Samarqand veterinariya meditsinasi instituti


Tepaaro suyak – os interparietale



Yüklə 2,41 Mb.
səhifə12/92
tarix30.03.2023
ölçüsü2,41 Mb.
#103751
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   92
Hayvonlar anatomiyasi

Tepaaro suyak – os interparietale - ensa va tepa suyaklari oralig’ida joylashadi
Tepa suyagi – ossa parietale - ensa va chakka sohalarida joylashadi, unda peshona bo’shlig’i bilan birlashuvchi bo’shliq mavjud.
Peshona suyagi – ossa frontale burun, ko’z yoshi, panjarasimon, tepaaro, tepa, chakka, tanglay va yuqorigi jag’ suyaklari bilan chegaradosh. Uning tashqi yuzasida uchta qism: peshona – pars frontalis, ko’z – pars orbitalis, chakka – pars temporalis ajrim qilinadi. Peshona suyagidan yon yo’nalishda ko’z o’simtasi – processus orbitales chiqib, yonoq suyagiga o’tadi. Ko’z o’simtasining orbital yuzasida ikkita: ko’z yoshi – fossa lacrimalis va g’altak chuqurchasi – fossa trochlearis bor.

Bosh suyagini tuzilishi mavzusidagi laboratoriya darsining (2soat)


PASPORTI


Darsning maqsadi:
1.Bosh suyagi tuzilishini o’rganish.
2.Boshning yuz bo’limi suyaklarining tuzilishini o’rganish.
Ko’rgazmali asbob-uskunalar va jihozlar: bir tuyoqli hayvonlar, qoramol, qo’y, cho’chqalarning skeleti, bosh suyaklari alohida preparatlari, rasm, ishlanmalar, mulyajlar, slaydlar, anatomik lug’at.
Mashg’ulotning o’tkazilish tartibi:
1. Bosh suyagi tuzilishini o’rganish.
2. Boshning yuz bo’limi suyaklarini tuzilishini o’rganish.


Adabiyotlar:

  1. Dilmurodov N.B. «Hayvonlar anatomiyasi» fanidan amaliy-laboratoriya mashg‘ulotlar bo‘yicha o‘quv qo‘llanma. Toshkent, 2014.

  2. Victoria Aspinall. Veterinary anatomy and Physiology. Textbook. New-York, 2015.

  3. H.E.Konig, H.G.Liebich. Veterinary Anatomy of Domestic Mammals. Textbook and Colour Atlas. New-York, 2007.

  4. Юдичев Ю.Ф. и др. «Анатомия домашних животных». Омск, 2003.

5.www. Ziyo.net.uz.
6.email: zooveterinariya@ mail.ru



Yüklə 2,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə