Sanoat korxonalarining barchasida bugungi kunda texnologik jarayonlarning



Yüklə 8,92 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə57/106
tarix28.11.2023
ölçüsü8,92 Mb.
#133219
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   106
Sanoat korxonalarining barchasida bugungi kunda texnologik jaray

Mexanik tarozilar. 
Mexanik turdagi tarozilarning tuzilishi va ishlash 
prinsipi juda oddiy bo‘lib, ular o‘lchash jarayonidan oldin maxsus to‘g‘rilash, 
sozlashni talab etmaydi. Ularda o‘lchanadigan yuk massasi ichki yoki tashqi 
muvozanatlovchi posangi bilan o‘zaro taqqoslanadi (solishtiriladi). Massani 
baholash 
uchun 
muvozanatlash 
indikatori 
qo‘llaniladi. 
Standart 
muvozanatlagichlar sifatida tarozi toshlari, prujinalar, gidravlik yoki pnevmatik 
uskunalar qo‘llaniladi.
Bu turdagi tarozilar murakkab bo‘lmagan tuzilishga ega, bu esa uning ishchi 
parametrlarini turli sharoitlarda ham saqlab qolishini ta’minlaydi. 
Mexanik tarozilardan bir necha yil davomida foydalanish mumkin. Mexanik 
tarozilarning o‘rtacha ekspluatatsiya muddati 10 yilga teng. Bu tarozilarning yana 
bir afzallik tomoni ularning narxi ancha arzonligidir, ularni tayyorlashda latun, 
nikel va plastmassa kabi materiallardan foydalaniladi.
Massa o‘lchash uskunalari majmuasiga milligrammli va grammli tarozi 
toshlari ham kiritiladi, bu esa o‘lchash natijalarining ishonchliligini oshiradi. 
Quyidagi rasmlarda ayrim turdagi va ko‘rinishdagi mexanik tarozilarning 
umumiy ko‘rinishlari va sxemalari keltirilgan (75-77 -rasmlar). 
75 - rasm. Turli mahsulotlarni tortishga 
mo‘ljallangan mexanik tarozi PП200-Ш-13М.
76- rasm. Sanoat sohasida qo‘llaniladigan 
mexanik tarozi. 


122 
77- rasm. 
Seca 709
rusumli mexanik tarozi. 
Laboratoriya tarozilari. 
Laboratoriya tarozilari quyidagi guruhlarga 
ajratiladi: 1) analitik guruhdagi tarozilar; 2) umumlaboratoriyaviy yoki texnik 
tarozilar; 3) maxsus tarozilar. 
Analitik guruhdagi tarozilar o‘z navbatida analitik, yarimmikroanalitik, 
mikroanalitik, ultramikroanalitik tarozilarga ajratiladi. 
XX asrning ikkinchi yarmi boshlariga kelib ikki pallali tarozilar o‘rnini uch 
prizmali shayinga ega tinchlantirgichzis tarozilar egallay boshladi. Keyinchalik 
ularning o‘rnini tengyelkali tinchlantirgichli, o‘lchash natijasini ifodalovchi 
shkalali tarozilar egalladi (78-rasm). Bu tarozilarda tortish vaqti 1-3 minutni 
tashkil etadi.
XX asrning 60-yillariga kelib ikki prizmali, bir yelkali yoki bir pallali 
tarozilar paydo bo‘ldi(79-rasm). Ushbu tarozilarda tortish uchun ketadiga vaqt 60 
sek atrofida.


123 
78-rasm. Teng yelkali uch prizmali analitik guruhdagi laboratoriya tarozisi: 1- tarozi shayini; 2-
tinchlantirgich; 3-ko‘rsatish mexanizmi tutqichi; 4-shkalai ekran; 5- tarozi pallasi; 6-ustun; 7-
arretir-izolir dastasi. 
79-rasm. Bir yelkali ikki prizmali analitik guruhdagi laboratoriya tarozisi:
1-tarozi shayini; 2-posangi; 3-tinchlantirgich; 4-shkala; 5-traversa; 6-toshlar; 7-ilgak; 8-yuk 
qo‘yiladigan palla; 9,10 – tayanch va yuk qabul qiluvchi prizmalar va yostiqchalar; 11-ustun; 12- 
arretir-izolir dastasi.
Teng yelkali tarozi shayini o‘rniga ikki prizmali richagh – kvadrant 
qo‘llanilgan tarozilar yaratildi (80-rasm). Bunda tortiladigan yukning og‘irlik 
kuchi ta’sirida muvozanat holatining dastlabki vaziyatga nisbatan o‘zgarishi 
tenglashtiruvchi kuchni keltirib chiqaradi. Ushbu tarozilarda proeksion shkala va 
optik nonius qo‘llanilgan. Asbobni noto‘g‘ri o‘rnatishdagi ta’sirlarni kamaytirish 
maqsadida optik tizimli qurilma yordamchi richag-mayatnikka o‘rnatilgan. 


124 
Tarozida richag va shayin tebranishlarini davomiyligini kamaytirish uchun 
maxsus magnit tinchlantirgich ekran o‘rnatilgan.
Tortiluvchi yuk kuchlanishi bir tomoni ustunga va ikkinchi tomoni tarozi 
asosiga mahkamlangan prujina bilan kompensatsiyalanadi. 
80-rasm. Proyeksion shkalali kvadrant tarozi: a – umumiy ko‘rinishi; b – sxemasi: 1-
tarozi pallasi; 2-kvadrant-posangi; 3-og‘ish burchagi proyeksion shkala yordamida aniqlanadigan 
richag; 4-proyeksion shkala; 5-yorug‘lik huri dastasi; 6-shkala tasvirini ekranga chiqaruvchi 
qurilma.
Fan-texnikaning yutuqlari asosida zamonaviy avtomatik boshqariladigan 
electron tizimli tarozilar yaratildi. Bu tarozilarda o‘lchash qismining boshlang‘ich 
holatdan og‘ishi natijasida datchik elementlarining o‘zaro joylashish holatlari 
o‘zgaradi va natijada elktron blokda signal hosil bo‘ladi, bu signal og‘ish kattaligi 
va yo‘nalishi haqidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi. Signal kuchaytiriladi va 
o‘zgartirirlib kuch o‘yg‘otuvchi g‘altakka uzatiladi. G‘altak tarozi asosiga 
mahkamlangan va o‘lchash qismidagi doimiy magnit bilan o‘zaro ta’sirda bo‘ladi. 
Kuch o‘yg‘otuvchi g‘altakdagi hosil bo‘lgan tok mos ravishda massa birliklarida 
gradiurovkalangan raqamli mikropermetr yordamida o‘lchanadi. 81-rasmda 
elektron laboratoriya tarozisining sxemasi, 82-rasmda esa umumiy ko‘rinishi 
keltirilgan. 


125 
81-rasm. Elektronlaboratoriya tarozisining prinsipial sxemasi: 1-datchik; 2-o‘zak; 3-datchik 
g‘altagi; 4-kuch o‘yg‘otuvchi; 5-kuch o‘yg‘otuvchi g‘altagi; 6-doimiy magnet; 7-sterjen; 8-yuk 
qo‘yiladigan palla; 9-elektron blok; 10-tok manbai; 11-raqamli hisoblash qurilmasi. 
82-rasm. Sartorius TE313S rusumli elektron laboratoriya tarozisi. 

Yüklə 8,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə