Samarqand iqtisodiyot va servis instituti



Yüklə 1,18 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə84/87
tarix10.06.2023
ölçüsü1,18 Mb.
#116555
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   87
«mehmonxona servis xizmati»

4.
 
Dunyo miqyosidagi rezervlash tizimlari 
 
Kompaniyalarning turli rezervlash tizimlari bilan ishlash ko‘p yillik tajribasi 
elektron rezervlash tizimidan foydalanishga o‘tgan o‘rta mehmonxona mazkur tizim 
orqali har oyda qo‘shimcha tarzda bir necha o‘ntadan bir necha yuztagacha buyurtma 
olishini ko‘rsatadi.
Tarixan bu tizimlar aviachiptalarni rezervlash tizimi sifatida yaratilgan edi. 
Hozirda bu funksiyadan tashqari barcha tizimlar mehmonxonalardagi joylarni 
rezervlashtirish, ijaraga avtomobillar, turli tomoshalarga chiptalar va h.k. buyurtma 
qilish imkonini beradi.
Bugungi kunda jahonda to‘rtta dunyo miqyosida rezervlash tizimi (Global 
Distribution Systems – GDS) mavjud. Bular: Amadeus, Galileo, Sabre va Worldspan. 
Ular jami mehmonxonalar bozorining 90% dan ko‘prog‘ini qamrab olgan. Ularning 
terminallari yer yuzidagi 400 mingdan ortiq turistik agentliklarda o‘rnatilgan. Bu 
tizimlar «oltin to‘rtlik» deb atalishi bejiz emas. Jahon mehmonxona bozorining 
qolgan bir necha foizi mintaqaviy rezervlash tizimlariga va yuqorida zikr etilgan 
tizimlarga qo‘shilish arafasida turgan tizimlarga tegishli. 
Rezervlash tizimlari bilan ishlashning universal resepti mavjud emas, shu bois 
har bir muayyan mehmonxona uchun mijozlarning strukturaviy tarkibini, narx-navo 
siyosatini va h.k.ni mufassal tahlil qilish lozim.
Har bir GDS, dunyo miqyosidagi tizim ekanligiga qaramay, jahonning muayyan 
qismida amal qiladi. Masalan, Amadeus va Galileo eng avvalo Yevropada, Sabre va 
Worldspan esa – Amerikada faoliyat ko‘rsatadi. SAHARA tizimi MDH 
mamlakatlarida hamda Afrika va Yaqin Sharqning ba’zi bir mamlakatlarida 
tarqalgan.
Inter-Continental, Radisson va boshqa mehmonxona tarmoqlariga kiruvchi 
mehmonxonalar uchun GDS bilan ishlash markazlashtirilgan tartibda tashkil etiladi 
va mehmonxona tarmog‘i marketing strategiyasining ajralmas qismi hisoblanadi. 
Mustaqil mehmonxonalar uchun dunyo miqyosidagi rezervlash tizimlari bilan
ishlashning bir variantlari mavjud: 



131 

bir yoki bir nechta bronlash tizimlarining terminallarini o‘zida o‘rnatish va 
mustaqil ishlash;

bunday xizmatlar ko‘rsatishga ixtisoslashgan vositachi kompaniya bilan
shartnoma tuzish; 

dunyo miqyosidagi rezervlash tizimlari bilan ishlaydigan yirik turoperator bilan
shartnoma tuzish. 
Mehmonxonada o‘z GDS terminallarini o‘rnatish eng murakkab va qimmat 
yechimdir. Uni amalga oshirish uchun mehmonxona rezervlash tizimlari bilan
shartnomalar tuzishi, aloqa tarmoqlarini o‘tkazishi, kerakli asbob-uskunalarni 
o‘rnatishi, xodimlarga ularda ishlashni o‘rgatishi va boshqa ko‘plab shunga o‘xshash 
ishlarni amalga oshirishi lozim. qilingan sarf-harajatlar yaqin kelajakda o‘zini oqlashi 
uchun GDSdan muttasil ravishda ko‘plab buyurtmalar olish lozim. Binobarin, bunday 
yondashuv faqat o‘z mehmonxonalar tizimiga ega bo‘lgan mehmonxonalar 
tarmoqlari uchun o‘rinlidir. Shu bois GDS bilan mustaqil mehmonxonalarning 
ishlash holatlari deyarli ma’lum emas.
Vositachi kompaniya (provayder) orqali ishlash ancha yengil va arzondir. 
Bundan tashqari, qoida tariqasida, maxsus asbob-uskunalar o‘rnatish, maxsus 
ajratilgan aloqa tarmoqlarini o‘tkazish va mehmonxonaga xos bo‘lmagan boshqa 
funksiyalarni bajarish talab etilmaydi. Mehmonxonani, uning nomerlarini, narxlarni 
mufassal tavsiflovchi so‘rovnomani to‘ldirish va bronlashga tasdiqnoma kelishini 
(odatda faks orqali) kutish kifoyadir.
Provayder xizmatlari haqi bir yilda bir necha yuz dollardan bir necha ming 
dollarga yetishi mumkin. Har bir sof (ya’ni amalga oshirilgan va bekor qilinmagan) 
bronlash uchun qayd etilgan haq (taxminan 10 AqSh dollari) olinadi. Vositachi 
kompaniya funksiyasiga (tegishincha mehmonxona harajatlariga ham) bronlashni 
amalga oshiruvchi turistik agentlarga vositachilik haqi to‘lash kiradi. Vositachilik 
haqi miqdorini har bir mehmonxona har xil belgilaydi. Odatda uning miqdori 
bronlash summasining 10% ni tashkil qiladi.
Texnik nuqtai nazardan olib qaraganda, turoperator orqali ishlash oldingi variant 
bilan aniq mos keladi. Birdan-bir farq moliyaviy munosabatlarning tashkil 
etilishidadir. Turoperator uchun GDS orqali mehmonxonani bronlashtirgan har bir 
mijoz amalda yakka turist hisoblanadi. Uni mehmonxonaga joylashtirishga 
mehmonxona turoperatorlar uchun belgilagan narxlar amal qiladi. Turoperator 
skidkasi (komissiyasi)ning miqdori, qoida tariqasida, nomerlar narxiga qarab, 15-
30% va undan ko‘proq bo‘ladi. O‘z skidkasidan turoperator agentlik komissiyasini 
to‘laydi, rezervlash tizimlari, telekommunikatsion kompaniyalarga majburiy 
to‘lovlarni amalga oshiradi.
Turoperator orqali ishlash barcha jihatlardan ma’qulroqdir, chunki turoperator 
skidkasi mijozlarning mehmonxonada amalda yashashiga nisbatan amal qiladi, 
binobarin, turoperator mehmonxonaga 
mijozlarni jalb qilishdan bevosita 
manfaatdordir. Mijozlar bo‘lsa – daromad bo‘ladi, mijozlar bo‘lmasa – 
mehmonxonadan hech qanday to‘lovlar kelmaydi.
Axborot tarqatish muqobil kanallari jadal rivojlanishi natijasida mehmonxonalar 
sohasida dunyo miqyosida rezervlash tizimlari o‘zining avvalgi mavqeini asta-sekin 
yo‘qotib bormoqda. Jahon Internet kompyuter tarmog‘i bu «yangi to‘lqin»ning 



132 
sardoridir. Buni bronlash tizimlarining o‘zi ham e’tirof etmoqda. Bu ularni Internet 
bilan birlashishga va o‘z Internet-serverlarini tuzishga rag‘batlantirmoqda. Bunda 
GDSdagi axborotga kirish va mehmonxonalarni bronlashtirish Internet-serverlar 
orqali ta’minlanadi. Bugungi kunda SAHARA tizimidan tashqari, barcha GDS 
shunday imkoniyatlarga ega.
Mehmonxonalar uchun Internet tarmog‘ining imkoniyatlari faqat GDS bilan
hamkorlikda ishlashdan iborat emas. Internetdan foydalanishda mehmonxonalar 
erishadigan asosiy ustunlik qamrab olinadigan mijozlar doirasining kengligi (yer yuzi 
aholisining 100 mln.dan ko‘prog‘i) va GDSga qaraganda arzonroq ustama 
harajatlardadir.
Hozirning o‘zidayoq Internet dunyo miqyosidagi rezervlash tizimlarining jiddiy 
raqibiga aylandi. Internet orqali ishlash dunyo miqyosidagi rezervlash tizimlari 
ishidan quyidagi jihatlar bilan farq qiladi: 

GDSda mehmonxona faqat bir marta, Internetda esa – istalgan serverlarda 
istalgan miqdorda ko‘rsatilishi mumkin; 

dunyo miqyosidagi rezervlash tizimlari bilan o‘z ishi uchun mehmonxonalardan 
vositachilik haqi oladigan professional turagentlar ishlaydi, Internetdan esa 
arzon mehmonxona topishga harakat qilayotgan jismoniy shaxslar foydalanadi. 
Bunda hech qanday agentlik komissiyasi to‘lanmaydi.
Internetga kirish imkoniyatiga ega bo‘lish va unda o‘z sahifasini tashkil etish 
dunyo miqyosidagi rezervlash tizimlaridan foydalanish huquqini qo‘lga kiritishga 
qaraganda oson va arzonroq bo‘lib, bunga istalgan mehmonxonaning qurbi yetadi. 
Ammo, Internet - markazlashtirilmagan muhit. Agar Toshkent mehmonxonasi o‘zi 
haqida axborotni istalgan GDSga kiritsa, uni Toshkent mehmonxonalari ro‘yxatini 
ko‘zdan kechirgan har bir turagent ko‘radi.
Internetda buning batamom teskarisi: muayyan mehmonxona sahifasi tashkil 
etilganidan keyin u haqda deyarli hech kim xabar topmaydi. Internetning istalgan 
foydalanuvchisi o‘ziga mehmonxona tanlamoqchi bo‘lganida yuqorida zikr etilgan 
mehmonxona sahifasini topishi uchun uni turli axborot qidirish tizimlari
ma’lumotnomalar, kataloglarda ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha uzoq va mashaqqatli 
ish olib borish, bannerli reklamaga katta mablag‘lar sarflash va boshqa shunga 
o‘xshash sa’y-harakatlar talab etiladi.
Internetdan foydalanishning muhim afzalliklaridan biri shundaki, u xalqaro va 
shaharlararo so‘zlashuvlarga harajatlarni ancha kamaytirish imkonini beradi.

Yüklə 1,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   87




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə