Samarqand veterinariya meditsinasi instituti



Yüklə 2,41 Mb.
səhifə58/92
tarix30.03.2023
ölçüsü2,41 Mb.
#103751
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   92
Hayvonlar anatomiyasi

I
chaklar arteriyasi


A-it B-cho’chqa V-qo’y G-sigir D-otlar ichaklari: 1-to’g’ri ichak orqa tomon arteriyasi 2-ichak pardasining orqa tomon arteriyasi 3-chap yo’g’on ichak arteriyasi 4-ichak pardasining oldingi arteriyasi 41-kollateral stvol 5-ko’richak tarmog’i 6-yo’g’on ichak tarmog’i 7-yonbosh ichak tarmog’i 8-yo’g’on ichak o’ng arteriyasi 9-yo’g’on ichakning o’rta arteriyasi 10-achchiq ichk arteriyasi 11-oshqozon osti bezi-o’n ikki barmoq ichak arteriyasi 12-jigar arteriyasi.



Buyrak arteriyasi – a.a.renalis o’ng va chap buyraklarga boradi. o’ng buyrak arteriyasi birmuncha uzunroq.
Ichak pardasining orqa tomon arteriyasi – a.mesenterica caudalis bir oz nozikroq bo’lib, to’rtinchi bel umurtqasi ro’parasida quyidagi arteriyalarni hosil qiladi.
Chambar ichakning chap arteriyasi – a.coliaca sinistra chambar ichakning keyingi bo’limiga tarqaladi.
Urug'ning ichki arteriyasi – a.spermatica interna ikkita, ular jinsiy organlarga boradi.
Bel arteriyalari – a.a.lumbalis qorin aortasining oxirgi tarmog’i bo’lib, uning yuqori qismidan olti juft arteriya tarmog’i chiqadi. Bu arteriyalar bel qismidagi muskullarga, orqa miya va qorin devoridagi muskullarga tarqaladi. Ko’pchilik hayvonlarda u boshning ichki arteriyasidan chiqadi.
Chanoq va orqa oyoq arteriyalari. Qorin aortasi bel sohasi va qorin bo’shlig’idagi organlarga arteriya tomirlarini tarmoqlangandan so’ng 4 – 5 bel umurtqalarni ro’parasida o’ng va chap yonbosh arteriyasiga aylanadi, so’ngra har bir yonbosh arteriyasi yonboshni ichki va tashqi arteriyalariga aylanadi.
Yonboshni ichki arteriyasi – a.iliaca interna o’zidan quyidagi arteriyalarni ajratadi:
Jinsiy a'zoning ichki arteriyasi– a.pudenda interna dumg’aza – quymich payining ichki yuzasidan quymich suyagining yoyi tomon boradi, so’ngra esa yon tomon yuzasidan o’tib, chanoq bo’shlig’iga tushadi va o’zidan yana bir qancha arteriyalar ajratadi.
Kindik arteriyasi – a.umbilicalis qovuqqacha borib, unga pufakning oldingi arteriyasi– a.a.vesicalis cronialis ni ajratadi. Kindik arteriyasi, ayniqsa, homilada yaxshi rivojlangan bo’ladi, chunki butun moddalar almashinuvi ana shu arteriya orqali boradi.
Qovuqning orqa tomon arteriyasi – a.vesicalis caudalis prostata beziga, urg’ochi hayvonlarda esa bachadonning orqa qismiga boradi.
To’g’ri ichakning orqa tomondagi arteriyasi – a.haemorroidalis caudalis to’g’ri ichakning oxiriga tarqaladi.
Erkaklik jinsiy a'zosi arteriyasi – a.dorsalis penis jinsiy a'zo ichki arteriyasining davomi bo’lib, uning yuqori qismiga tarqaladi, urg’ochi hayvonlarda esa klitorga boradi.
Yonbosh – bel arteriyasi – a.iliolumbalis yonbosh suyagi qanotning ichki yuzasidan o’tib, sagri muskullariga tarqaladi.
Sag’rining old tomon arteriyasi – a.glutaea cranialis sag’rining chuqur va o’rta muskullariga tarqaladi.
Yopuvchi muskul arteriyasi – a.abturatoria tos suyagining yopiq teshigidan o’tib, muskullarga, jinsiy a'zolarga, teriga tarqaladi.
Dumg’azaning yon tomon arteriyasi – a.a.sacralis lateralis dumg’aza suyagining Pastki teshigi orqali o’tib, orqa miyaga ham boradi.
Dum arteriyasi – a.coccygea dumning pastki yuzasidan o’tib, uni tushiruvchi muskullarga va teriga tarqaladi.



Yüklə 2,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə