Samarqand veterinariya meditsinasi instituti



Yüklə 2,41 Mb.
səhifə92/92
tarix30.03.2023
ölçüsü2,41 Mb.
#103751
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   92
Hayvonlar anatomiyasi

Nerv sistemasi. Parrandalarning nerv tizimi quyidagicha tuzilgan: orqa miyaning bel yo’g’onlashmasi yaxshi rivojlangan, oxiri ot dumiga o’xshamaydi, qisqa ipchalar shaklida tugaydi. Orqa miya nervlari sut emizuvchilarnikiga o’xshash.
Bosh miyasi uy hayvonlarnikiga o’xshash besh bo’limdan iborat bo’lib, har qaysi bo’limi o’ziga xos tuzilgan. Bosh miya yarim sharlarida pushta va egatchalar bo’lmaydi, usti tekis bo’ladi, qadoqsimon tana va ammon shoxi yo’q.
Oraliq miya sut emizuvchilarnikiga o’xshash bo’ladi. O’rta miyada – to’rt tepacha o’rniga ikki tepacha bo’ladi. Miyachada – miyacha chuvalchangi yaxshi rivojlangan bo’ladi.
Bosh miyadan sut emizuvchilarnikidek 12 juft nerv chiqadi. Vegetativ nerv tizimi ham hayvonlarnikiga o’xshash bo’ladi.
Bosh miyaning tuzilishi



(yuqoridagi-lateral yuzasi, pastdagi ventral yuzasi) I-xidlov nervi va piyozchasi II-ko’ruv nervi III-ko’zni xarakatlantiruvchi nerv IV-g’altaksimon nerv V-uch tarmoqli nerv VI-uzoqlashtiruvchi nerv VII-VIII-yuz eshituv nervi IX-X-til tomoq va sayyor nerv XII-til osti nervi 1-2-miya yarim sharlarining oldingi va keying qismi 3-yarim sharlarning yuqorigi qoliplashgan qismi 4-lateral ariqcha 5-miya bo’rtiqchasi 6-miyacha 7-uzunchoq miya 8-orqa miya 9-birinchi bo’yin nervi 10-gipofiz 11-o’rta miyaning ikki tepachasi.

Ko’rish organi – ko’z. Ko’z olmasining tashqi sklera pardasi pigmentlashgan va qattiq bo’ladi, chunki uning orqa qismi tog’aylashgan. Ko’zning shox pardasiga yaqin joyda ko’pchilik suyak plastinkalari bo’lib, sklera halqasini hosil qiladi.
Eshitish organi – quloq, parrandalarda aniq quloq suprasi yo’q, uning o’rniga uncha katta bo’lmagan teri burmasi bor. Eshitish suyakchalari qo’shilib, bitta suyak ustun – collumella ga aylangan.


Topshiriq va savollar:
Ovqat hazm qilish organlarini xususiyatlari.
Nafas olish a'zolarini xususiyatlari.
Havo xaltalari.
Siydik ayirish a'zolarini xususiyatlari.
Jinsiy organlarni xususiyatlari.
Urg’ochlik jinsiy organlarni xususiyatlari.
Yurak qon tomirlar tizimidagi morfologik xususiyatlari.
Asab organ tizimini xususiyatlari.


Yüklə 2,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə