Samarqand veterinariya meditsinasi instituti



Yüklə 2,41 Mb.
səhifə13/92
tarix30.03.2023
ölçüsü2,41 Mb.
#103751
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   92
Hayvonlar anatomiyasi

Tuzuvchilar:
Dosent N.B.Dilmurodov
Katta o’qituvchi G’.X.Eshmatov
Assistent G.Sh. Raxmanova
Yuz bo’limi suyaklari - cranium viscerale og’iz va burun bo’shliqlarining suyak asosini hosil qiladi. Yuz bo’limini hosil bo’lishida pastki jag’, yuqorigi jag’, jag’oraliq, burun, yonoq, ko’z yoshi, tanglay, qanotsimon, dimog’, yuqorigi va pastki burun chig’anog’i, tilosti suyaklari ishtirok etadi.
Pastki jag’suyagi – os mandibulare - chakka suyagining yonoq o’simtasi bilan birikadi. Bu suyakning quyidagi anatomik qismlari mavjud: tanasi – corpus mandibulare - unda tish al'veolalari joylashadi; jag’ tarmoqlari – rami mandibulare. Suyak tanasida kesuvchi qism – pars incisiva va asosiy qism – pars molaris farqlanadi.Yuqorigi jag’ suyagi – os maxillare - juft suyak bo’lib, unda yuz, burun va tanglay yuzalari farqlanadi. Yuz yuzasida birinchi jag’ tish qarshisida ko’z osti teshigi – foramen infraorbitalis joylashadi, unda ko’z osti kanali – canalis infraorbitalis tugaydi. Tanglay kanali – canalis palatinus qattiq tanglayga ochiladi va tanglay teshigi – foramen palatinum major ni hosil qiladi.
Jag’ oraliq suyak – os incisivum - juft bo’lib, tanasi – corpus incisivum qalin plastinka shaklida bo’ladi. Suyakda lab, tanglay va ichki yuzalari farqlanadi. Suyak tanasining chiqish tomonida burun o’simtasi – processus nasalis, ularning oralig’ida tanglay kovagi – fissura palatina joylashadi.
Burun suyagi – os nasale - juft bo’lib, burun bo’shlig’ining qopqog’i hisoblanadi. Suyakning oldingi uchi qo’shaloq, tashqi yuzasi qavariq, ichki yuzasi – botiq; uning burun tarog’i – crista nasalis, chig’anoq tarog’i – crista ethmodalis farqlanadi.
Yonoq suyagi – os zygomaticum - juft, chakka, ko’z yoshi, yuqorigi jag’ suyaklari bilan chegaradosh bo’lib, yonoq yoyi, ko’z kosasi va jag’ kovagini hosil qilishda ishtirok etadi.
Ko’z yoshi suyagi – os lacrimale - juft suyak bo’lib, tashqi yuzasida yuz va ko’z qismlari farqlanadi. Yuz qismida orqa ko’z yoshi o’simtasi – proc. lacrimalis, ko’z qismida ko’z yoshi xaltasi chuqurchasi – fossa sacci lacrimalis, unda esa ko’z yoshi - burun kanali – foramen nasolacrimalis joylashadi. Bu erda ikkita nafis devorli pufak – bullae lacrimales hosil bo’ladi. Pufaklar kovagi – sinus lacrimalis yuqorigi jag’ kovagi bilan tutashadi.
Tanglay suyagi – os palatinum - juft suyak bo’lib, gorizontal va perpendikulyar plastinkalari farqlanadi. Perpendikulyar plastinkasi – lamina perpendicularis - ponasimon va yuqorigi jag’ suyaklari bilan birga ponasimon – tanglay chuqurchasifossa sphenopalatina ni hosil qiladi. Unda: yuqorigi jag’ teshigi – foramen maxillare, ponasimon – tanglay teshigi – foramen sphenopalatinum, orqa tanglay teshigi – foramen palatinum aleorale joylashadi. Tanglay kanali – canalis palatinum faqat tanglay suyagidan hosil bo’lgan.
Qanotsimon suyak – os pterygoideum - juft, xoana teshigining yon tomonini hosil qilishda ishtiroq etadi, pastki qismida ilmoqchasi – hamulus mavjud.
Dimog’ suyagi – vomer - toq suyak bo’lib, ponasimon, qanotsimon, yuqorigi jag’ va jag’ oraliq suyaklari bilan chegaralangan. Yon tomonida qanot – ala vomeris joylashgan.
Burun chig’anog’i – concha - juft suyak bo’lib, yuqorigi – concha nasalis dorsalis va pastki – concha nasalis ventralis qismlarga bo’linadi.
Til osti suyagi – os hyoideum – toq suyak bo’lib, til ildizi va hiqildoqning asosi bo’lib xizmat qiladi. Suyakda tana, katta va kichik shoxchalari, proksimal, o’rta, distal bo’g’inlari farq qilinadi. Suyak tanasi – basihyoid dan oldingi tomonga til o’simtasi – processus lingualis chiqadi. Katta shoxi – cornua majora tanadan orqa tomonga o’tadi va hiqildoq bilan birlashadi; kichik shoxi – conua minora tanadan yuqoriga ko’tariladi; proksimal bo’g’in – tympanohyoideum tog’ayli, chakka suyagi bilan birlashadi; o’rta bo’g’in – stylohyoideum uzun, muskul o’simtasi mavjud; distal bo’g’ini – epihyoideum kichik shox bilan birlashadi. Til osti suyagida quyidagi bo’g’inlar bor: Birinchi – o’rta va distal bo’g’inlar o’rtasida; ikkinchi – distal bo’g’in bilan kichik shox o’rtasida; uchinchi – kichik shox bilan tana o’rtasida.

Yüklə 2,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə