Samarqand veterinariya meditsinasi instituti



Yüklə 2,41 Mb.
səhifə90/92
tarix30.03.2023
ölçüsü2,41 Mb.
#103751
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   92
Hayvonlar anatomiyasi

Parranda oshqozoni
A-tovuqniki B-kesib ko’rsatilgani C-o’rdakniki 1-2-yonbosh muskullari 3-4-oldingi va keying muskullar 5-o’n ikki barmoqli ichak 6-bezli oshqozon 7-qizil o’ngach 8-bezli oshqozon bezlari a-e-shilliq parda c-o’n ikki barmoq ichak teshigi: oynasimon pay c-yonbosh muskul kesigi f-oldingi ko’r xalta d-keyingi ko’r xalta.



Tovuq oshqozon va ichagining tuzilishi

1-bezli oshqozon 2-21-o’n ikki barmoq ichak 3-oshqozon osti bezi 4-41-ingichka bo’lim ichaklar 5-7-ko’r ichak 6-yonbosh ichak 8-muskulli oshqozon 9-to’g’ri ichak a-ichak pardasi va paylari.



Nafas olish organlari. Parrandalarning nafas olish organlari sut emizuvchilarnikidan quyidagilar bilan farq qiladi: 1) burun bo’shlig’i kichik va tor; 2) toq hiqildog’i; 3) kichik o’pkasi va unda qushimcha havo xaltachalari bo’ladi. Burun bo’shlig’i – cavum nasi, burun teshigi tovuqlarda pat bilan qoplangan. O’rdak va g’ozlarning burun teshigi ochiq bo’ladi.
Hiqildoq – larynx ustki va pastki bo’ladi. Ustki hiqildoq – larynx superior yoriqsimon teshik shaklida bo’ladi. Ko’krakka yaqin joyda bifurkatsiya yaqinida ovoz paylari - patski sayroqi hiqildoq – syrinx s. larynx joylashadi.
Upka – pulmones o’ng va chap qismga bo’linadi, dorsal yuzasi notekis, ventral yuzasi rudiment holdagi diafragmagacha etadi.
Juft bo’yin havo xaltachasi, juft ko’krak oldi xaltachalari, juft ko’krak orqa xaltachalari, juft qorin xaltachalari, umrovaro toq xaltacha bo’ladi, bu havo xaltachalar uchganda va suvda suzganda ata ahamiyatga ega



Parranda o’pkasi va havo xaltasining tuzilishi
1-o’mrov aro xalta 2-qo’ltiq osti bo’rtmalari 3-yelka suyakka kirish yo’li 4-bo’yin xaltalari 5-ko’krak oldi xaltalari 7-qorin xaltalari 8-o’pka a-o’pkaning medial cheti.



Siydik ayirish organlari sut emizuvchilarnikiga qaraganda oddiyroq tuzilgan. Buyraklari ko’kimtir qizil rangga ega bo’lib, yumshoq, uzunchoqroq shaklda. Buyragi 3 bo’limga: oldingi, o’rta va keyingi bo’limga bo’linadi. Ular bel – dumg’aza hamda yonbosh suyaklarining ventral bukik yuzasiga yopishib turadi. Buyraklardagi siydik ayiruvchi va o’tkazuvchi zonalarini chegaralash qiyin, ularning ventral qismidagi qisqa kanalchalar birlashib, siydik yo’lini hosil qiladi. Siydik pufagi yo’q, siydik yo’li kloakaning o’rta qismi – urodeum ga ochiladi.

Yüklə 2,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə