Samarqand veterinariya meditsinasi instituti



Yüklə 2,41 Mb.
səhifə87/92
tarix30.03.2023
ölçüsü2,41 Mb.
#103751
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   92
Hayvonlar anatomiyasi

Oyoq suyaklari. Oyoq suyaklaridan kamar suyaklari tuzilishida juda katta farq mavjud. Yelka kamar suyaklarida reptiliyalarnikiga o’xshash uchta: kurak, umrov va korakoid suyaklar bor.
Kurak suyagi – scapula, uzun plastinka shaklida, umurtqalar yonida joylashadi. Uning oldingi qismi o’mrov va korakoid suyaklar bilan birlashadi.
Korakoid suyak – os. coracoideum, parrandalar yelka kamar suyaklarining eng yaxshi rivojlangani hisoblanadi. U yuqori tomondan yelka, kurak suyaklari bilan mahkam bog’langan.
O’mrov suyagi – os.claviculae juft suyak bo’lib pastki tomondan bir – biri bilan birlashib ayri hosil qiladi, u yuqoridan yelka, karakoid va kurak suyaklari bilan birlashadi.
Elka oldi suyaklari – os.antebrachi - tirsak suyagi – os.ulna ancha yaxshi rivojlangan, bilak suyagi – os.radius yupqa va tug’ri bo’ladi, suyaklararo bo’shliq – spatium inberossium bor. Bilakuzuk suyaklari – ossa carpi bir qator suyak bo’lib, unda uchta suyak bo’ladi.
Kaft suyagi – ossa metacarpi kaftda uchta (2, 3, 4) suyak bo’lib, hammasi bir – biriga qo’shilgan. Barmoq suyaklari qisqarib ketgan, faqat 3-barmoqda ikkita falangda suyaklari bo’ladi. 2 – 4 barmoqlarda esa bittadan falang bo’ladi.
Tos kamar suyaklaridagi farq shundan iboratki, o’tirg’ich va qovuq suyaklarining pastki qismi ochiq qolgan. Bu esa urg’ochilari tuxum qo’yishida (tug’ishda) katta ahamiyatga ega.
Keyingi oyoqning erkin suyaklaridan son suyagi – os.femoris, qisqa va biroz egilgan, yuqori qismida boshi va bitta dumdog’i bo’ladi.
Katta boldir suyagi – os.tibia, yaxshi rivojlangan bo’lib, uning pastki qismiga tovon suyagi birlashib, katta boldir tovon suyagi – os.tibiatarsi ni hosil qiladi.
Tovon suyaklari alohida bo’lmaydi. Boldirdan keyin keladigan suyak tovon – uzangi suyagi yoki sevka deyiladi. U suyak yaxshi rivojlangan bo’lib, 2, 3 va 4 suyaklari birlashib ketgan bo’ladi.
Parrandalarning keyingi oyog’ida to’rtta barmog’i bo’ladi. 1–barmoq yuqoriroqda orqada joylashgan bo’lib, ikkita falang; 2–barmoq uchta falang; 3 – barmoq to’rtta falang va 4- barmoq beshta falangdan iborat.

Yüklə 2,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə