Samarqand veterinariya meditsinasi instituti



Yüklə 2,41 Mb.
səhifə10/92
tarix30.03.2023
ölçüsü2,41 Mb.
#103751
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   92
Hayvonlar anatomiyasi

Otning bosh skeleti (chap tomondan ko’rinishi)
1-jag’aro suyak, 2-burun suyagi, 3-yuqorigi jag’ suyagi,4-peshona suyagi,5-tepa suyagi, 6-yanoq suyagi, 7-ensa suyagi, 8-yuz suyagi,9-ko’z yoshi suyagi, 10- pastki jag’ suyagi, ensa suyagi bo’limlari; a-asosiy qism, b-bo’yin qismi, s-tepa qismi,d-ensa to’pig’i, e-bo’yinturiq o’simtasi; peshona suyagi qismlari; f-h-peshona suyagining chakka –ko’z qismi, d-burun peshona qismi, pastki jag’ suyagi qismlari: i-muskul o’simtasi, k-bo’g’im o’simtasi, l-chaynash muskuli chuquri, m-qon tomir kesigi, n-jag’ tishlar qismi, o-iyak osti teshigi, p-jag’ning kesuvchi qismi, g-jag’aro suyak tanasi, s-burun o’simtasi.



Qoramolning bosh skeleti
1-jag’ oraliq suyagi, 2-burun suyagi, 3- yuqorigi jag’ suyagi, 4-ko’z yoshi suyagi, 5- peshona suyagi, 6-tepaaro suyagining chakka plastinkasi, 7- yanoq suyagi, 8-ensa suyagi, 9-yanoq suyagi o’simtasi, 10-pastki jag’ suyagi; a-kurak tishlar, b-ko’z osti teshigi, c-ko’zyoshi teshigi, d-ko’z usti teshigining kanali, e-muskul o’simtasi, f-shox, g-tashqi eshitish yo’li, h-ensa suyagining to’pig’i, i-bo’yinturiq o’simtasi, k-suyak nog’arasi, l-bo’g’im o’simtasi, m-qon tomirlari kesigi, n-iyak osti teshigi, o-yuz do’ngligi, p-pastki jag’ning ichki qismi, q-pastki jag’ning tishli qismi, I-pastki jag’ suyagining burchagi.



Ensa suyagi – os occipitale 3 qismga bo’linadi: a) Asosiy qismi – pars bazilaris kalla suyagi asosida joylashadi va ponasimon suyak bilan qo’shiladi. U quyidagi anatomik qismlarga bo’linadi: muskul bo’rtiqlari – tuberculum musculares - ponasimon suyak bilan birlashgan joyda joylashadi va bosh muskullarini birikishi uchun xizmat qiladi; yoriqsimon teshik – foramen lacerum ensa suyagi tanasining lateral uchidan hosil bo’ladi va u orqali nerv, qon tomirlari o’tadi; uzunchoq miya chuqurchasi - fossa medullae - ensa suyagi tanasining miya yuzasida bo’lib, unda uzunchoq miya joylashadi; miya ko’prigi chuqurchasi – fossa pontis. b) Yon qismlari – partes lateralis katta ensa teshigi bilan chegaralanadi va quyidagi qismlardan tuzilgan: ensa burtiqlari – condyli occipitalis - atlant bilan birlashish uchun xizmat qiladi; bo’yinturuq o’simtalari – processus jugularis - lateral bo’rtiqda joylashadi va muskul birlashishi uchun xizmat qiladi; til osti teshigi – foramina hypoglossa - ensa bo’rtig’i va bo’yinturuq o’simtasi o’rtasida joylashadi, u orqali nervlar o’tadi. v) Tangachasimon qismi – sguama occipitalis ensa teshigining yuqorisida joylashib, quyidagi qismlari mavjud: ensa tarog’i – crista occipitalis; bo’yin payi birlashadigan qismi – pars nuchalis.


Yüklə 2,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə
Psixologiya