Samarqand veterinariya meditsinasi instituti


Mavzu: Tananing asosiy vena tomirlari



Yüklə 2,41 Mb.
səhifə61/92
tarix30.03.2023
ölçüsü2,41 Mb.
#103751
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   92
Hayvonlar anatomiyasi

Mavzu: Tananing asosiy vena tomirlari
Darsning mazmuni: tanadagi qonlar arteriya tomirlari orqali tana bo’ylab tarqalgandan so’ng arteriya kapillyarlari orqali modda almashinuvi natijasida vena kapillyarlariga o’tadi so’ngra vena tomirlari orqali yurak tomon qaytadi (o’sadi) tanadagi qon organizmdan oldingi va keyingi kovak vena orqali yurakni o’ng bo’lmachasiga quyiladi.
Oldingi kovak vena (vena cava cranialis).
Oldingi oyoq, bo’yin, bosh va ko’krak qafasidan urg’ochi hayvonlarda qorin devorini pastki qismi hamda yelindan vena qonini oladi.
Bo’yin vena tomirlari. Bo’yin sohasida qanday arteriya tomirlari bo’ladi, xuddi shunday vena tomirlari oldingi kovak venaga quyiladi. Jumladan: umurtqa venasi – v.vertebralis; bo’yinni chuqur va yuza venalari – v.cervicalis profunda et superficialis. Bu vena tomirlari bo’yinturiqni tashqi venasi – v. jugularis externa ga quyiladi.
Buyintiriqni ichki venasi – v.jugularis interna maxsus vena sifatida yirik shoxli hayvonlarda, chuchqalarda va gushtxur hayvonlarda uchraydi. Buyintiriqni chuqur venasi buyinni chuqur qismidan, kekirdak, qizilungach, xalqum, xiqildoq va ensa soxasidan vena qonini yigishtiradi.
Bosh venasi. Bosh soxasidan vena qonini buyinitiriqni venasi v.jugularis externa jamlaydi.
Jag’ning tashqi venasi – v.maxillaris externa ichki venasiga qaraganda nozikroq bo’lib, unga yuzning umumiy venasi – v.facialis communis, til osti venasi - v.lingualis, jag osti bezi venasi – v.glandulae submaxillaris va bir qancha muskullar venasi kelib qushiladi.
Yuzning umumiy venasi – v.facialis communis yuz arteriyasining oldirogida joylashib, unga bir qancha venalar: umumiy lab venalari – v. labialis communis, lunj venalar chigali – plexus venosus buccalis qo’shiladi. Yuzning yuza venasi – v. facialis superficialis ga ko’z atrofi venasi, burun usti venasi – v. dorsalis nasi, burunning yon tomon venasi – v. lateralis nasi va hyokazolar kelib quyiladi.
Yuzning chuqur venasi – v. facialis profunda burun bo’shligi, qattiq tanglay, kuz atrofi va bosh miyadan qon oladi.
Jag’ning ichki venasi – v. maxillaris interna tashqi venasiga qaraganda ancha yugon bo’lib, lunj venasidan boshlanadi va quloq orqasi qulak bezining ustidan utib, buyinturuk venaga qushiladi. Unga chakka, yuz, yuzning kundalang quloq, katta chaynovchi muskuli, chakkaning chuqur, til, pastki jag’, qalqonsimon bez, bosh, ensa venalari kelib qo’shiladi.
Oldingi oyoqlar venalari. Oldingi oyoqlardan vena tomirlari yig’ilib kurak suyagi ostida qo’ltiq osti venasini hosil qiladi. Bu esa kovak venaga borib qo’shiladi. Oldingi oyoqlar venasi ikkita asosiy magistral tomir orqali yig’iladi: ularning biri chuqur bo’lib, arteriya qon tomirlari yonida joylashadi: ikkinchisi esa yuza, u teri ostida joylashadi.
Asosiy chuqur magistral venalar qoramol va chuchqalarda barmoqning
orqavenasidan barmoqdan), bir tuyoqlilarda esa barmoqning yon venasi
v.digitalis lateralis dan boshlanadi. Bu venalar esa kaftning orqa yuzasi yon tomon
venasiga qo’shiladi.
Yuza magistral vena – barmoqning ichki yuza venasi – v. digitalis medialis dan boshlanadi. U kaftning orqa yuzasi o’rta venasi – v.metacarpea volaris superficialis medialis ga boradi. Kaftning orqa yuzasi chuqur o’rta venasini qabul qiladi.
Toq vena – v.arygos - bu vena ko’krak qafasidan qovurg’alararo muskullardan va teridan vena qonini yigishtirib oldingi kovak venaga quyiadi. Ot va cho’chqalarda o’ng toq vena - v.arygos dextra, kavshovchi hayvonlarda va itlarda chap toq vena – v.arygos sinistra mavjud.
Sut venasi - v.mamillaris s. lactefirae yirik shoxli hayvonlarda yelindan vena qonini olib qorinning teri osti venasi – v.subcutanea abdominis nomi bilan to’shni ichki venasiga quyiladi, shu joyni sut qudig’i – lacto fantanae deyiladi.
To’shni ichki venasi – v.sternalis interna oldingi kovak venaga vena qonini quyadi.
Orqangi kovak vena (vena cava caudalis)
Bu vena tananing orqangi qismidan, jumladan: qorin devori, qorin bo’shlig’idagi organlardan, tos va tos bo’shligi hamda keyingi oyoqdan vena qonini yig’ishtiradi.
Yonboshning tashqi venasi – v.iliaca externa yonbosh arteriyasining yonida joylashadi. Unga son va kaft venalari kelib qo’shiladi.
Son venasi – v.femoralis taqim osti venasining davomi bo’lib, unga sonning oldingi venasi, son va tizzaning teri osti yuza venasi, tizza usti venasi va sonning orqa tomon venalari qo’shiladi. Boldirning oldingi katta venasi – v.tibialis anterior tovon yorig’idan o’tuvchi vena – v.tarsi perforans ning davomidir. U kaftning yon va o’rta chuqur venalarini hosil qiladi. Jigarning qopqa venasi – v.portae hepatis oshqozon, taloq, oshqozon osti bezi, ingichka ichaklar va yuo’g’on ichaklarning oldingi venalaridan qon olib jigarga quyadi. Jigarda qopqa vena kapillyarlarga aylanib, jigar venasi – v.hepatica orqali keyingi kovak venaga borib qo’shiladi.
Qopqa venaning tuzilishi hamma hayvonlarda bir – biriga o’xshash bo’ladi, faqat katta – kichikligi bilan farq qiladi.


Yüklə 2,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə