44
hamkorlikda ishlaydi. Xorazmni Mahmud G‗aznaviy egallagach,
Ibn Sino Gurgon
amirligiga, u yerdan Ray, Qazvin shaharlariga o‗tib, so‗ng Hamadonga – buvayhiylar
hukmdori Shamsud-davla xizmatiga (997-1021) kiradi. Hamadon amiri Shamsud-
davlani davolagan ibn Sino vazirlik darajasiga ko‗tariladi. Askarlar orasida sodir
bo‗lgan isyon tufayli ibn Sino zindonga tushadi. Ammo Shamsud-davla
kasallanganda zindonband etilgan buyuk tabib ikkinchi bor uni davolaydi va tag‗in
vazirlikka tayinlanadi. Shamsud-davla vafotidan so‗ng uning o‗g‗li Samoud-davla
taxtga o‗tiradi. Ibn Sino vazirlikda qolishni istamaydi. U Isfahon amiri Aloud-davlaga
maktub yo‗llab vazifa so‗raydi. Bu xatti-harakati uchun Hamadon hukmdori ibn
Sinoni zindonband qiladi. Oradan to‗rt oy o‗tgach,
Isfahon amiri Aloud-davla
Hamadonni bosib oladi va ibn Sinoni hibsdan ozod etadi. Tinimsiz ilmiy mutolaa,
shaharma-shahar darbadarlarcha yurish, olimga nisbatan bir necha bor uyushtirilgan
ta‘qib va zindonlar, albatta, uning salomatligiga ta‘sir etgan edi. Ibn Sino 1037-yilda
(hijriy 428) 57 yoshida vafot etadi. Buyuk qomusiy olimdan juda katta meros qolgan.
Turli
manbalarda
ulug‗
mutafakkirning
falsafa,
mantiq,
ruhshunoslik,
adabiyotshunoslik she‘riyat, musiqa, geologiya, mineralogiya, fizika,
matematika,
tibbbiyot, falakiyot va fanning boshqa sohalariga oid 450 dan ortiq ilmiy asarlari qayd
etiladi. Biroq bizgacha Ibn Sinoning faqat 242 ta asari yetib kelgan, xolos. Shundan
80 tasi falsafa, ilohiyot va tasavvufga, 43 tasi tabobatga, 19 tasi mantiqqa, 26 tasi
ruhshunoslikka, 23
tasi tibbiyot ilmiga, 7 tasi falakiyotga, 1 tasi riyoziyotga, 1 tasi
musiqaga, 2 tasi kimyoga, 9 tasi odob ilmiga, 4 tasi adabiyotga, 8 tasi boshqa olimlar
bilan bo‗lgan yozishmalarga tegishlidir.
Olimning falsafaga oid «Kitob ash-shifo» asarini o‗z davrining qomusiy
asarlaridan desak mubolag‗a bo‗lmaydi. Unda mantiq, tabiiy fanlar,
riyoziyot va
ilohiyot bo‗yicha falsafiy g‗oyalar o‗z aksini topgan. Yana bir falsafaga oid yirik asar
«Al-ishorot va tanbihot» (Ishoralar va tanbihlar) hisoblanadi. Unda falsafaning asosiy
masalalari qisqacha bir tarzda bayon etilgan. Fors-dariy tilida yozilgan yirik falsafiy
asarlardan biri «Donishnoma» (Bilim kitobi) dir. Ibn Sino bu asarida o‗zidan oldingi
va o‗z davridagi tabiiy fanlar va falsafaning yutuqlaridan foydalangan holda shunday
bir falsafiy asar yaratdiki, bu asar O‗rta asr Sharqidagi nazariy bilimlarning eng
yuqori cho‗qqisiga ko‗tarildi. Ibn Sinoning tabobat ilmi bobida qoldirgan buyuk
merosi, ayniqsa, katta tarixiy ahamiyatga egadir. Uning tabobatga oid asarlaridan 30
tasi bizgacha yetib kelgan, shulardan asosiylari o‗zbek tiliga tarjima qilingan. Ulug‗
hakimning tabobatga oid shoh asari, albatta, «Kitob al-Qonun fit-tib» (Tib qonunlari
kitobi) dir. Ibn Sino «Tib qonunlari»ni besh kitobga bo‗ladi. Ibn Sino tom ma‘noda
Gippokrat qilgan ishlarni munosib davomchisi bo‗la oldi. U o‗zining «Tib qonunlari»
asari bilan jahon tibbiyot ilmiga yetuk hissa qo‗sha oldi. Uning «Tib qonunlari» asari
XVII asrgacha Yevropadagi tibbiyot institutlarida
asosiy darslik sifatida
foydalanilganligi esa Yevropa ibn Sino siymosi munosib tarzda qadrlanganligidan
nishonadir. Ibn Sinoning nafaqat tibbiyotda, balki falsafa fani bo‗yicha yozgan
asarlari ham muhim o‗rin tutadi. Ibn Sinoni tom ma‘noda Sharq falsafasining
45
asoschisi deyish mumkin. U o‗z asarlarida komil inson g‗oyasini juda aniq tarzda
ochib bera oladi. Qur‘oni Karimdagi hayot haqidagi fikrlarni esa o‗z izlanishlari bilan
isbotlab beradi. Ibn Sino aynan bizning diyorimizdan
ekanligi bilan har qancha
faxrlansak arziydi.
Dostları ilə paylaş: