Samarqand veterinariya meditsinasi instituti


Laboratoriya ishlarining ro‘yxati



Yüklə 2,41 Mb.
səhifə2/92
tarix30.03.2023
ölçüsü2,41 Mb.
#103751
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   92
Hayvonlar anatomiyasi

Laboratoriya ishlarining ro‘yxati

  1. Umurtqa, qovurg‘a va to‘sh suyagining birikishi.

  2. Bosh suyagining miya bo‘limi suyaklarini tuzilishi.

  3. Bosh suyagining yuz bo‘limi suyaklarini tuzilishi.

  4. Oldingi va orqa oyoq bo‘g‘imlarini tuzilishi.

  5. Oldingi oyoq muskullari.

  6. Orqa oyoq muskullari.

  7. Til halqum va so‘lak bezlarini tuzilishi.

  8. Hazm organlarini shakli, tuzilishi va topografiyasi.

  9. Teri, terini xosila organlari va nafas olish organlarini preparovka qilish.

  10. Urg‘ochilik va erkaklik jinsiy organlarining preparatdan va tirik hayvonda o‘rganish.

  11. Tananing asosiy vena tomirlari.

  12. Yurak qon tomirlar tizimini preparatdan va tirik hayvonda o‘rganish.

  13. Bosh miya nervlari.

  14. Simpatik va parasimpatik nervlar.

  15. Quloq, quloq suprasi, quloq suyakchalari, ichki quloqni tuzilishi.


Mavzu: Anatomik atamalar tana yo‘nalishlari va kesimlari.

Darsning maqsadi: Hayvonlar anatomiyasi fanining o’rganadigan ob'ektlari, tur va zot anatomiyasini mohiyati, anatomik atamalar, bu atamalarni veterinariya mutaxassislarini shakllanishidagi o’rni, hayvon tanasini qismlari , kesmalari va yuzalarini o’rganish.
Ko’rgazmali qurollar: Rasm, sxema, hayvon gavdasini maketi, tirik hayvon. Skelet, umurtqa suyaklari, rasm.
Darsning maqsadi: Hayvonlar anatomiyasi fanining o’rganadigan ob'ektlari, tur va zot anatomiyasini mohiyati, anatomik atamalar, bu atamalarni veterinariya mutaxassislarini shakllanishidagi o’rni, hayvon tanasini qismlari , kesmalari va yuzalarini o’rganish.
Ko’rgazmali qurollar: Rasm, sxema, hayvon gavdasini maketi, tirik hayvon. Skelet, umurtqa suyaklari, rasm.
Darsning mazmuni:
kesaman, bo’laklayman – anatomeo;
oyoqni tanadan uzoqlashtirish – abduccio;
oyoqni tananing sagital yo’nalishiga yaqinlashtirish – adduccio;
nerv tolasini (to’qimasini) o’simtasi – akson;
birinchi bo’yin umurtqasi – atlant;
qanot – ala;
qon tomirlarini birikishi – anastomosis;
apofiz, do’nglik, bo’rtib chiqish (suyakda, organlarda) – apophysis;
yoy – arcus;
tanani pastki qismi – ventralis;
umurtqa – vertebrae;
kaft qism (qo’l, ) – volaris;
dahliz – vestibulum;
bez – glandula;
tugun – ganglion;
teri – derma, cutis;
naysimon suyakni tana qismi – diaphisus;
oyoqni pastki qismi – distalis;
yuqorigi qism – dorsalis;
elka – dorsum;
yurak – cor, kardia;
ko’taruvchi – levator;
tashqi yon tomon – lateralis;
ichki yon tomon – medialis;
katta – maior;
kichik – minor;
oldingi burun tomon – nasalis;
yadro – nucleus;
suyak – os;
tashqi varaq – parietalis;
yurak qo’ylakchasi – pericardium;
qorin bo’shligini zardob pardasi – peritoneum;
tug’ilgandan keyingi taraqqiyot – postnatal;
preparat tayyorlamoq – praeparation;
oyoqni yuqorigi qismi – proximalis;
oyoqni ichkariga burish – pronatio;
tanani uzunasiga kesimi – sagitalis;
tanani kundalangiga bo’linishi – sigmentalis;
bog’lamlar haqida ta'limot – syndesmalogea;
ichki organlar haqida ta'limot – splanchnologea;
tayanch organ (parenximatoz organlarni ushlab turadigan asosi) – stroma;
tashqi tomonga qarab burish – supinatio;
organlarni joylashish joyi – topographeo;
Anatomiya” va “fiziologiya” ilmiy atamalar bo‘lib, tana tuzilishini o‘rganish (anatomiya) va tananing “ishlashi” (fiziologiya)ni anglatadi. Biz tananing asosiy birligi – hujayra, so‘ngra to‘qima orqali organlar va tizimlarni organizm tasviri hosil bo‘lgunicha o‘rganamiz.
Anatomik ta’rif.
Anatomiya fanini o‘rganganda terminlarni tushunish juda muhim: -sagittal tekislik- hayvon tanasining o‘zinasiga, vertikal ravishda o‘rtasidan-og‘izdan to dum uchigacha buluvchi 2 ta semitrik o‘ng va chap bo‘laklarga bo‘linadi.
-yuza-tana yuzasiga yaqin;
-chuqur-tana markaziga yaqin;
-bosh (oldingi)-hayvonning oldi tarafiga (bosh tomon yo‘nalishi);
-dum (orqa)-hayvonning orqa dum tomoniga yo‘nalishi
-medial (o‘rta tekislikka qaragan);
-yon (lateral)-tashqi tomonlarga qaragan;
-dorsal-yuqoriga umirtqa pog‘onasiga yaqin;
-ventral-pastga, qorin tomonga qaragan;
-rostral-burun tarafga qaragan (bosh sohasiga tegishli);
-proksimal-hayvon tanasiga yaqin (oyoqlarning yuqori qismi);
-distal-hayvon tanasidan uzoq (oyoqlarning pastki qismi);
-kaft, palmar-oldingi oyoqning orqaga qaragan yuzasi;
-plantar-orqa oyoqning orqaga qaragan yuzasi;
Anatomik atamalarni bilish veterinar vrachlariga juda zarur. Masalan, ushbu atamalardan “dorsal, ventral” so‘zlarining ma’nolarini tushunish hayvonni to‘g‘ri yotqizishga yordam beradi.
Hayvon tanasining tuzilishi.
Hayvon tanasi bir nechta tizimdan iborat. Har bir tizim o‘z vazifasiga ega. Bu tizimlar bajaradigan vazifalariga qarab, uchta guruhga kiradi.
Strukturaviy tizim- asosiy tuzilishini ta’minlaydi.
Koordinatsion tizim- tananing boshqarish mexanizmi hisoblanadi.
Visseral tizim- tananing asosiy funksional tizimlarni o‘z ichiga olib, uchta bo‘shliqdan iborat: ko‘krak qafasi, qorin bo‘shlig‘i, kichik tos organlari.
Strukturaviy tizimlar.
-suyaklar tizimi (suyaklar, bo‘g‘imlar);
-muskullar tizimi (bu faqat skelet muskullariga xos);
- qoplovchi tizim (teri, junlar);
-yurak qon-tomirlar tizimi (qonni butun tanaga etkazib beradi).
-muvofiqlashtiruvchi tizim;
-nerv tizimi (tanadan o‘ziga axborotni qabul qiladi va organizmning tashqi va ichki muhitini nazorat qiladi va boshqaradi)
-endokrin tizim (kimyoviy moddalar va gormonlar yordamida organizm funksiyasini boshqaradi);
Ichki organlar tizimi.
-ovqat hazm qilish tizimi (oziqani qabul qilish va ularni asosiy tarkibiy qismlarga ajratish jarayoniga javob beradi);
-nafas tizimi (kislorodni qabul qilish va karbonat angidridni organizmdan chiqarish uchun xizmat qiladi);
-siydik ayirish tizimi (organizmdan keraksiz va zaharli moddalarni chiqarish uchun xizmat qiladi);
-ko‘payish tizimi (nasl qoldirish uchun xizmat qiladi).
Hujayra biologiyasining tamoyillari.
Barcha tirik organizmlar ma’lum bir umumiy tuzilish xususiyatlariga ko‘ra tip, sinf va oilalarga bo‘linishi mumkin. Ushbu guruhlar o‘z navbatida turkum va turlarga bo‘linib, organizmning tashqi ko‘rinishi bilan farqlanadi.
Organizmning tanasi bir nechta tizimlardan tashkil topgan bo‘lib, ularning har biri ma’lum vazifalarni amalga oshiradi. Ushbu tizimlar tananing strukturaviy poydevorini hosil qiladi yoki tananing uchta bo‘shlig‘idan birida joylashadi.
Har bir tizim turli xil to‘qima va organlardan tashkil topgan bo‘lib, ular tananing eng kichik strukturaviy birligi – hujayradan tuzilgan.


Yüklə 2,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə