Samarqand veterinariya meditsinasi instituti


To’sh suyagi – os sternum



Yüklə 2,41 Mb.
səhifə8/92
tarix30.03.2023
ölçüsü2,41 Mb.
#103751
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   92
Hayvonlar anatomiyasi

To’sh suyagi – os sternum. Bu suyak ko’krak umurtqasi, qovurg’a bilan birikib ko’krak qafasi - thorax ni hosil qiladi. Uni quyidagi uch qismlari mavjud: dastasi – manubrium sterni, tanasi – corpus sterni, qalqonsimon tog’ayi – cartilageo xiphoidea

Umurtqani birikishi: a) birinchi ko’krak umurtqasi ensa suyagi bilan birikib, ensa atlant bo’g’imi – articulatio atlantooccipitalis ni hosil qiladi. Bu bo’g’imni birikishida bo’g’im kapsulasi, yon paylari ishtirok etadi; b) birinchi bo’yin umurtqasi ikkinchi bo’yin umurtqasi bilan birikib atlant – epistroey bo’g’imi – art. Atlanto axialis ni hosil qiladi. Bo’g’imda aylanma harakat hosil bo’ladi. v) qolgan umurtqalar bir – biri bilan birikkanda umurtqalararo tog’ay - fibracortiloginus intervertebralis, har bir umurtqani yon ko’ndalang va elka o’siqlari orasidagi paylar ishtirok etadi. Bundan tashqari uchta uzun paylar ishtirok etadi. Ular quyidagilar: umurtqani yuqori uzun payi – lig. Longitudinale dorsale - umurtqa kanalida joylashib ikkinchi bo’yin umurtqasidan boshlanib, dumg’aza suyagini kanalida tugaydi; umurtqani pastki uzun payi – lig. Longitudinale ventrale - oxirgi ko’krak umurtqasini tog’ayidan boshlanib, dumg’aza suyagini ventral qismida tugaydi; bo’yin usti payi - lig. nuchae - ipsimon va plastinkasimon qismlarga bo’linib, ko’krak umurtqasini elka o’simtasi ustidan boshlanadi va ensa suyagi tangachasida hamda bo’yin umurtqasini elka o’simtasida tugaydi. Otlarda yaxshi rivojlangan.
Qovurg’alarni birikishi: Qovurg’alar ko’krak umurtqasi va to’shsuyagi bilan birikib ko’krak qafasi – thorax ni hosil qiladi. Qovurg’a ko’krak umurtqasi bilan paylar yordamida harakatchan birikadi, to’sh suyagi bilan esa tog’aylar yordamida birikadi. To’sh suyagi bir qancha sigmentlardan iborat bo’lib, ular bir – biri bilan tog’aylar va paylar yordamida birikadi.
Topshiriq va savollar:
- Umurtqa tanasi qanday birikadi?
- Umurtqa o’simtalari qanday birikadi?
- Umurtqani uzun paylari qaysilar va ular qaerda joylashadi?
- Bo’yin usti payi qaysi hayvonda yaxshi rivojlangan?
- Qovurg’a umurtqa bilan qanday birikadi?
- Qovurg’a to’sh suyagi bilan qanday birikadi?


Yüklə 2,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə