Samarqand veterinariya meditsinasi instituti


a-a-segmental tekislik,c-o’rta sagital tekislik,e-frontal tekislik



Yüklə 2,41 Mb.
səhifə3/92
tarix30.03.2023
ölçüsü2,41 Mb.
#103751
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   92
Hayvonlar anatomiyasi

a-a-segmental tekislik,c-o’rta sagital tekislik,e-frontal tekislik.
Yunalishi:1-yuqoriga, 2-qorin tomonga, 3-bosh tomonga, 4-dum tomonga, 5-og’iz tomonga, 6-og’izdan orqaga,7-bosh qismi yuzasi(proksimal), 8-pastki qismi birikishi (distal),9-yuqorigi tomon yuzasi,10-orqa yuzasi(volyar) ,11- orqa tomon yuzasi(plantar), 12-ichki yuzasi, 13-yun tomon yuzasi,14-to’sh tomonga,15-chot tomonga,(A-tananing ko’ndalang kesilgani, B-tananing frontal kesilgani ,C-tananing ko’ndalang kesilgani)
Mavzu: Suyaklarni tuzilishi, farqi, joylashishi


Darsning maqsadi: Suyaklarni tuzilishi, farqi, joylashishi haqida tushuncha beriladi. Uzun naysimon suyaklar, kalta suyaklar , uzun egik suyaklarning tuzilishi, joylashishi haqida tushuncha beriladi.
Ko’rgazmali qurollar: rasm, sxema, hayvon gavdasini maketi, tirik hayvon. Skelet, umurtqa suyaklari, rasm.
Darsning mazmuni: Suyak - os passiv tayanch va harakat organi bo‘lib, skelet tarkibida murakkab tuzilishga ega. Bunday tuzilish uning funksiyasi va rivojlanishi bilan bog‘liqdir. Suyakning asosiy qismini plastinkasimon suyak to‘qimasi tashkil etadi. Suyakning sirti biriktiruvchi to‘qimadan hosil bo‘lgan parda – suyak usti pardasi bilan qoplangan. Ichki naysimon bo‘shlig‘ida ilik bo‘ladi. Suyakda qon tomirlari va nervlar ko‘p.
Suyaklarning organ sifatida tuzilishi
Skelet tizimi organizmda tayanch vazifani bajaradi. Skeletga muskullar birikadi. Skelet yumshoq to‘qimalarni himoya qiladi. Skelet uch qismga bo‘linadi:
-o‘q skeleti – hayvon tanasining markaziy o‘qi hisoblanadi va unga kalla suyagi, umurtqa pog‘onasi, ko‘krak qafasi kiradi.
- appendikulyar skelet- oldingi va keyingi oyoqlarning tanaga biriktiradigan kamar suyaklari;
- visseral skelet- bunga it va mushuklarning jinsiy a’zosi yumshoq to‘qimasidagi suyak kiradi.
Skeletning har bir qismi ko‘plab suyaklardan tashkil topgan bo‘lib, ularning har biri muhim vazifani bajaradi. Suyaklar do‘ngliklardan, teshikchalardan iborat. Ularning har biri o‘zining nomi va vazifasiga ega bo‘lib, harakatlanishga yoki to‘qimalarning normal holatda bo‘lishini ta’minlaydi.
Suyaklar bir-biri bilan choklar yordamida birikadi. CHoklar to‘qimaning xiliga va harakatlanishiga qarab har xil bo‘ladi ( tolali, tog‘ayli).Skelet tizimi bu hayvon tanasi joylashgan “ramka” hisoblanib, tayanch va himoyasini, hayvonning harakatlanishini ta’minlaydi. Bo‘g‘imlar skeletning ajralmas qismidir. Skelet tizimi maxsus biriktiruvchi to‘qimalardan, suyaklardan va tog‘aylardan tuzilgan.
Bajaradigan funksiyasiga qarab suyaklarning shakli har xil bo‘ladi. Ular shakliga qarab: uzun – nay shaklidagi va egik, qisqa – simmetrik va asimmetrik hamda plastinkasimon suyaklarga bo‘linadi.
Uzun – nay shaklidagi suyaklar - ossa longa asosan, oyoqlarning erkin bo‘limlarida uchraydi. Ularning o‘rtasi kovak bo‘ladi, bu ularga уengillik hamda chidamlilik beradi. Uzun suyaklarning o‘rta qismi – tanasi, ya’ni diafiz – diaphysis va bo‘g‘im uchlari, ya’ni epifizlar – epiphysis bo‘ladi. Bo‘g‘im uchlari tanasiga qaraganda yo‘g‘onroq bo‘ladi.
Uzun egik suyaklar (qovurg‘alar - costa) ko‘krak qafasini hosil qilib, himoya vazifasini bajaradi. Ko‘krak qafasi ichida yurak va o‘pka joylashgan. Nafas olingan va chiqarilgan vaqtda bu suyaklar ko‘tarilib – tushib, ko‘krak qafasining kengayib – torayish harakatlarini vujudga keltiradi.
Kalta suyaklar - os. brevia xilma – xil bo‘lib, simmetrik va assimetrik holda joylashadi. Umurtqalar simmetrik, kaft usti va kaft oldi suyaklari esa asimmetrik suyaklarga kiradi. Bu suyaklar ikki yoki ko‘p qator bo‘lib joylashadi va har xil funksiya bajaradi, shu bilan birga amortizatsiya rolini ham o‘ynaydi. Kalta suyaklarning devori yupqa bo‘lib, zich moddadan tuzilgan, uning ichki qismida ko‘mik modda juda ko‘p bo‘ladi.
Suyaklarning joylishishi ular shaklining o‘zgarishiga ham katta ta’sir qiladi. Masalan, odamlar tik yurishi sababli, ular umurtqa pog‘onasining suyaklari bir – biriga bosishi natijasida kalta, to‘rt oyoqli hayvonlarda esa uzun bo‘ladi.
Hamma suyaklarning sirti zich biriktiruvchi to‘qimadan iborat suyak pardasi - periostium bilan qoplangan. Bunday parda tog‘ay to‘qimalar ustida bo‘lmaydi. Suyak pardasida maxsus hujayralar – suyak hosil qiluvchi osteoblastlar bor. Suyak pardasida qon tomirlari, ta’sirni sezuvchi nerv uchlari juda ko‘p.
Osteoblastlar suyaklarning o‘sishida, bir – biriga birikishida, singan joylarning bitib ketishida muhim rol o‘ynaydi. Qon tomirlari suyaklarga oziq moddalar, tuz va boshqalarni etkazib turadi.
Nerv tolalari esa moddalar almashinuvida suyak hujayralari faoliyatini idora qilib turadi. Suyak pardasi shilib olinsa, suyak o‘smaydi, hujayralari nobud bo‘ladi.
Suyaklarning ichki tuzilishi. Suyak kesib qaralganda unda qattiq va g‘ovak moddalar ko‘rinadi. Qattiq, ya’ni kompakt modda - sutstantia ossea compacto suyakning tashqi yuzasida, suyak pardasining ostida joylashgan. Bu modda uzun naysimon suyaklarda yaxshi rivojlangan. Qattiq modda yassi suyaklarda ikkita – tashqi va ichki plastinka hosil qiladi, ular xovonlar yordamida bir – biri bilan birikkan bo‘ladi.
G‘ovak modda - substantia ossa spongiosa – naysimon suyaklarning uchida, qisqa suyaklarning ichki qismida uchraydi. YAssi suyaklarda g‘ovak modda kam bo‘ladi yoki butunlay bo‘lmaydi. Suyak bo‘shlig‘idagi g‘ovak moddalardabir nechta xovon bo‘ladi. Bular amortizatsiya vazifasini bajaradi va yuk bosimi tomonga qarab joylashadi.
Katta yoshli hayvonlarda naysimon uzun suyaklardagi bo‘shliqlar sariq ilik – medulla ossium flava bilan to‘lgan bo‘lib, ular zapas oziq modda hisoblanadi. Uzun va kalta suyaklarning g‘ovak moddasida qizil ilik - medulla ossium rubra bo‘ladi, u qon hosil bo‘lishida ishtirok etadi. O‘sayotgan yosh organizm suyaklarida faqat qizil ilik bo‘ladi.
Har bir suyak qon tomirlari bilan ta’minlangan, suyak pardasidagi folkman kanalchalari orqali kapillyarlar suyak ichiga tarqaladi. Bundan tashqari, suyak ichiga yirik arteriya qon tomiri kirib, ilikni oziq moddalar bilan ta’minlaydi. Venoz qon bir qancha mayda vena tomirlari orqali suyak to‘qimasi va ilikdan chiqib ketadi. Suyak to‘qimasiga nervlar suyak pardasi orqali o‘tadi.



Yüklə 2,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə