Samarqand veterinariya meditsinasi instituti



Yüklə 2,41 Mb.
səhifə88/92
tarix30.03.2023
ölçüsü2,41 Mb.
#103751
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   92
Hayvonlar anatomiyasi

Skelet muskullari. Teri muskullari yaxshi rivojlangan, bu muskullar qanot parlarini harakatga keltiradi, yuz muskullari yo’q. Jag’ning chaynash muskullari sut emizuvchilarnikiga qaraganda ancha differentsiallashgan bo’ladi. Tana muskullari juda nozik, ko’krak va bel – dumg’aza bo’limi kam harakatchan bo’lganligi uchun dorsal muskullari juda kam rivojlangan, faqat bo’yin muskullari yaxshi rivojlangan bo’ladi.
Ko’krak devori muskurridan qovurg’aning ichki va tashqi muskullari, qovurg’ani ko’taruvchi ko’ndalang to’sh va narvonsimon muskullari bo’lib, ko’krak qafasini harakatga keltiradi va nafas olishda qatnashadi. Parrandalarning qanot muskullari kuchli rivojlanishi bilan bir qatorda soni ham ko’p. Ulardan ko’krak muskullari hamma qanot muskullari vaznining 45 % ni tashkil etadi.
Keyingi oyoq muskullari tuzilishi va soni jihatidan sut emizuvchilarnikiga o’xshash bo’ladi. Keyingi oyoqdagi nozik muskul – m.gracilis yaxshi rivojlangan bo’lib, uning paylari tizza bo’g’imiga o’tib boldir suyagining plantar yuzasida barmoqlarning yuza bukuvchi muskuliga qo’shilib mexanik «qulf» vazifasini bajaradi.
Teri qoplami. Parrandalarning terisi uch qavatdan iborat bo’lib, usti par bilan qoplangan, ter va yog’ bezlari bo’lmaydi. Dumining ustki tomonida qopchiq bezi – glandula urapygii joylashadi. U xuddi yog’ bezlariga o’xshash, ayniqsa u suvda suzuvchi parrandalarda yaxshi rivojlangan bo’ladi. Tovuqlarda no’xatdek, urdaklarda o’rmon yong’og’idek bo’ladi. Bu bezlar sekreti parlarni yog’lashda katta ahamiyatga ega.
Parrandalarning tumshug’i oyoq tangachalari, pixi, toji, qulog’ining sirg’asimon va pat – pari teri hosila organlari hisoblanadi.
Qoplovchi par – pennae, ular qanot uchlarida va orqa tomonda joylashadi. Parrandalar dumidagi patlar rul vazifasini bajaradi. Qoplovchi parlar tananing hamma joyida bir xil emas, parli qismi – pterylae va parsiz qismi – apterylae bo’ladi.


Qanot Pat tuzilishi

1-2-3-kontur patlar 4-qoquvchi patlar 5-qanotcha pat .

a-o’q 1-shoxchalar 2-nursimon qismi 3-ilmoqchalar.




Yüklə 2,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə