Samarqand davlat universiteti matematika fakulteti Nazariy va amaliy mexanika kafedrasi


Fan bo‘yicha talaba bilimiga, ko‘nikma va malakasiga qo‘yiladigan talablar



Yüklə 0,87 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/39
tarix15.07.2023
ölçüsü0,87 Mb.
#119613
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   39
b1c5bbe02af98b6a7bff99222b365a67 ROBOTOTEXNIKAGA KIRISH

Fan bo‘yicha talaba bilimiga, ko‘nikma va malakasiga qo‘yiladigan talablar

Fanni o‘zlashtirgandan keyin talaba: 
Robototexnika fanining asosiy masalasi va ularni yechish, Robototexnikaning 
asosiy qonunlari va prinsiplari haqida tasavvurga ega bo‘lishi;
Robototexnika bo‘limlari: statika: kuchlar sistemasi va ularning muvozanat 
shartlari, kinematika: robot qismlarning harakati, harakat turlari harakat qonunlari va 
kinematik xarakteristikalari (tezlik, tezlanish, burchak tezlik, burchak tezlanish va h.k.), 
dinamika: robot, robot qismlari va mexanizmlarni o‘rganish va tahlil qilishlar haqida 
nazariy bilimlarga ega bo‘lishi; 
Fanning hamma bo‘limlari: statika, kinematika va dinamika masalalarini yechish 
bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarni egallashi; 
Robototexnika masalalarini yechish, tahlil qilish va mexanik xulosalar chiqara 
bilish malakalarini egallashi; 
Robototexnikaning nazariy va amaliy masalalarining qo‘yilishi va yechimlari
haqida tegishli xulosalar chiqarish kompetensiyalariga ega bo‘lishi kerak.
Fanning o‘quv rejadagi boshqa fanlar bilan o‘zaro bog’liqligi va uslubiy jihatdan 
uzviy ketma-ketligi



Robototexnika fani matematika, fizika, geologiya va boshqa mexanika fanlari bilan 
uzviy bog’langan. Robototexnika masalalari matematika metodlari bilan yechiladi, undan 
keyin mexanik xulosa qilinadi. Fizika masalalari esa Robototexnikaning qonunlari, 
prinsiplari, teoremalari va tenglamalari yordamida yechiladi. Robototexnika fanining 
barcha masalalari yechimi uchun nazariy mexanika fani asos bo‘lib xizmat qiladi

Fanning ishlab chiqarishdagi o‘rni 
«Robototexnika» fani Mexanika ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha mutaxassislar 
tayyorlashning o‘quv jarayonida bakalavrlarning yuqori darajadagi matematik va mexanik 
tayyorgarligi va ko‘pgina maxsus fanlar bo‘yicha chuqur bilimlarga ega bo‘lishida muhim 
o‘rin tutadi. Mazkur fan dasturiga ko‘ra ko‘pgina mexanik masalalar o‘rganiladiki, bu 
mazkur fanni chuqur o‘rgangan har bir talaba olgan bilimlarini ishlab chiqarishda va ilmiy-
tadqiqot ishlarida, shuningdek ta’lim tizimida samarali foydalanish imkonini beradi. 

Yüklə 0,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə