Samarqand veterinariya meditsinasi instituti



Yüklə 2,41 Mb.
səhifə5/92
tarix30.03.2023
ölçüsü2,41 Mb.
#103751
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   92
Hayvonlar anatomiyasi

Atlant Epsitrofey

A-otniki,B-itniki,C-cho’chqaniki D-qoramol-niki: a-yuqorigi nerv yoyi,b-pastki yoy,c-atlant qanoti,d-umurtqalar aro qanot teshigi, e-ko’ndalang teshik.

A-otniki;B-cho’chqaniki;C-itniki;D-qoramolniki;a-tanasi,b-tishsimon o’simta,c-epistrofey tarog’i , d-umurtqalar aro teshik.

Ko’krak umurtqasi – vertebrae thoracalis. Uni tanasi prizma shaklida bo’lib, tanasini yon tomonida qovurg’a birlashishi uchun oldingi va keyingi chuqurcha - fovea capitulum costalis cranialis et caudalis bo’ladi.
Ko’krak umurtqasini tuzilishi va soni qishloq xo’jalik hayvonlarida turlicha bo’ladi. Otda – 17- 19 ta, 1- ko’krak umurtqasidan 4- gacha elka o’simtasi ortib boradi, 4 – 5- umurtqadan 15- 16- umurtqagacha elka o’simta kichrayib boradi. Bu
umurtqalar diafragma umurtqasi deyiladi. Yirik shoxli hayvonlarda – 13 ta, 5 (6) ko’krak umurtqasigacha elka o’simtasi ortib boradi va keng bo’ladi, so’ngra oxirgi ko’krak umurtqasigacha pasayib boradi, diafragma umurtqasi 13-nchi. Qo’y va echkilarda – 13 ta, ba'zan 12 – 14 ta diafragma umurtqasi 13-nchi. Cho’chqalarda – 14 ta ba'zan 15 – 16, hatto 17 ta bo’lishi mumkin, elka o’simtalari 1-nchidan oxirigigacha kamayib boradi. 12-umurtqa diafragma umurtqasi. Itda – 12 (13) ta ko’ndalang o’simtalari orqaga qaytgan bo’lib yaxshi rivojlangan.
Bel umurtqalari – vertebrae lumbales.
Bu bo’lim umurtqalari ham ko’krak umurtqalariga o’xshash bo’lib, ularda uzun, yassi, lentasimon ko’ndalang qovurg’asimon o’simtalari borligi bilan farqlanadi, hamda bo’g’im o’simtalari yaxshi rivojlangan bo’ladi.
Bel umurtqalarining soni har xil hayvonlarda turlicha bo’ladi. Masalan, qoramolda – 6 ta, qo’yda – 7 ta, cho’chqada – 6-8 ta, otda – 6 ta , itda – 7 ta. Bel umurtqalarining tanasi uzun, boshi va chuqurchasi tekis, elka o’simtasi bir tekisda o’sgan, yon teshigi keng, so’rg’ichsimon o’simtasi yaxshi rivojlangan bo’ladi.

Yüklə 2,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə