Samarqand davlat universiteti


Nazorat savol va topshiriqlari



Yüklə 0,97 Mb.
səhifə12/49
tarix05.01.2023
ölçüsü0,97 Mb.
#98225
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   49
BOLALAR PSIXOLOGIYASI VA PSIXODIAGNOSTIKASI

Nazorat savol va topshiriqlari

  1. L.S. Vigotskiyning madaniy tarixiy konsepsiyasi mohiyatini tushuntirib bering?

  2. L.S.Vigotskiyning fikricha, psixik taraqqiyotning harakatlantiruvchi kuchi nimada?

  3. Rivojlanishning eng yaqin zonasini mazmunini tushuntirib bering?

Mustaqil ish topshiriqlari:

        1. L.S.Vegotskiyning “Madaniy tarixiy konsepsiya”sining amaliy ahamiyati .

Tavsiya etiladigan adabiyotlar

  1. «Maktabgacha tarbiya psixologiyasi» M.Voxidov. Toshkent «O’qituvchi» 1996y.

  2. «Psixologiya» F.I. Gonobolik. Toshkent «O’qituvchi» .

  3. “Bolalar psixologiyasi va uni o’qitish metodikasi”.Z. Nishonova, G. Alimova. Toshkent “O’zbekistonyozuvchilaruyushmasiAdabiyotjamg’armasi. 2006 y.

4-MAVZU: A.N.LEONTYEVNING FAOLIYAT NAZARIYASI VA V.N.MYASISHCHEVNING MUNOSABATLAR PSIXOLOGIYASIDA BOLA PSIXIK TARAQQIYOTI QONUNIYATLARINING YORITILISHI.(2soat)
Dars o’quv maqsadi: Talabalarga bolalar ruhiyatining rivojlanishi to’g’risida psixolog A. N.Leontevn va V.N. Myasishchevning nazariyalari to’g’risida bilimlar berish.
Tushunchalar va tayanch iboralar: psixik taraqqiyot, faoliyat, ong, predmet ehtiyoj , motiv , maqsad , harakatlar, yetakchi faoliyat., shaxs munosabatlari, madaniy vositalar , idrok.
Asosiy savollar:

1 A.N.Leontyevning faoliyat nazariyasi mazmuni va ahamiyati
2. A.N.Leontyev nazariyasida bolalarda o’yin faoliyati va uning bola psixik taraqqiyotiga ta’siri masalasining yoritilishi
3. V.N. Myasishchevning nazariyasi mazmuni va mohiyati
4. V.N. Myasishchev nazariyasida bolalarda munosabatlarning rivojlanishining ong taraqqiyotidagi o’rni.
Asosiy o’quv materiali qisqacha bayoni. A.N.Leontyev (1903-1979) - mashhur rus psixologi, faoliyat nazariyasining asoschilaridan biri. Faoliyat nazariyasi ong va faoliyat birligi tamoyiliga asoslangan. Ushbu nazariyaga ko'ra, faoliyat. sub'ektning predmetli olam bilan bo'lgan ta'sirlashishi jarayoni bo'lib, bu jarayon unga o'z ehtiyojlarini qondirishi uchun imkoniyat beradi. Faoliyat - bu faol, maqsadga yo'naltirilgan jarayondir. Predmetlilik faoliyat bilan bog'liq. Ehtiyoj - individdan tashqarida bo'lgan, ammo individ normal hayot kechirishi, shaxsning rivojlanishi uchun kerak bo'lgan narsalarga nisbatan zaruratni his etish holati. Motiv -ehtiyojning namoyon bo'lish shakli,insonni faoliyatga undaydigan sabab, y'ani faolyatning nima uchun amalga oshrilayotganligidir. U yoki bu motiv insonni muayyan maqsad sari undaydi. Maqsad -faoliyatdan kutilayotgan natija. Faoliyat quyidagi darajalarga ega bo'ladi:
1. Maxsus faoliyat turlari darajasi.
2. Harakatlar darajasi.
3.Operatsiyalar darajasi.
4.Psixofiziologik funktsiyalar darajasi.
Har qanday faoliyat ma'lum harakatlar ketma-ketligi shaklida amalga oshadi. Harakat maqsadga erishish uchun yo'naltirilgan ongli faollik, faoliyatning asosiy tarkibiy birligidir. U sharoitga bog'liq ravishda turli usullar bilan amalga oshiriladi. Harakatni amalga oshirish usullari operasiyalar deb ataladi. Operatsiyalar-avtomatlashgan, odatda anglanmaydigan harakatlardir. Faoliyat o'z motivini yo'qotishi va harakatga aylanishi, harakat esa maqsadi o'zgarishi bilan operatsiyaga aylanishi mumkin. Muayyan sharoitda harakatdan ko'zlangan maqsad butun faoliyat maqsadidan muhimroq ahamiyat kasb etishi va natijada maqsad motivga aylanib qolishi ko’zatiladi.
Faoliyat nazariyasi nuqtai nazaridan faoliyat inson ongi shakllanishining sharti va omili, ong faolligining shaklidir. A.N.Leontyev o'z izlanishlarida faoliyatning bola taraqqiyotiga ta'siri muammosini ham chuqur o'rgangan. Tadqiqot natijasida faoliyat nazariyasi doirasida "yetakchi faoliyat" tushunchasi shakllandi.Yetakchi faoliyat deganda taraqiqotning muayyan davrida bola shaxsidagi asosiy psixologik o'zgarishlarga sabab bo'luvchi faoliyat tushuniladi.
Maktabgacha yosh davrida yetakchi faoliyat o'yin faoliyatidir. Bir yosh davridan ikkinchisiga o'tishda yetakchi faoliyat tubdan o'zgaradi, bunda bola faoliyatida maqsadning motivga aylanishi, A.N.Leontyev ta'bini bilan aytganda "motivning maqsadga ko'chishi" ko’zatiladi. Yangi faoliyat turi yangi motivlar paydo bo'lgach vujudga keladi.' A.N.Leontyev fikricha, shaxs ikki marta tug'iladi, shaxsning birinchi tug'ulishi maktabgacha yosh davriga to'g'ri keladi. Bu hodisa insonning o'z impulsiv xatti-harakatlarini ijtimoiy meyorlarga bo'ysundirishga ilk bora urinishi, motivlar o'rtasida ierarxik munosabatlarning tarkib topa boshlashi bilan bog'liq bo'ladi. Shaxsning ikkinchi tug'ulishi o'smirlik davrida yuz beradi. Bu hodisa insonning o'z motiviari va intilishlarini anglashi va ularni bo'ysundirishi bilan bog'liqdir.
Shunday qilib, A.N. Leontyevning ilmiy qarashlari jahon psixologiya fani taraqqiyotida ulkan xissa bo'lib qo'shildi, ular bolalar psixologiyasi sohasida ko'plab nazariy va amaliy muammolarni hal etish uchun ham zamin bo'lib xizmat qilib kelmoqda.
V.N. Myasishchev (1892-1973) - rus psixologi, shaxs munosabatlari kontseptsiyasining ijodkori. Mazkur kontseptsiyaga ko'ra, shaxsning asosini uning atrof olamga va o'z-o'ziga bo'lgan munosabatlar tizimi tashkil etadi. Munosabatlar tizimi inson ongiga atrof voqelikning aks ettirilishi natijasida paydo bo'ladi, uning o'zi ham voqelikni aks ettirilishining shakllaridan biridir. V.N. Myasishchev insonning rivojlanishida faoliyatning ro’lini kamsitmagan holda odamlar o'rtasida hamkorlik, o'zaro yordamni talab qiluvchi munosabatlar tarkib topmagan taqdirda faoliyatning o'zi asosiy psixik sifatlarning shakllanishida neytral jarayon bo'lib qolishi mumkin, degan xulosaga keladi. Psixologlar o'rtasidagi bahs-munozaralar natijasida shu ma' lum bo'ldiki, hatto, munosabat ko'p jihatdan harakatga teskaridir. Birinchidan, munosabat maqsadga ega bo'lmaydi va u ixtiyoriy bo'lishi mumkin emas; ikkinchidan munosabat jarayon emas, u fazo va vaqtda chegaralanmagan; uchinchidan, munosabat maxsus tashqi madaniy vositalar bilan amalga oshirilmaydi, u umumlashma shaklda o'zlashtirilishi mumkin emas. Munosabat har doim individualdir. Biroq munosabat harakat bilan chambarchas bog'liq. U harakatni keltirib chiqaradi, o'zi ham harakat davomida shaklanishi va o'zgarishi mumkin. Munosabat harakat manbai ham, natijasi ham bo'lishi mumkin, ammo bo'lmasligi ham mumkin. Chunki munosabat har doim ham tashqi faollikda namoyon bo'lmaydi. Qolaversa, inson ayni damda yoki umuman mavjud bo'lmagan, faqat uning o'z ongida mayjud narsalar bilan ham qandaydir munosabatda bo'lishi mumkin.
V.N.Myasishchevning ta'kidlashicha, munosabat sub'ekt va ob'ekt mavjud bo'lgan joyda vujudga keladi. Odamning psixologik munosabatlari uning ob'ektiv voqelik bilan bo'lgan ongli aloqalami ifodalaydi V.N.Myasishchev mazkur voqelikning 3 kategoryasini ajratib ko'rsatdi:
1) tabiat hodisalari va narsa bo’yumlar olami;
2) odamlar va ijtimoiy hodisalar;
3) sub'ektning o'zi.Tabiatni idrok etish ko'p jihatdan ijtimoiy tajriba ta'siriga tobe bo'ladi, odamning o'ziga bo'lgan munosabati uning boshqalarga bo'lgan munosabati va boshqalarning unga bo'lgan munosabati bilan belgilanadi. Shu sababli psixologik munosabatlar tizimida V.N.Myasishchev odamning boshqa odamlar bilan bo'lgan munosabatlari birinchi darajali ahamiyatga ega, deb hisoblaydi. V.N.Myasishchevning ta'kidlashicha, odamning atrof voqelikka bo'lgan munosabatining turlariga ehtiyojlar, emotsiyalar, qiziqish va e'tiqod kiradi.
V.N.Myasishchev o'z ilmiy qarashlarida munosabatning bilish jarayonlari bilan bo'lgan aloqasini yoritib berishga uringan. Idrok voqelikni hissiy aks ettirish shaklidir. Idrokning mustahkamligi faol ijobiy munosabatni talab qiladi, ob'ektga nisbatan befarq munosabat hukmron bo'lgan sharoitda idrok jarayoni ham beqaror bo'ladi. Idrokning tanlovchanligi ham turli ob'ektlarga nisbatan inson turlicha munosabatda bo'lishi bilan bog'liqdir. Biron ma'lumotni mustahkam eslab qolish ham unga bo'lgan qiziqish va emotsional munosabatga bog'liqligi ko'plab tajribalarda o'z tasdig'ini topgan. Tafakkur voqelikni bilvosita aks ettiradi, ammo tafakkurning mantiqiy shakli bo'lgan hukmlarda ham shaxsiy munosabat ifodalanadi. Shu tufayli aynan bir hodisa haqidagi har xil insonlarning hukmlari bir-biridan farqlanishi mumkin.
Insonning rivojlanishi masalasini ham V.N.Myasishchev munosabatlarning shakllanishi bilan chambarchas bog'laydi. Ko’zatishlar va tabiiy eksperimentlarning ko'rsatishicha, shartsiz reflektor ta'sirida reaktivlik paydo bo'ladi. Ikki yoshdayoq hali unchalik barqaror bo'lmasa-da, bolada uning muayyan narsa va hodisalarga bo'lgan munosabatini ifodolovchi "xohlayman-xohlamayman", "kerak-kerak emas", "qiziq-qiziq emas" kabi so'zlar jo'rligida amalga oshiriladigan reaktsiyalarni ko’zatish mumkin. Eng muhimi, bola reaksiyasining mazmuni ishlatayotgan so'zlarning mazmuni bilan hamohangdir. Ikki-uch yoshdan boshlab bolalar ancha aniq ifodalanuvchan bo'luvchi tanlovchan munosabatlarni namoyon etadilar. Bu munosabatlar orasida ota-onasiga, bolalarga, tarbiyachilarga, o'yinlarga bo'lgan munosabat, ayniqsa, yorqin ko'zga tashlanadi.
Munosabatlarning ayrim xususiyatlari bu yoshdayoq xarakterning sifatlari — mustaqillik, tashabbuskorlik, muloqotchanlik va boshqalarda namoyon bo'ladi.
Ushbu yosh davrida munosabatlar vaziyat bilan bog'liqligi va tez o'zgaruvchanligi bilan ajralib turadi. Munosabatlarning xarakteri va rivojlanish darajasiga qarab mazkur yosh davrida bolaning voqelik bilan bo'lgan munosabatlari yanada murakkablashadi va turli—tuman bo'la boshlaydi. Munosabatlar tizimida yangilik — oiladan tashqari majburiyatlar va majburiy o'quv faoliyatining paydo bo'lishi yuz beradi. Bu davrda munosabatlar tizimi ob'ektiv zarurat talablari bilan belgilanadi. Shu tariqa V.N.Myasishchev insonning psixik rivojlanishi uning atrof voqelik va eng avvalo boshqa odamlar bilan bo'lgan munosabatlari tizimining murakkablashib, kengayib borishiga bog'liq bo'ladi, degan g'oyani ilgari suradi.
Shunday qilib, rus psixologlari — L.S.Vigotskiy, A.N.Leontyev. V.N.Myasishchev ilmiy qarashlarining qisqacha tahlili shuni ko'rsatadiki, ushbu olimlarning izlanishlarida inson psixik taraqqiyoti masalasi markaziy o'rin egallagan. Har bir olim o'z ilmiy yondashuviga ega bo'lgan bo'lsa-da, ularning barchasini psixik taraqqiyotning manbalari va qonuniyatlari bilan bog'liq muammolar qiziqtirgan. Rus psixologlarining ushbu muammolarni o'rganish sohasida qo'lga kiritgan yutuqlari psixologiya fanining, shu jumladan, bolalar psixologiyasining taraqqiyoti uchun xizmat qildi va qilib kelmoqda.

Yüklə 0,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   49




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə