Samarqand veterinariya meditsinasi instituti


Mavzu: Limfa tomirlari va tugunlarining tuzilishi



Yüklə 2,41 Mb.
səhifə63/92
tarix30.03.2023
ölçüsü2,41 Mb.
#103751
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   92
Hayvonlar anatomiyasi

Mavzu: Limfa tomirlari va tugunlarining tuzilishi.
Darsning maqsadi: limfa aylanish tizimini axamiyati, limfa, limfa tomiri, limfa guruxi, limfa yullari ularni tuzilishi bo’yicha talabada tushuncha bo’lishi lozim.
Ko’rgazmali qurollar: rasm, jadval, slayda, quruq va ho’l preparatlar.
Darsning mazmuni: limfa sistemasi ham qon aylanish sistemasiga o’xshab butun organlarga tarqalgan bo’ladi. Bu sistema ham moddalar almashinuvida muhim vazifani bajaradi; kapillyarlar devoridan shimilib o’tgan erigan oziq moddalar to’qimalarning hayot faoliyati uchun xizmat qiladi, ular limfa sistemasining qil tomirlari orqali etkazib beriladi.
Limfa sistemasi qo’yidagilardan iborat: limfa yoriqchalari, kup qavatli epiteliy, asosan, siyrak biriktiruvchi tuqimalar oralig’ida joylashadi. Limfa bo’shliqlari anchagina keng bo’lib, miya pardalari ostidagi bo’shliqlarda, ko’z atrofida, ichki quloq, plevra, bo’g’im kapsulalari, sinovial xaltalarda uchraydi, ulardan limfa kapillyarlari boshlanadi.
Limfa tugunlari organizmning aniq joylarida tup – tup bo’lib joylashadi. Limfa tugunlari – lymphanodus zich retikulyar tuqimadan tuzilgan bo’lib, kapsula bilan uralgan. Bukapsuladan limfa tugunlarining ichki qismiga bir qancha xovon (tusiq) – trabecula chiqadi, ular oraligida limfa tugunning pustloq va magiz moddalari joylashadi. Limfa tugunlariga keluvchi tomirlar kapsulani teshib o’tib, sinuslarga ochiladi, shu erda limfa oqimi sekinlashadi. Butun tanadan limfa suyukligi qo’yidagi ikkita asosiy limfa yuli bo’ylab yigiladi.
Ko’krak limfa yo’li – ductus thoracicus butun tananing 3 – 4 qismidan limfa suyuqligi to’playdi. Bu yo’l bel sisternasidan boshlanadi va ko’krak aortasining o’ng qismida joylashadi. U oldingi kovak venaga quyiladi. Bel sisternasi – cisterna chyli har xil shaklda bo’ladi.
O’ng limfa yo’li – truncus lymphaticus dexter uncha uzun emas, lekin anchagina keng bo’lib, oldingi o’ng oyoq, bo’yin va ko’krak qafasining o’ng tomonidagi limfa tugunlaridan limfa suyuqligi oladi. U birinchi qovurg’a ro’parasida oldingi kovak venaga qo’shiladi.

Yüklə 2,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə