Samarqand davlat universiteti lingvokulturologiya



Yüklə 4,15 Mb.
səhifə125/127
tarix19.12.2023
ölçüsü4,15 Mb.
#150532
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   127
TASVIRIY RAMZLAR biron bir belgi, alomat, ko‘rinish yoki tasvirni ifodalovchi timsollardir. Turli tasvirlar, oddiy va murakkab geometrik figuralar, osmon jismlari, ierogliflar, harflar, hatto tinish belgilari tasviriy ramzlarni ifodalashga xizmat qiladi.
FRAZEOLOGIZM – turg‘un birikmalarning obrazli, ko‘chma ma’noga ega turi bo‘lib, til egasining dunyoni, hodisalarni o‘ziga xos ko‘rishini namoyon etadi. Frazeologizmlar har doim xalq dunyoqarashi, jamiyat tuzilishi va o‘z davrining mafkurasini bilvosita aks ettiradi. Har bir tilning frazeologizmlarida xalq hayotiga mansub ijtimoiy-tarixiy voqea-hodisalar, axloqiy va ma’naviy-madaniy me’yorlar, diniy tasavvurlar, milliy an’ana va urf-odatlar, madaniy stereotiplar va arxiteplar o‘z aksini topgan bo‘lib, ular avloddan-avlodga uzatiladi.
ETNOLINGVISTIKA – tilning jamiyat ijtimoiy strukturasi yoki xalqning madaniyati, an’analari, urf-odatlari bilan aloqasini o‘rganadigan yo‘nalishi. Zamonaviy etnolingvistikaning markazida tilning leksik tizimidagi faqat muayyan moddiy va madaniy-tarixiy majmualar: madaniyat shakllari, urf-odatlar, udumlar bilan o‘zaro munosabatdagi elementlari bo‘ladi. Mazkur yo‘nalishni ikki alohida tarmoqqa ajratish mumkin: 1) etnik hududlarni tilga ko‘ra rekonstruksiya qilish; 2) xalqning moddiy va ma’naviy madaniyatini til ma’lumotlariga ko‘ra rekonstruksiya qilish. Etnik o‘ziga xosliklar, jumladan, turli vaziyatlarda kishilar qanday ishlashadi, qanday dam olishadi, qanday ovqatlanishadi, qanday gaplashishadi va h.k. har joyda namoyon bo‘ladi.
ETNOPSIXOLINGVISTIKA nutqiy faoliyatda muayyan an’analar bilan bog‘liq bo‘lgan muomala elementlarining qanday paydo bo‘lishini, turli til egalarining verbal va noverbal muloqotidagi farqlarni o‘rganadi. Nutqiy etiket va “dunyoning rangli manzarasi”ni, turli xalqlardagi ikki tillilik va ko‘p tillilik hodisalarini tadqiq etadi.
EVFEMIZM (yun. euphemismos < eu – yaxshi + phemi – gapiraman) – narsa-hodisaning ancha yumshoq shakldagi ifodasi; qo‘pol beadab so‘z, ibora va tabu o‘rnida qo‘pol bo‘tmaydigan so‘z (ibora)ni qo‘llash. Masalan, ikkiqat, bo‘g‘oz so‘zlari o‘rnida homilador, og‘ir oyoqli so‘zlarini qo‘llash. Yoki chayon so‘zi tabuga uchragan, qo‘llanishi man qilingan bo‘lib, uning ma’nosi eshak so‘zida ifoda topgan.
O‘XSHATISHLAR – har bir xalqning lingvomadaniy boyligi bo‘lib, ular milliy dunyoqarash, dunyodagi predmet, hodisa va harakatlarni milliy tasavvurlarga ko‘ra taqqoslash, qiyoslashdir. O‘xshatishlar muayyan xalqning ilk tafakkur tarzini va tasavvurlarini tamsil etadi. O‘xshatishlarning ikki turi: erkin o‘xshatishlar va turg‘un o‘xshatishlar farqlanadi. Erkin o‘xshatishlar muallifning o‘ziga xos original o‘xshatishlaridir. Turg‘un o‘xshatishlarda o‘xshatish etalonida ifodalangan obraz barqarorlashgan bo‘ladi. Ular tilda tayyor birliklar kabi nutqqa olib kiriladi.

Yüklə 4,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   127




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə