Samarqand davlat universiteti lingvokulturologiya



Yüklə 4,15 Mb.
səhifə124/127
tarix19.12.2023
ölçüsü4,15 Mb.
#150532
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   127
SOTSIOLINGVISTIKA – tilshunoslikning tilni va uning mavjud bo‘lgan ijtimoiy sharoitlar bilan bog‘liqligini o‘rganadigan sohasi. Ijtimoiy sharoitlar deganda, amaldagi til rivojlanayotgan tashqi shart-sharoitlar majmuyi: mazkur tildan foydalanayotgan kishilar jamiyati, bu jamiyatning ijtimoiy strukturasi, til egalarining yoshi, ijtimoiy mavqeyi, madaniyat va bilim darajasi, yashash joyi orasidagi farqlari, shuningdek, ularning muloqot vaziyatiga bog‘liq nutqiy muomalasidagi farqlar tushuniladi. Demak, sotsiolingvistika tilning jamiyat hayotidagi roli, uning ijtimoiy tabiati, ijtimoiy funksiyalari, ijtimoiy omillarning tilga bo‘lgan ta’sir mexanizmi bilan bog‘liq masalalarni o‘rganadigan tilshunoslik sohasidir.
STEREOTIP – muayyan guruh yoki jamoaning soddalashgan, sxemalashgan, emotsional bo‘yoqdor va favqulodda barqaror bo‘lgan obrazi, turli madaniyat vakillarining tili va tafakkurining o‘ziga xosligi. Har qanday shaxs muayyan madaniyatlar bilan bog‘langan stereotiplar olamida yashaydi. Stereotiplar ijtimoiy stereotiplar, muloqot stereotiplari, mental stereotiplar, madaniy stereotiplar, etnomadaniy stereotiplar va h.k. ga ajratiladi. Masalan, ijtimoiy stereotiplar shaxsning tafakkuri va muomalasini ko‘rsatadi. Etnomadaniy stereotiplar biron bir xalqqa xos bo‘lgan umumiy xususiyatlarni ifodalaydi. Masalan, o‘zbeklar mehmondo‘stligi, ruslar tavakkalchiligi, qozoqlar qaysarligi, turklar hissiyotliligi, xitoyliklar sertakallufligi, yaponlar xushmuomalaligi, italyanlar qiziqqonligi, estonlar sustkashligi, nemislar tartibga aniq rioya qilishi bilan butun xalq haqidagi stereotip tasavvurlarni yuzaga chiqargan.
SUBMADANIYAT – ikkinchi darajali, tobe madaniyat tizimi (masalan, yoshlar submadaniyati va h.k.).
TABU – madaniy, diniy, irim yoki noxushlik uyg‘otishi nuqtayi nazaridan muayyan xatti-harakatlar yoki ayrim so‘zlar qo‘llanishini taqiqlash.
Tabu so‘zi tonga tilidagi < tapu < ta – “belgilamoq”, “ajratmoq” va pu – “butunlay” so‘zlaridan kelib chiqqan bo‘lib, “butunlay ajratilgan”, “alohida belgilangan”, ya’ni “man etmoq, taqiqlamoq” ma’nosini anglatadi. Tabular ikkiga: etnografik va lingvistik tabularga ajraladi. Masalan, supurgini, o‘qlovni tik qo‘ymaslik, birovning orqasidan supurmaslik, axlatdan hatlamaslik, qaychini ochib qo‘ymaslik, qalampirni qo‘lga bermaslik kabilar irimga asoslangan etnografik tabular hisoblanadi. Lingvistik tabu lug‘aviy birlikning yo xalq irimi nuqtayi nazaridan, yo atash noxushlik uyg‘otishi nuqtayi nazaridan muomalada qo‘llanishining taqiqlanishidir. Masalan, o‘zbek tilida chayon so‘zi tilga olinmaydi. Chunki uni atash chaqirish ma’nosini beradi, deb tushuniladi.
TAMADDUN (“sivilizatsiya” < lot. civilis – fuqaro) termini XVII asrda vujudga kelgan. Har bir madaniyatning o‘limi bo‘lgan o‘z tamadduni mavjud. Tamaddun har qanday ijtimoiy-madaniy dunyo rivojlanishining oxirgi bosqichidir. Madaniyat milliy, tamaddun xalqarodir. Ingliz-amerika an’analarida har qanday alohida ijtimoiy-madaniy dunyo sivilizatsiyadir. Madaniyat yangini yaratadi, tamaddun faqat ma’lum narsani tarqatadi.

Yüklə 4,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   127




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə