Samarqand davlat universiteti pedagogika kafedrasi


Boshlang‘ich ta’limning xususiy metodikalarini yaratish



Yüklə 3,27 Mb.
səhifə327/381
tarix03.03.2022
ölçüsü3,27 Mb.
#84301
1   ...   323   324   325   326   327   328   329   330   ...   381
7cd24b2e3dfc14533e311a0b5103aa9f UMUMIY PEDAGOGIKA (5)

Boshlang‘ich ta’limning xususiy metodikalarini yaratish.

Petalotssi o‘zining umumiy didaktik qoidalariga tayanib, boshlang‘ich ta’limning xususiy metodikasi asosini yaratib berdi.

Pestalotssi ona tili o‘qitishning asosiy vazifasi bolaning nutqini o‘stirish va uning so‘z boyligini orttirishdan iborat bo‘lishi lozim, deb hisobladi. Pestalotssi savod o‘rgatishda tovush metodini birinchi o‘ringa qo‘ydi, bunday qilish harflarni qo‘shib o‘qitish metodi hukmronlik qilib turgan o‘sha vaqt uchun g‘oyat muhim edi.

Pestalotssi ona tili o‘qitishni ko‘rsatmali prinsip asosida olib borish va bollarga tabiiyot, geografiya va tarixga doir elementar ma’lumotlar berib, shu tariqa bolalarning so‘z boyligini orttirish to‘g‘risida qimmatli ko‘rsatmalar berdi.

Pestalotssi zeriktirarli va bir xildagi mashqlar qildirish bilan bolalarda kuzatish, narsa yoki hodisaning belgilarini aniqlay olish malakasini o‘stirishga, biror narsani aniq va to‘la tasvirlab bera olish malakasini hosil qilishga intildi.

Bolalarda yozuv malakasini hosil qilmoq uchun Pestalotssi dastlab to‘g‘ri va egri chiziqlarni -xatlarning elementarlarini chizdirib, mashq qildirishni tavsiya etdi. Pestalotssi yozuv o‘rgatishni narsalarni o‘lchash va suratni chizish bilan shuningdek, nutqni o‘stirish bilan bog‘lab olib borishni taklif qildi.

O‘lchashni o‘rgatmoq uchun Pestalotssi dastlab to‘g‘ri chiziq chizishni, so‘ngra burchak, kvadrat chizishni va bu kvadratni bo‘laklarga (yarimta, chorakta qilib va hokazo) bo‘lishni o‘rgatishni taklif qildi. Tarbiyachi bolalarga turli geometrik jismlarni ko‘rsatish va ularning nomlarini aytib berishi lozim. Bolalar bu geometrik jismlarni kuzatib, ularning xossalari va nomlarini o‘zlashtirib oladilar, ularni o‘lchashni o‘rganadilar.

Bola o‘lchov natijalarini chizib va yozib olishi lozim; bunday mashqlar bolaga yozuv o‘rgatishning asosidir.




Yüklə 3,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   323   324   325   326   327   328   329   330   ...   381




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə