Samarqand davlat universiteti


Fikrlarni tarmoqlash quyidagicha tashkil etiladi



Yüklə 480,47 Kb.
səhifə78/80
tarix17.03.2023
ölçüsü480,47 Kb.
#102775
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   80
8b661b467baad283577aa48d96001b02 BOLALAR NUTQINI O`STIRISH NAZARIYASI VA METODIKASI

Fikrlarni tarmoqlash quyidagicha tashkil etiladi:
1. Xayolga kelgan har qanday fikr ketma-ket yoziladi.
2. Fikrlar tugamaguncha yozishda davom ettirish kerak, fikrlar tugab qolsa, u holda yangi fikr kelguncha biron rasm chizib turing.
3. Iloji boricha fikrlarning ketma-ketligi va o‘zaro bog‘liqligini ko‘paytirishga intiling.
4.So‘zlar ketma-ketligi faqat “nima?” degan so‘rog‘iga javob berishi lozim.
TEST SAVOLLARI



  1. Bolalarda nutqni eshitish qanday hodisani yuzaga keltiradi?

fonematik idrok qilishni
nutqda nafas olishnni
xotirani rivojlantirishni
nutqda talaffuz qilishni

  1. Ovoz va nutqning vujudga kelishida…...

nafas olish asos hisoblanadi
idrok qilish asos hisoblanadi
nutqni yuzaga chiqishi
tovushni talaffuz qilish

  1. Nutqimizda so‘zlarning qobig‘ini nima tashkil qiladi?

nutq tovushlari
sozlar talaffuzi
gap tuzish
so‘z birikmasi

  1. So‘zning borliqdagi shaxs, narsa, belgi, miqdor, harakat-holat haqidagi tushunchalarini ifodalashi uning….

lug‘aviy ma’nosi deyiladi.
grammatik ma’nosi deyiladi
lug‘aviy-grammatik ma’nosi deyiladi.
Bir m’noliligi deyiladi

  1. Farzandni oilaga quvonch va baxt keltiruvchi shamchiroq deb ta’kidlagan mutafakkirni belgilang.

Alisher Navoiy
Ibn Sino
Beruniy
Dovoniy

  1. “Axloqi Jaloli” asari muallifini belgilang.

Dovoniy
Alisher Navoiy
Forobiy
Beruniy
7. Qaysi mutafakkir olim o‘z asarlarida ta’limning uzluksiz, ko‘rgazmali, aniq maqsadga yo‘naltirilishi va muayyan tizim asosida o‘tkazilishi zarurligini ta’kidlagan?
Beruniy
Dovoniy
Ushinskiy
Forobiy
8. Qaysi adib bola tarbiyasi bilan enaga shug‘ullanishi kerakligini, bolani tarbiyalayotganda uning shaxsiga tegmasdan tarbiyalash lozimligini ta’kidlagan?
Ibn Sino
Beruniy
Forobiy
Bobur
9. Mtmda ona tilini o‘qitishning asoslarini belgilab bergan va bolalarni xalqona ohangda tarbiyalash kerak degan g‘oyani ilgari surgan olimni belgilang.
K.D.Ushinskiy
Vodovozova
Flerina
Komenskiy
10. Quyidagilardan qaysi asar Ushinskiyga tegishli va nechanchi yilda chop etilgan?
“Ona tili”, 1861 yil
“Aqliy rivojlanish” 1871 yil
“Axloqi Jaloli” XV asr
“Ona tili” 1761
11. K.D.Ushinskiy ona tilini birlamchi o‘qitishning nechta asosiy maqsadini shakllantirgan?
3 ta
2 ta
4 ta
5 ta
12. Mtmda bolalarga ona tilini o‘qitish bo‘yicha Ushinskiy ishlarining davomchisi va shogirdini belgilang.
Vodovozova
Flerina
A.N.Gvozdev
Leontev
13. Bolalarda ona tilini rivojlantirish dasturiva bolalarni tarbiyalashda rus folkloridan foydalanish metodikasini ishlab chiqqan shaxsni belgilang?
E.N. Vodovozova
A.R.Usova
Y.A.Flerina
Y.I. Tixeyeva
14. Mtmda kichik yoshga nisbatan “tilni o‘qitish” atamasini qo‘llagan va bu o‘quvni amalga oshirish mtmning asosiy vazifalaridan biri ekanligini ta’kidlagan olimni belgilang.
Y.I. Tixeyeva
E.N. Vodovozova
A.R.Usova
Y.A.Flerina
15. Quyidagilardan Vodovozovaning asarini hamda yozilgan yilini belgilang.
“Aqliy rivojlanish” 1871 yil
“Ona tili” 1861 yil
“Onalar maktabi” 1766 yil
“Aqliy rivojlanish” 1861 yil
16. “Maktabgacha yoshdagi bolalarni o‘qitish muammosini tor darajada hal etish”ning xafliligi haqida ogohlantirgan olimani toping.
Y.A.Flerina
A.R.Usova
E.N. Vodovozova
Y.I. Tixeyeva
17. XX asrning nechanchi yillariga kelib maktabgacha ta’limda nutq o‘stirish metodiukasiga bog‘liq nazariy va amaliy tadqiqotlar tanqidga uchradi?
70 – 80- yillarga
55 – 65 – yillarga
80 – 90 - yillarga
50 – 60 – yillarga
18. “Nutq o‘ziga xos faoliyat sifatida boshqa faoliyat turlari bilan bir qatorda turmaydi, u psixologik rivojlanish jarayonida markaziy o‘rinni egallaydi..”. Ushbu fikr muallifini toping.
A.N.Leontev
L.S.Vigotskiy
B.F.Lomov
Ushinskiy
19. XX asrning 50-yillarida qanday g‘oyalar ta’siri doirasida imitatsion yondashuv ajralib chiqdi?
bixeviorizm va neoxeviorizm doirasida
mantiqiylik va obrazlilik doirasida
lug‘aviylik va shakliylik doirasida
tilshunoslik doirasida
20. XX asrning qaysi yillari boshlarida grammatikani vujudga keltiruvchi transformatsion nazariyaga asoslangan bolalarning taklif yaratishi nazariyasi keng tarqaldi?
60 – yillar boshlarida
50 - yillar boshlarida
70 - yillar boshlarida
80 - yillar boshlarida
21. Bola nutqi - ….
- bolaga oid bo‘lgan o‘ziga xos madaniyatning qimmatli ovozidir.
- bolani gapirishni o‘rganishi
- so‘zlarni yod olishi
- psixik rivojlanmaslik
22. Tarbiyachining sayoz, cheklangan ta’sirsiz nutqi bolalarni …
- nutq mazmuniga e’tiborsiz qilib qo‘yib, zeriktirib yuboradi.
- bolalar nutqini yaxshilaydi
- bolalarga juda qiziqarli bo‘ladi
- bolalarni kuldiradi
23. Talaffuz etishning tovush jihatidan necha xil uslubi bor va ular qaysilar?
- ikki xil: so‘zlashuv uslubi va to‘liq uslub
- uch xil: so‘zlashuv, adabiy til va to‘liq uslublar
- ikki xil: so‘zlashuv uslubi va badiiy uslub
- tort xil: og‘zaki, yozma, to‘liq, so‘zlashuv uslublari
24. «Bixeviorizm» so’zining ma’nosi qaysi javobda to’g’ri berilgan?
Inglizcha – xulq-atvor (harakat), tashqi ta’sir, tan (badan) aks ta’sir
Rumincha – so’ngan vulqon
Grekcha – tushunmoq, qo’llamoq
Lotincha – ikkilangan
25. Kim “… bog‘chada bolalar beixtiyor taqlid qiladigan namuna bog‘bonning (tarbiyachining) tilidir… ” deb ta’kidlagan?
Y.I. Tixeyeva
E.N. Vodovozova
A.R.Usova
Y.A.Flerina
26. ilk yoshdagi boalar nutqini o‘stirish necha davrga bo‘linadi va ular qaysilar?
Ikki davrga: tayyorgarlik va mustaqil nutqni tarkib toptirish davri
Uch davrga: tayyorgarlik, mustaqil nutqni tarkib toptirish, amalda qo‘llash davri
Ikki davrga: so‘zlashuv uslubi va to‘liq uslub davri
Hech qanday davrlarga bo‘linmay bolaning xohishida paydo bo‘ladi.
27. har bir kishi hayotida mihim ahamiyatga ega bo‘lgan nutq nechta vazifalarni bajaradi?
Uchta asosiy vazifani
Ikkita asosiy vazifani
To‘rtta asosiy vazifani
Oltita asosiy vazifani
28. Kishilarning muloqotini va o‘zaro bir-birlarini tushunishlarini ta’minlovchi mazmunan keng yoyilgan fikr….
Ravon nutq deyiladi.
Asosiy nutq deyiladi
Nutq deyiladi
Monolog deyiladi
29. Monologning maqsadi…..
biror bir fakt haqida ma’lumot, xabar berishdir.
Bolalarni gapirishga o‘ragtish
O‘z-o‘ziga so‘zlashni o‘rgatish
Ertak aytib berish
30. Bolaning kattalar va o‘z tengdoshlari bilan muloqotining asosiy shakli
-dialog deyiladi
- monolog deyiladi
- nutq jarayoni deyiladi
- ravon nutq deyiladi
31. Ravon nutq turlariga nimalar kiradi?
- dialog va monolog kiradi
- dialog kiradi
- monolog kiradi
- ravon nutq turlarga bo‘linmay, yaxlitlikni ifodalaydi.
32. Xalq og‘zaki ijodi fanda qanday nom bilan yuritiladi?
Folklor
Og‘zaki ijod
O‘lanlar
Xalq ijodi
33. Mtmda bola necha yoshga qadam qo‘yganida grammatik xatolar ustida ishlash maxsus mashg‘ulotlar tarzida olib boriladi?
-besh yoshga qadam qo‘yganida
-uch yoshga qadam qo‘yganida
-to‘rt yoshga qadam qo‘yganida
-olti yoshga qadam qo‘yganida
34. Bola nutqini o‘stirishda didaktik o‘yin va mashg‘ulotlar yaxshi natijalar berishi uchun tarbiyachining oldiga nechta talab qo‘yiladi?
8 ta
9 ta
10 ta
6 ta
35. Hozirgi kunda mtmda bolalarning turli yosh bosqichi necha guruhga ajratiladi?
3 guruhga
4 guruhga
5 guruhga
2 guruhga
36. Nasriy, she’riy, ko‘pincha qofiyali shaklda obrazli va lo‘nda qilib ifodalangan ibratli ma’nodagi, xalq hayoti tajribalari asosida kelib chiqqan hikmatli so‘zlar nima deyiladi?
Maqol
Matal
Ertak
Topishmoq
37. “Ushbu holatda nutq og‘zaki nutq – monolog, dialog bir necha odamlar suhbati sifatida yuzaga chiqadi”. Yuqorida keltirilgan ta’rif ravon nutqning qaysi vazifasini yuzaga chiqaradi?
Individuallararo
Ichki individual
Umuminsoniy
Ichki umuminsoniy
38. Maktabgacha ta’lim muassasasida o‘qitish necha xil shaklda amalga oshiriladi?
Ikki shaklda
Uch shaklda
To‘rt shaklda
Olti shaklda
39. Ma’lumki, nutqning bir necha turlari mavjud, mtmda bolalarga turli yosh guruhlarida nutqning qaysi shakli asosiy o‘ringa qo‘yiladi?
Og‘zaki
Yozma
Yozma va og‘zaki
O‘qish nutqi
40. Mazmuni bo‘yicha hikoyalar shartli ravishda necha turga bo‘linadi, ular qaysilar?
Hayotiy voqealarga asoslangan hikoyalar va ijodiy hikoyalar
Xayoliy fantastik hikoyalar va ijodiy hikoyalar
Syujetli hikoyalar hamda tasviriy hikoyalar
Noana’naviy hikoyalar va qadimiy hikoylar


Yüklə 480,47 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə