Sanoat texnologiyalari


I.5.TANLANGAN MAHSULOTLAR UCHUN ISHLAB CHIQARISHDA TEXNOLOGIK ZANJIR KETMA–KETLIKLIGI



Yüklə 0,75 Mb.
səhifə7/13
tarix15.10.2023
ölçüsü0,75 Mb.
#127830
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13
314-19 Mo\'minova Mushtariy kurs ishi 2

I.5.TANLANGAN MAHSULOTLAR UCHUN ISHLAB CHIQARISHDA TEXNOLOGIK ZANJIR KETMA–KETLIKLIGI
Texnalogik jarayon deb to’qimachlik matolari, tolalar, kalava iplar, to’qimalar, trikotaj mato va boshqalarning hususiyatlari o’lchamlari va shakli kabi sifat ko’rsatgichlarini mexanik ta’siri, havo, issiqlik, elektor, kimyoviy usullar yordamida o’zgartirishga yo’naltirilgan ishlov berishdir. Odatda texnalogiyalar eski, zamonaviy va kelajakda qo’llaniladigan bo’lishi mumkin.
Hozirda mamlakatimizda yangi zamonaviy texnika-texnalogiyalari kirib kelayotgan bo’lsada, aksariyat tarmoq korxonalarida eski texnologiyalar mavjutdir. Lekin shuni aytishimiz joizki, O’zbekistonning ba’zi bir korxonalarida ishlab chiqariladigan mahsulot ichki bozorni emas, balki chet davlatlarida to’g’ridan-to’g’ri eksport qilinmoqda. Demak, bundan ko’rinib turibdiki, bizning korxonalardan chiqayotgan mahsulotlarimiz jahon standartlariga to’liq javob bera oladigan darajada o’sib bormoqda. Buning asosiy sabablaridan biri yangi o’rnatilgan mashinalarni o’rganish uchun 6 oydan 1 yilgacha bo’lgan muddatini tashkil etgan bo’lsa, hozirgi kunga kelib korxona raxbarlari to’quv mashinalari chet-el davlatlardan olib kelguniga qadar ishchilarni o’sha davlatga o’rganish uchun o’qishga yuboradi va shu orqali ham vaqtdan ham ishchilarning ish salohiyatidan yutadi. Trikotaj ishlab chiqarish korxonalarida trikotaj mahsulotlari uchun texnologik zanjirining uch turi mavjud bo’lib, ular quyidagilar:

Yarim muntazam usul: mahsulot deyarli tayyor holatda bo’lib, faqatgina ayrim qisimlarni birlashtirish natijasida tayyor mahsulot hosil bo’ladi. Bu jarayonda asosiy ishni to’quv mashinasi bajaradi. Qolgan ishni esa tikuv bo’limida birlashtirish hisobiga olib boriladi.
Muntazam usul: bu uslubda mahsulotimiz tayyor holatda bo’lib, hech qanday boshqa ishlar amalga oshiradi. Bu ikki uslub o’ziga hos bo’lishi bilan bir qatorda kamchiligi ham mavjud. Bular quyidagilar: ish unumdorligi past, mahsulot assortimenti kam va yana boshqalar. Bizning sharoitimizga uchinchi uslub yani bichuv uslubi to’g’ri keladi. Bu uslubda ishlashda hom ashyo sarfi yuqorida keltirilgan ikki usuldan ko’p bo’lib, lekin assartimenti ko’pligi, ish unumdorligi yuqoriligi va turli xil palatnolardan foydalanish mumkinligi bilan ham ajralib turadi .
Bichuv usuli: bu uldan hozirgi kunda juda ko’p korxonalar foydalanishadi. Buning asosiy sabablaridan biri bu ishlab chiqariladigan maxsulot soni bo’yicha juda ko’p ishlab chiqariladi. Bunda to’qilgan tayyor to’qima avval to’shama to’shaladi va andoza tayyorlanib kesiladi. Kesilgan bo’laklar ajratib olinadi va tikish uchun tikuv jarayoniga yuboriladi. Tikuv bo’limida konveyir orqali ishchilar ketma-ketlik bilan andoza qismlarini birlashtirib tikishadi. Shu sababdan ham bu usuldan ko’p korxonalar foydalanib kelmoqda. Kamchiligi chiqindi miqdori 18-22 % gacha bo’ladi.
Hom ashyo ombori: hom ashyo omboriga korxonada ishlab chiqarmoqchi bo’lgan mahsulot hom ashyosi keltirib saqlanadigan joy hisoblanadi. Hom ashyo shu yerdan to’qish sexiga yuboriladi.
Laboratoriya: bu yerda hom ashyo omboriga kelgan ipimizdan 10% gacha bo’lgan miqdorda hom ashyo olinib tekshiriladi. Bunga sabab, bu ishlab chiqazmoqchi bo’lgan mahsulot uchun ishlatilishi kerak bo’lgan mahsulot sifatiga javob beradigan ipni standart yoki nostandartligi tekshiriladi. Laboratoriya har bir korxonada bo’lishi kerak. Tekshirilgan hom ashyo sifat ko’rsatkichlari pasportda berilgan ko’rsatkichlar bo’yicha mos kelsa, to’quv bo’limiga yuboriladi. Agarda ko’rsatkichlar pasportga muvofiq kelmasa, akt tuzulib yigirish korxonasiga qaytarib yuboriladi.
To’quv bo`limi: bu yerda to’qish ishlari olib boriladi. Olinadigan mahsulot soniga va kotxona maydoniga qarab mashinalari turi tanlab olinadi. Bu yerda mahsulot tayyor yoki yarim tayyor ko’rinishda keyingi bosqichga yuboriladi. To’qish jarayonida ignalar va platinalar o’zaro harakatlanib halqa hosil qilinadi. Bu jarayon asosida to’qima mato hosil bo’ladi. Hozirgi kunda korxonalarning to’quv bo’limi 2 smenada faoliyat olib boriladi.
Nuqson tekshirish bo`limi: bu yerda to’qish sexida chiqqan yarim tayyor mahsulot ko’zdan kechiriladi, sababi mahsulot nuqsonsiz bo’lishini tekshirish maqsadida. Butlash bosqichida yeng qismi alohida yoqa qismi alohida qilib tanlanadi.



Yüklə 0,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə