Samarqand veterinariya meditsinasi instituti


Ponasimon suyak – os sphenoidale



Yüklə 2,41 Mb.
səhifə11/92
tarix30.03.2023
ölçüsü2,41 Mb.
#103751
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   92
Hayvonlar anatomiyasi

Ponasimon suyak – os sphenoidale - panjarasimon, dimog’, qanotsimon, tanglay, peshona, chakka va ensa suyaklari bilan chegaralangan. Uning quyidagi anatomic qismlari farqlanadi: tanasi – corpus sphenoidale; ikki juft qanoti: ko’z qanoti – ala orbitalis, chakka qanoti – ala temporalis; qanotsimon o’simta - processus pterugoideus - suyak tanasining tashqi yuzasidan chiqadi; qanotsimon taroq – crista pterygoidea - qanotsimon o’simtaning oldingi burchagidan hosil bo’ladi; ko’rish kesishmasining ariqchasi – sulcus chiasmatis – yumaloq teshikning orqa tomonida joylashib, u orqali ko’rish nervi o’tadi; ko’rish teshigi – foramen opticum orbitaga o’tadi, nerv va qon tomirlar o’tadi; turk egarchasi – sella turcica va egarcha devori – dorsum sellae - ko’rish kesishmasidan orqada joylashadi; gipofiz chuqurchasi – fossa hypophysialis turk egarchasida bo’lib, gipofiz bezi joylashadi; oval teshik – foramen ovale chakka qanotining asosida joylashib, undan qon tomirlar va nervlar o’tadi.
Chakka suyagi – os temporales - juft, kalla suyagining miya bo’limini yon tomonlarida joylashadi, ensa, tepa, peshona, yonoq, ponasimon, yuqorigi jag’ suyaklari bilan chegaralanadi va quyidagi qismlardan tashkil topgan: a) chakka suyagi tangachalari – sguama temporalis - tashqi tomonida yonoq o’simtasi – processus zygomaticus joylashadi; chakka chuqurchasi – fossa temporalis - bosh – tepa suyagining qo’shilishidan hosil bo’lgan, yonoq yoyi – arcus zygomaticus hosil bo’lishida ishtirok etadi; bo’g’im bo’rtig’i– trochlea articularis yonoq bo’rtig’ining asosida joylashib, pastki jag’ bilan birlashish uchun xizmat qiladi; bo’g’im chuqurchasi – fossa articularis va bo’g’im orqa o’simtasi – processus postglenoidalis - yonoq o’simtasida joylashgan; chakka kanali – meatus temporalis- tangacha bilan quloq suyagi o’rtasida joylashadi. b) quloq suyagi – os petrosum - nog’orasimon, so’rg’ichsimon va qoyasimon qismlardan iborat.
Panjarasimon suyak – os ethmoidale - kalla suyagining ichkarisida joylashib, peshona, ponasimon, ko’z yoshi, yuqorigi jag’, tanglay suyaklari va dimog’ bilan chegarlanadi. Unda panjarasimon, vertikal plastinkalar va labirint farqlanadi. a) panjarasimon plastinka – lamina cribrosa ponasimon va peshona suyaklari orasida joylashadi, unda ikkita hid bilish chuqurchasi – fossa olfactoria - bosh miyaning hidlov piyozchasi joylashishi uchun va nervlar uchun bir nechta mayda teshikchalar mavjud. b) vertikal plastinka – lamina perpendicularis - dimog’ ariqchasiga kirib turadi. v) panjarasimon suyak labirinti – labyrinthus - vertikal plastinkalarning yon tomonlarida joylashadi.

Yüklə 2,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə