va boshqalar) va menyu orqali usullari bilan variantlar 
(Debian, Vector Linux, ArchLinux, Slackware) mavjud, ammo ba'zi 
distributivlar manbalardan nusxa ko‗chirish va kompilyatsiya qilishni 
talab qiladi (Gentoo) .
O‗rnatish uchun sarflangan vaqt.
Windowsda bu qurilmaga 
o‗rnatilgan uskunaga bog‗liq. Masalan,Windows Vista uchun 10 dan 30 
daqiqagacha. Linuxda distributivga qarab 6 daqiqadan bir soatgacha 
yoki undan xam ko‗proq. Ubuntu kabi keng tarqalgan distributivlar 
uchun o‗rtacha 6-30 daqiqa. Manbadan tizimning to‗liq kompilyatsiyasi 
bir necha soat ichida amalga oshirilishi mumkin. 
Qurilma drayverlarining mavjudligi.
Windowsda ishlatiladigan 
faqat ba'zi qurilmalar uchun drayverlar alohida o‗rnatiladi. Ko‗pgina 
drayverlar tizim o‗rnatuvchisi tomonidan yoki saytdan yangilanishlardan 
so‗ng o‗rnatiladi. Drayvelarni o‗rnatish jarayoni avtomatlashtirilgan. 
Linuxda ko‗pgina drayverlar internetda bepul mavjud. Ba'zi qurilmalar 
uchun (grafik kartalar, simsiz aloqa kartalari va boshqalar) bepul 
drayverlar mavjud emas, ulardan foydalanish uchun litsenziya 
shartnomasini qabul qilish kerak. Ayrim qurilmalar uchun Windows 
drayverlaridan foydalanish mumkin. Ba'zi hollarda Linux uchun 
drayverlar umuman yo‗q. 
Dasturiy ta'minot bilan ta‘minlanishi.
Windowsda standart holda 
multimedia va internet uchun bir nechta dasturlar (Internet Explorer 
brauzeri, Media Player, Notepad muharrirlari, WordPad, Paint grafik 
muharriri) hamda apparat ishlab chiqaruvchilarining dasturlari kiritilishi 
mumkin. Windows Vista versiyasiga qarab Interet Explorer 7 brauzeri, 
Windows Mail pochta dasturi, Windows Media Center multimedia 
dasturi va boshqalarni o‗z ichiga oladi. Linuxning barcha asosiy 
distributivlarda turli xil vazifalar uchun ko‗plab dasturlar mavjud: 
multimedia, grafikalar, Internet, ofis ishlari, o‗yinlar, shuningdek, tizim 
yordam dasturlari va qo‗shimcha vizual qobiqlar bo‗ladi. 
Qo‗shimcha ravishda o‗rnatilishi mumkin bo‗lgan dasturlar.
Windows uchun tijorat va bepul dasturiy ta'minotlarning katta tanlovi 
mavjud.Odatda, ular barcha kerakli kutubxonalar bilan birga keladi va 
har biri alohida oddiy amallar ketma-ketligi yordamida o‗rnatiladi. 


13 
Linux uchun bepul dasturiy ta'minotning katta tanlovi mavjud bo‗lsa, 
tijorat dasturlarining tanlovi kichikroqdir. Linux uchun ba'zi Win32 
dasturlarining versiyalari yaratilgan. Rasmiy distributivlarga kiritilgan 
dasturlar juda oddiy amallar ketma-ketligi yordamida o‗rnatiladi va ular 
to‗plamlar sifatida xam o‗rnatilishi mumkin, kerakli kutubxonalar 
avtomatik ravishda o‗rnatiladi. Dasturlarni o‗rnatish va tarqatish oson 
bo‗lishi uchun maxsus qadoqlash formati qo‗llaniladi. 
Diskini tayyorlash
. Windowsda o‗zining "mahalliy" NTFS 
formatidagi disklar osongina kengaytirilishi mumkin(Vista uchun 
xattoki qisqartirilishi ham mumkin). Shu bilan birga, ushbu vazifa uchun 
grafik dastur buyruq qatori dasturiga qaraganda kamroq funksionallikka 
ega. Linuxda diskni qismlarga bo‗lishda, uning formatiga qarab
ma'lumotlar saqlanishi yoki saqlanmasligi mumkin. Bir nechta 
operatsion tizimlarni o‗rnatish mumkin. 
Yuklash dasturi.
Windowsda foydalanuvchi tanloviga qarab 
operatsion tizimlarni (NTLDR) yuklashi mumkin. Linuxda o‗rnatilgan 
menejerlar yordamida foydalanuvchi tanlagan operatsion tizimlarni 
yuklashi mumkin. Agar Windows va Linuxni bitta kompyuterga 
o‗rnatish rejalashtirilgan bo‗lsa, avval Windows, keyin esa Linuxni 
o‗rnatilishi kerak. 
Turli xil versiyalari o‗rtasidagi bir xillik
. Windowsda turli 
versiyalar o‗rtasida yuqori darajadagi interfeys o‗xshashligi saqlanib 
qoladi. Linuxda distributiv turi, uning versiyasiga bog‗liq holda, unga 
o‗rnatilgan grafik qobig‗iga va dasturlariga qarab, interfeysning ishlashi 
xar xil bo‗lishi mumkin. Biroq, ko‗plab sozlashlar mavjud va 
foydalanuvchi ularni versiyadan versiyaga o‗tkazishi mumkin. 
Dasturlar orasidagi bir xillik.
Windowsda Microsoft tomonidan 
chiqarilgan barcha dasturlar bir xil interfeys dizayni tamoyillariga amal 
qiladi. Biroq, yangi dasturlarni tizimning eski versiyalariga ko‗chirish 
bir xillik tamoyillarini buzishi mumkin. Linuxda KDE va GNOME 
tamoyillariga amal qiladigan dasturlar bir xil tamoyillarni meros qilib 
oladi. Biroq, ko‗plab mustaqil dasturlar ularga mos kelmasligi mumkin. 
Interfeysni yagona tamoyillar asosida quruvchi grafik kutubxonalarni 
yaratishga urinishlar olib borilmoqda. 


14 
Sozlash.
Windowsda manba kodini xarid qilish qiyin va boshqa 
ishlab chiqaruvchilar dasturlari tizim sozlamalarini o‗zgartirishi 
mumkin. Linuxda butun tizim kodi o‗zgartirish uchun ochiq. Linux 
uchun aksariyat boshqa dastur ishlab chiqaruvchilar dasturlari manba 
kodini ham taqdim etadi. 

Yüklə 3,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   60




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə