Samarqand iqtisodiyot va servis instituti



Yüklə 1,18 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə83/87
tarix10.06.2023
ölçüsü1,18 Mb.
#116555
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   87
«mehmonxona servis xizmati»

 Nimeta tizimi-
Bu kichik va o‘rta mehmonxonalar uchun mo‘ljallangan nisbatan 
yangi mahsuldir. Nimeta tizimi Internet-texnologiyalar vositasida mehmonxonani 
boshqarish tizimini ijaraga olish va undan foydalanish imkonini beradi. Bu 
texnologiyaning ish prinsipi shundan iboratki, mehmonxona haqidagi barcha 
ma’lumotlar va mehmonxonani boshqarish tizimining dasturi mehmonxonadan 
tashqarida, buning uchun maxsus ajratilgan serverda joylashgan bo‘ladi. Mazkur 
server Internet-provayderning jihozlangan servis-markazida bo‘ladi. Shunday qilib, 
Nimeta tizimini ulash va undan foydalanish uchun kompyuterga ega bo‘lish va 
Internetga chiqish kifoyadir.
Mehmonxonalarni kompyuterlashtirishning boshqa tizimlari ham juda ko‘p. 
Amalda barcha tizimlar taxminan bir xil funksiyalar va imkoniyatlar to‘plamiga ega 
bo‘lib, ular o‘rtasidagi farq juda ahamiyatsizdir.



130 
Masalan, «Edelveys» tizimida bronlash mehmonxona nomerlarining vizual rejasi 
yordamida amalga oshiriladiki, bu bronlash operatsiyasini ancha yengillashtiradi.
«
AMADEUS
» bronlash bilan shug‘ullanadigan eng mashhur kompyuter 
tizimidir. U boshqa tizimlarga qaraganda ko‘proq miqdorda xalqaro xizmatlar 
ko‘rsatishga qodir. «AMADEUS» Hotels tizimi yer yuzidagi 35 000 mehmonxona va 
boshqa joylashtirish vositalari haqida aniq ma’lumotlarni taklif qiladi. U 
mehmonxonaning joylashgan manzili, bo‘sh o‘rinlarning mavjudligi, ko‘rsatiladigan 
xizmatlar to‘plami va narxlar haqida ma’lumotlar beradi.
Mehmonxona xizmatlarini bronlash bo‘limlari Internet tarmog‘ida ham mavjud. 
Ularning eng mashhuri Travel Web dir. U 1996 yilda AQShning «Pedasus Systems» 
kompyuter kompaniyasi tomonidan ochilgan. Travel Web jahonning 94 mamlakati, 
barcha yetakchi mehmonxona tarmoqlari va 200 dan ortiq aviakompaniya haqida 
axborot beradi. Bronlashdan tashqari, u ma’qul mehmonxonalar va aviareyslarni 
qidirish tizimiga ham ega.

Yüklə 1,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   87




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə