Samarqand davlat universiteti


Asosiy o’quv materiali qisqacha bayoni



Yüklə 0,97 Mb.
səhifə14/49
tarix05.01.2023
ölçüsü0,97 Mb.
#98225
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   49
BOLALAR PSIXOLOGIYASI VA PSIXODIAGNOSTIKASI

Asosiy o’quv materiali qisqacha bayoni. Bolaning ona qornida o’sish davri onaning organizmiga uzviy bog’liq xolda kechadi. Chaqaloqning barcha xayotiy funksiyalari - ovqatlanish, nafas olish, nafas chiqarish, xavo xaroratining o’zgarishiga va atmosferadagi moddalar almashinuviga moslashish va xokazolar onaning organizmi orqali amalga oshadi.
Tug’ilish tabiatning chaqaloq organizmini kuchli larzaga keltiruvchi mo’jizasidir. Bunda ona qornidagi barqaror muxitda yashagan jonzot favqulodda yangi sharoitga, son­ sanoqsiz xossa va xususiyatlarga ega bo’lgan qo’zg’ovchilar doirasiga tushadi. Avval chaqaloq organizmining ona organizmdan ajralish sodir bo’lib ijtimoiy-tabiiysharoitlarga moslashuvi boshlanadi. Uning to’rgan organizmida tub o’zgarishlar ro’y beradi. Uning yangi sharoitlarga ko’nikish davri kurashlar ostida o’tadi. Chaqaloq organizmi miqdor va sifat o’zgarishlariga, tashqi olamning qarshiligiga, tasiriga tazyiqiga, duch keladi; fazo, vaqt va xarakat muammolari mutlaqo boshqacha tarzda uning bosh miya katta yarim sharlari po’stida aks eta boshlaydi.
Chaqaloq organizmi ona organizmi bilan bog‘liqlik davri tugagan bo’lsada, biroq u dastlabki daqiqalardan boshlaboq mustaqil yashay olmaydi, onaga fizialogik jixatdan tobeligicha qolaveradi.
Tug’ilgan chaqaloq xavo bo’shligi va xavoning bosimga duch kelishi sababli tabiiy talabga kura uning nafas olishi va nafas chiqarishi o’zgaradi. Unda ovqatlanish usuli va vositasi xam o’zgaradi, yani plantsetar oziklanish (ona organizmdan bevosita konga moddalar surilishi)dan oral oziklanishi (ovqat og’iz bushligi orqali meda - ichakk borishi)ga o’tadi.
Chaqaloq xayvonlarning bolalariga qaraganda ximoyaga muxtoj, nochorrok bo’lib tug’iladi. Tug’ilish arafasida unda suniiy yo’l bilan mustaxkamlangan ayrim mexanizmlar, shartsiz reflekslar paydo bo’ladiki, bo’lar yangi xayot sharoitiga moslashishini birmuncha yengillashtiradi.
Bolaning go’daklik (chaqaloqlik) davri jismoniy jixatdan juda xam tez rivojlanish davridir. Odamda odamning yoshi tug’ilgan kunidan boshlab xisoblanadi. Lekin aslida odamning dunyoga kelishi, rivojlanishi tug’ilmasdan ilgarigi, yani onaning kornidagi davridan boshlanadi.

Yüklə 0,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   49




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə