Samarqand veterinariya meditsinasi instituti



Yüklə 2,41 Mb.
səhifə59/92
tarix30.03.2023
ölçüsü2,41 Mb.
#103751
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   92
Hayvonlar anatomiyasi

Topshiriq va savollar:
Ko’krak aortasini topografiyasi va arteriyalari
Qorin aortasini topografiyasi va arteriyalari
Ichaklarni arteriyasi
Oshqozon, jigar va taloqni arteriyasi
Mavzu: Orqa oyoq arteriyalari


Darsning maqsadi: qon aylanish tizimini anatomik tarkibi, orqa oyoq arteriyalarini qon bilan ta'minlash sohalarini o’rganish va ushbu sohalarda joylashgan tomirlar.
Ko’rgazmali qurollar: rasm, ho’l va quruq preparatlar, slaydalar.
Darsning mazmuni: Orqa oyoqlar arteriyasi. Yonboshning tashqi arteriyasi – a.iliaca externa orqa oyoqlarni qon bilan ta'minlaydi.
Yonboshning aylanma chuqur arteriyasi – a.circumflexio ilioса profunda yonbosh suyagini o’rab turuvchi muskullar va limfa tugunlariga tarqaladi. urgochi hayvonlarda sut bezlariga ham boradi.
Bachadonning o’rta arteriyasi – a.uterina media urg’ochi hayvonlarda yaxshi rivojlangan bo’lib, bachadon payi va shoxiga hamda tanasiga tarqaladi. Erkak hayvonlarda urug'donga boradi.
Sonning chuqur arteriyasi – a.femoris profunda yonboshning tashqi arteriyasidan ajralib, son suyagining ichki yuzasida joylashuvchi, yopuvchi, kelishgan va yarim parda muskullarga bir qancha mayda tarmoqcha beradi, keyin yana bir nechta maxsus arteriya hosil qiladi.
Jinsiy a'zoning tashqi arteriyasi – a.pudenda externa yaxshi rivojlangan bo’lib, chov kanalidan o’tib, urug'don ortig'iga va u umumiy qin pardaga boradi hamda jinsiy organning yuqori old tomon arteriyalari – a.dorsalis penis cranialis ni hosil qiladi.
Qorin ustining old tomon arteriyasi – a.epigasterica cranialis qorinnng to’g’ri va ichki qiyshiq muskullariga tarqaladi.
Son suyagining aylanma ichki arteriyasi – a.circumflexa femoris medialis son suyagining o’rta yuzasidan o’tib, kvadrat va ikki boshli muskullarga tarqaladi.
Son arteriyasi– a. femoralis yonbosh arteriyasining bevosita davomi. U son kanalidan chiqib, son suyagining yuqorigi qismidan oldin o’rta, so’ngra orqa tomoniga o’tadi.
Sonning old tomon arteriyasi – a.femoris cranialis sonning to’rt boshli muskuliga tarqaladi.
Sonning teri osti arteriyasi – a.saphena sonning ichki yuzasida teri ostida joylashadi.

Katta boldir suyagining orqa arteriyasi – a.tibialis posterior katta boldir suyagining orqa yuzasidan o’tib, pastga tushadi va tovon suyagi ustida «S» shaklida buraladi. Bu arteriya boldir kaft va barmoqlarni orqa tomonidagi muskullarga, paylarga va terisiga arteriya tomirlarini beradi.



Yüklə 2,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə