Sana: “ ” Biologiya fani Sinf: 10-A10-B10


Darsning texnologik xaritasi



Yüklə 5,73 Mb.
səhifə130/152
tarix11.05.2022
ölçüsü5,73 Mb.
#86663
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   152
10-sinf-biologiya-konspekti

Darsning texnologik xaritasi:


Dars bosqichlari

Vaqt

Tashkiliy qism.




Yangi mavzuni boshlashga hozirlik




Yangi mavzuni yoritish




Guruhlarda ishlash. Yangi mavzuni tahlil qilish




Darsni yakunlash




Uyga beriladigan topshiriqlar





VIII.Darsning borishi (reja):
1.Tashkiliy qism: a)Salomlashish, b)tozalikni aniqlash,

d)davomatni aniqlash c) darsga tayyorgarlik ko`rish va dars rejasi
2.Uyga vazifani so`rab baholash:a) og`zaki so`rov b) daftarni tekshirish

v) tarqatma materiallar orqali g) misollar yechish e) amaliy.

IX.Yangimavzubayoni:

Divergent evolutsiya. Divergensiya (lotincha divergantia - ajralish) - evolutsion jarayonning yangi sistematik guruhlar hosil bo‘lishiga asoslangan eng umumiy turi. Divergensiya - har xil yashash sharoitlariga moslashish natijasida ajdod tur belgilarining tarqalishidir. Divergensiya tufayli yangi muhit sharoitlariga moslanishlar kengayadi. Bu jarayon natijasida tip sinflarga, sinf turkumlarga, turkum oilalarga, oila avlodlarga, avlod turlarga ajraladi. Ajdod tur tarqalgan hududlarda ekologik sharoitning har xil bo‘lishi divergensiyaga olib keluvchi omil hisoblanadi. Divergensiya jarayoni tarmoqlangan shoxli evolutsiya daraxti ko‘rinishida tasvirlanadi. Bu divergent evolutsiya timsolidir: umumiy ajdoddan ikki yoki undan ortiq formalar, o‘z navbatida, ulardan ko‘pgina turlar va avlodlar kelib chiqqan. Divergensiya deyarli hamma vaqt yangi hayotiy sharoitlarga moslanishlarning ortib borishini ifoda etadi. Oziq turi, yashash muhitining xilma-xilligi tufayli sutemizuvchilar sinfining hasharotxo‘rlar, oztishlilar, qo‘lqanotlilar, kemiruvchilar, yirtqichlar, juft tuyoqlilar, toq tuyoqlilar, kurakoyoqlilar, kitsimonlar kabi turkumlar kelib chiqqan. Bu turkumlarning har biri o‘z navbatida morfologik, ekologik, etologik, genetik, fiziologik xususiyatlari bilan farqlanadigan kenja turkumlar va oilalarni o‘z ichiga oladi. Sutemizuvchilar har xil turkumlarga mansub organizmlardagi o‘zaro o‘xshashlik ularning ajdodi bir ekanligiga, ular o‘rtasidagi farq har xil sharoitga moslashganligiga dalildir.

Galapogoss orollarida morfofiziologik xususiyatlari jihatdan farqlanadigan vyuroklarning bitta ajdod turlardan kelib chiqqanligi divergensiyaga misol bo‘ladi (48-rasm).Divergensiya hodisasini o‘simliklar- ning shakli o‘zgargan vegetativ organlarida ham ko‘rish mumkin. Masalan, no‘xatning gajaklari, kaktus va zirkning tikanlari, bargning shakl o‘zgarishi natijasidir.Evolutsiya jarayonida turlar orasidagi farq kuchaysa ham, biroq ularning ana- tomik-fiziologik tuzilishidagi umumiylik saqlana borgan.Masalan, Arktikada yashovchi oq ayiq Galapagoss orollarida o‘rmonda hayot kechiruvchi qo‘ng‘ir ayiq yashovchi vyuroklarning turlari yoki tog‘li o‘rmonlarda tarqalgan qora divergensiya natyaadkayiqdan vazni, rangi bilan farq qilsa-da, ular ayiqsimonlar oilasining vakillari hisoblanadi.




48-rasm. Galapogoss orollarida tarqalgan

vyuroklarning bitta ajdod

turlardan kelib chiqqanligi.
Divergensiya asosan mutatsion jarayon, alohidalanish, populatsiya to‘l- qinlari, tabiiy tanlanish ta’sirida ro‘y bergan.

Divergensiya tur paydo bo‘lishining yo‘llaridan biri bo‘lib, bunda populatsiyalar evolutsiyaning boshlang‘ich omillari ta’siri natijasida ajdod turdan sezilarli darajada farq qiladigan belgilarni to‘playdi va saqlaydi, oqibatda tur ajralib, yangi turlarni hosil qiladi.

Parallel evolutsiya (grekcha - parallelos - «yonma-yon boruvchi») - bir- biriga qarindosh bo‘lgan organizmlar guruhlarida bir yo‘nalishda o‘xshash belgilar paydo bo‘lishi bilan ifodalanadigan evolutsion o‘zgarish. Masalan, sutemizuvchi kitsimonlar va kurakoyoqlilar bir-biridan mustaqil holda suv muhitiga o‘tishgan va ularda suv muhitiga moslanishlar - kurakoyoqlar paydo bo‘lgan. Afrika va Janubiy Amerika qit’alarida tarqalgan sutemizuvchilar tana tuzilishida o‘xshashlikni ko‘rish mumkin (49-rasm).

P arallelizm bir-biriga genetik yaqin turlarda belgilarning o‘xshashligi, gomologik tuzilmalarning mustaqil holda o‘zgarishlari natijasida yuzaga keladigan evolutsiyadir. Har xil turlarning bir xil genlarida o‘xshash muta­tsiyalar paydo bo‘lishi parallelizmga sabab bo‘ladi. Xuddi shunday hodisani N. I. Vavilovning irsiy o‘zgaruvchanlikning gomologik qatorlari qonuni tavsiflab beradi. Mazkur qonunga mu- vofiq, bir-biriga qarindosh turlar irsiy o‘zgaruvchanlikning o‘xshash qatorlari bilan ta’riflanadi. Shuning uchun o‘xshash belgilar bir-biriga qarindosh turlarda mustaqil - parallel holda hosil bo‘ladi.

Konvergent evolutsiya - kelib chiqishi jihatidan uzoq guruhlar (ken- ja sinf, sinf, tip) organizmlarning o‘xshash belgilarga ega bo‘lishi bilan ifodalanadigan evolutsion o‘zgarish xili.

Yüklə 5,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   152




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə