Samarqand veterinariya meditsinasi instituti



Yüklə 2,41 Mb.
səhifə64/92
tarix30.03.2023
ölçüsü2,41 Mb.
#103751
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   92
Hayvonlar anatomiyasi

Boshdagi limfa tugunlari. Quloq oldi limfa tuguni – ln. paratidei quloq oldi so’lak bezining ostida, yuqorigi jag’ning pastki tomon bo’g’imning quyi qismida joylashadi.
Jag osti limfa tuguni – ln.mandibularis pastki jag’ shoxchalari orasida teri ostida joylashadi.
Halqum orti limfa tuguni – ln.retropharyngei bir necha guruh bo’lib, ular yon tomondagi va qo’shimcha limfa tugunlaridan iborat.
O’rta limfa tuguni – ln.retropharyngens medialis halqumning ustki qismida joylashadi
Bo’yindagi limfa tugunlari. Bo’yinning yuza limfa tuguni – ln.cervicalis superficialis anchagina yirik bo’lib, ko’krak – elka bo’gimning oldirog’ida yelka bosh muskulining ostida joylashadi.
Bo’yinning chuqur limfa tugunlari – ln.cervicales profunda bir qancha tugunchadan iborat bo’lib, oldingi, o’rta va keyingi guruhlarga bo’linadi.
Oldingi oyoqlardagi limfa tugunlari. Qo’ltiq limfa tuguni – ln.axillares ko’krak suyagining ichki yuzasida, katta yumaloq muskulga yaqin joylashadi.
Tirsak limfa tugunlari – ln. cubitalis.
Orqa oyoqlardagi limfa tugunlari. Tizza osti limfa tuguni – ln. poplitei tizza bug’imining orqa qismida boldir muskullarining yon va ichki yuza qismi boshlari oralig’ida joylashadi.
Tizza burmasi limfa tuguni – ln.subiliaci tizza burmasining oldingi qismida joylashadi.
C
hovning yuza limfa tuguni – ln. inguinalis superficialis erkak hayvonlarda jinsiy a'zoning yon qismida, urg’ochilarda esa sut bezi asosida joylashadi.

Keyingi oyoq limfa tugunlari

A-sigirda B-otda joylashishi: 1-chotning yuza tuguni 2-chotning chuqur tuguni 3-yonboshning o’rta tuguni 4-tos tuguni 5-dumg’azaning o’rta tuguni 6-taqim osti 7-yopiluvchi teshik tuguni 8-yonbosh tuguni.

Ko’krak devori va ko’krak bo’shlig’i organlaridagi limfa tugunlari.
Qovurg’alararo limfa tugunlari – ln.intercostalis qovurg’alararo bo’shliqning qovurg’a boshiga yaqin qismida joylashadi.
Yuqorigi oraliq limfa tugunlari – ln.n.mediastinalis dorsalis juda mayda bo’lib, aorta bilan umurtqa orasidagi plevra ostida joylashadi.
Old tomon oraliq limfa tuguni – ln.n.mediastinalis cranialis ham mayda bo’lib, yurakning old tomonida, kekirdakning yuqorisida va pastda joylashadi.
O’rta qism oraliq limfa tugunlari – ln.n.mediastinalis media aorta va qizilo’ngach oralig’ida joylashadi.
Keyingi qism oraliq limfa tugunlari – ln.n.mediastinalis caudalis o’pkaning orqa tomonida aorta va qizilo’ngach orasida joylashadi.
Bronxlardagi limfa tugunlari – ln.n.bronchiales bir nechta mayda tugunchadan iborat bo’lib, kekirdakning o’pkaga bo’lingan qismida joylashadi.
O’pka limfa tugunlari – ln.n.pulmonalis o’pka bronxlarida bo’ladi.

Yüklə 2,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə