Samarqand veterinariya meditsinasi instituti


Dumg’aza umurtqalari yoki dumg’aza suyagi – vertebrae sacralis s. os. sacrum



Yüklə 2,41 Mb.
səhifə6/92
tarix30.03.2023
ölçüsü2,41 Mb.
#103751
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   92
Hayvonlar anatomiyasi

Dumg’aza umurtqalari yoki dumg’aza suyagi – vertebrae sacralis s. os. sacrum.
Dumg’aza umurtqalari har xil hayvonlarda turli sonda, masalan: qoramolda – 5 ta, qorako’l qo’yida – 4 ta, cho’chqada – 4 ta, otda – 5 ta , itda – 3 ta bo’ladi. Barcha dumg’aza umurtqalari birlashib, bitta dumg’aza suyagini – os. sacrum ni hosil qiladi.
Dumg’aza suyagining elka o’simtalari – processus spinosus taroqg' i– crista sacralis ni hosil qiladi, unda yoylararo teshik bo’lmaydi. Umurtqalararo kesigi 4 juft dorsal dumg’aza teshigini – foramen Sacralis dorsalis ni hosil qiladi. Bu teshiklardan qon tomir va nervlar o’tadi. Ko’ndalang qovurg’asimon o’simtalari uchli yon qism – pars lateralis ni hosil qiladi. Birinchi ikkita ko’ndalang o’simtalar to’rtburchak shakldagi dumg’aza qanoti – alae osqis sacri ni hosil qiladi. Dumg’aza qanotida tos suyagi birlashishi uchun quloqsimon bo’g’im
maydonchasi – facies auricularis bo’ladi .
Dum umurtqalari – vertebrae coccygeae s. caudae.
Dum umurtqalarining soni turli hayvonlarda katta farq qiladi: qoramolda – 18 – 20 ta, cho’chqalarda – 20 – 25 ta, otlarda – 18 – 20 ta, itlarda – 20 – 23 ta. Dum umurtqalari qo’ylarda 3 tadan 24 gacha bo’ladi. Qo’ylar dum umurtqalarining soniga qarab dumsiz, kalta dumli, uzun dumliga bo’linadi. Dum umurtqalari soni 6 – 7 ta bo’lsa dumsiz, 16 tagacha bo’lsa kalta dumli, 16 tadan ko’p bo’lsa uzun dumli deyiladi. Qorako’l quylarda dum umurtqasining soni 16 (18) – 24 tagacha bo’ladi.
Dum umurtqalarini qoramol misolida tuzilishini o’rganadigan bo’lsak, ularda kranial bo’g’im o’simtalari faqat dastlabki 5- 6- umurtqalarda yaxshi rivojlangan, ko’ndalang o’simtalari keng, 8 –10-chi umurtqalarda bu o’simta bo’lmaydi, 2 – 13-chi umurtqalarning ventral tomonida yaxshi rivojlangan gemal' yoyi – arcus haemalis bo’lib, undan dum arteriyasi o’tadi.


Umurtqa, qovurg’a va to’sh suyagining birikishi mavzusidagi laboratoriya darsinining (2 soat)

Yüklə 2,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə