Samarqand veterinariya meditsinasi instituti


Mavzu: Umurtqalar, qovurg’a, to’sh suyagi, ko’krak qafasi suyaklari



Yüklə 2,41 Mb.
səhifə4/92
tarix30.03.2023
ölçüsü2,41 Mb.
#103751
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   92
Hayvonlar anatomiyasi

Mavzu: Umurtqalar, qovurg’a, to’sh suyagi, ko’krak qafasi suyaklari


Darsning maqsadi: skelet haqida tushuncha beriladi. O’q suyaklari, periferik (oyoq) suyaklarini qismlari o’rgatiladi. Umurtqa tanasini, bo’yin, ko’krak (qovurg’a va to’sh suyagi), bel, dumg’aza va dum umurtqalarini anatomik tuzilishi haqida tushuncha beriladi.
Ko’rgazmali qurollar: rasm, sxema, hayvon gavdasini maketi, tirik hayvon. Skelet, umurtqa suyaklari, rasm.
Darsning mazmuni: skelet – skeleton (yunoncha) – qurib qolgan, degan ma'noni anglatadi. Skelet ikki qismga bo’linadi: O’q skeleti – bunga umurtqa pog’onasi va bosh suyagi kiradi; atrof o’qi periferik skelet – bunga oldingi va keyingi oyoq suyaklari kiradi. Umurtqa pog’onasi – collumnae vertebralis - o’q suyaklarini asosiysi bo’lib, barcha organlarni ushlab turish vazifasini bajaradi. Umurtqa pog’onasi kanalida orqa miya joylashadi. Sut emizuvchi hayvonlarda umurtqa pog’onasi 5 ta bo’limdan iborat:
Bo’yin umurtqalari – vertebrae cervicalis.
Ko’krak umurtqalari – vertebrae thoracalis
Bel umurtqalari – vertebrae lumbalis.
Dumg’aza umurtqalari – vertebrae sacralis.
Dum umurtqalari – vertebrae caudalis.
Umurtqa – vertebrae. Barcha umurtqalarda quyidagi qismlar mavjud bo’ladi: umurtqa tanasi – corpus vertebrae, umurtqa boshi – caput vertebrae, umurtqa chuqurchasi – fossa vertebrae, umurtqani oldingi va keyingi bo’g’im o’simtasi – processus articularis cranialis et caudalis, umurtqani elka o’simtasi – processus spinosus, umurtqani yon ko’ndalang o’simtasi – processus transversi, umurtqa tanasini ventral qismidagi ventral tarog’i – crista ventralis. Umurtqa teshigi – foramen vertebrae bir-biri bilan birlashib umurtqa kanali – canales vertebralis ni hosil qiladi. Umurtqa kanalida orqa miya joylashadi.


Bo’yin umurtqasi – vertebrae cervicalis.
Bo’yin umurtqasini umumiy tuzilishi umurtqa tuzilishi singari bo’lib, uni yon ko’ndalang o’simtalari ikkiga bo’lingan bo’ladi. Bo’yin umurtqasini soni barcha sut emizuvchi hayvonlarda 7 ta bo’lib, 1-, 2- va 7- bo’yin umurtqalarini tuzilishi bir–biridan farqlanadi, qolganlari esa bir – biriga o’xshash bo’ladi. Bo’yin umurtqalarini elka o’simtalari yaxshi taraqqiy etmagan.
Birinchi bo’yin umurtqasi – atlant – atlas, ikkinchi bo’yin umurtqasi – o’q umurtqa – epistrofeyaxis s. episropheus deyiladi.






Yüklə 2,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə