Samarqand veterinariya meditsinasi instituti


Yuz yoki mimika muskullari



Yüklə 2,41 Mb.
səhifə24/92
tarix30.03.2023
ölçüsü2,41 Mb.
#103751
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   92
Hayvonlar anatomiyasi

Yuz yoki mimika muskullari. Bu muskullar aksariyat hollarda tabiiy teshiklarni (og’iz, burun, ko’z kosasi, tashqi eshitish teshigi) atrofida joylashgan bo’lib bir qismi yuz (bosh) suyagiga birlashgan bo’lsa, ikkinchi qismi halqasimon muskullarga birlashadi. Mimika muskullariga quyidagilar kiradi:
- og’izni to’garak muskuli – m. orbicularis oris;
- burun va labni ko’taruvchi muskul – m. levator nasolabialis;
- yuqorigi labni ko’taruvchi muskul – m. levator labii superioris;
- yuqorigi labni tushiruvchi muskul – m. depressor labii superioris;
- yonoq muskuli – m. zygomaticus;
- pastki labni ko’taruvchi muskul – m. levator labii inferioris;
- pastki labni tushiruvchi muskul – m. depressor labii infrioris;
- lunj muskuli – m. buccinator.
Chaynovchi muskullar. Bu muskullar pastki jag’ suyagi «oralig’ida» joylashgan bo’lib jag’ bo’g’imini harakatga keltiradi. Natijada og’iz bo’shlig’iga tushgan oziqani maydalaydi va uni yutishga tayyorlaydi. Ularga quyidagi muskullar kiradi:
- katta chaynovchi muskul – m. masseter;
- qanotsimon muskul – m. pterygoideus;
- chakka muskuli – m. temporalis;
- qo’sh qorinli muskul – m. digastri.


Boshdagi muskullar

a,a1-yuqori labning maxsus ko’taruvchi muskuli, b-burun labining ko’taruvchi muskuli, f-oziq muskul, g-yuz muskuli, h-lunj muskuli, l-pastki labning tushuruvchi muskuli, k-og’izning aylana muskuli, e-burunning yon tomon muskuli, m-katta chaynash muskuli, n-pastki qovoqning tushuruvchi muskuli, o-chakka muskuli, p-bo’yinturug’ jag’ muskuli.


Topshiriq va savollar:
Yuqoridagi muskullarni preparatlardan preparovka qilib o’rganish, turli xil hayvonlardagi tafovutlarni aniqlash, topografik sxemalarini daftarda tasvirlash.
Kurak suyagi sohasidagi muskullarni nomi, topografiyasi va funktsiyasi. To’sh suyagiga va qovurg’aga birlashadigan muskullar, ularni topografiyasi va funktsiyasi.

Yüklə 2,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə