Sanoat texnologiyalari


Kurs loyiha ishining maqsadi



Yüklə 0,75 Mb.
səhifə3/13
tarix15.10.2023
ölçüsü0,75 Mb.
#127830
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
314-19 Mo\'minova Mushtariy kurs ishi 2

Kurs loyiha ishining maqsadi: PILOTELLI bir ignaonli trikatoj mashinasi o’rnatilgan zamonaviy korxonani loyihalash
Kurs loyiha ishining vazifasi: PILOTELLI mashinasi yordamida mahsulotlarni olish uchun kerak bo’ladigan ma’lumotlarni to’plash, mahsulot, mashina, to’qima, xom-ashyo turinilarini tog’ri tanlash.


I .1 MAHSULOT TURINI TANLASH VA ASOSLASH
Trikotaj ishlab chiqarish tarmog`i yengil sanoat sohalari ichida eng tez rivojlanib borayotgan va yuqori samaradorlikka ega bo’lgan tarmoqlaridan biri hisoblanadi. Trikotaj mahsulotlarining xilma-xilligi, betakrorligi, xususiyatlari jihatidan tengi yo’qligi ularga bo’lgan talabni yildan-yilga oshirib bormoqda. Xalq iste’mol mahsulotlari ishlab chiqarishda to’qimachilik sanoati tarmoqlarining ichida trikotaj ishlab chiqarish texnologoyasi o’zining unumdorligi, samaradorligi, ishlab chiqarish sharoitlari bo’yicha qulayligi bilan ajralib turadi.
Shu sababli, mahsulot turini tanlash va asoslash bo’yicha asosan mahsulotga bo’lgan ehtiyoj orqali biz ishlab chiqarayotgan mahsulot bozor talabiga ham javob berishi kerak. Trikotaj ishlab chiqarish texnologik jarayoni bosqichlari qisqaroq va arzonroqdir. Bundan tashqari trikotaj to’quv moshinalarining unumdorligi nisbatan ancha yuqori. Shu bilan birga trikotaj ishlab chiqarishni tashkil etish va rejalashtirish o’ziga xos qiyinchiliklarga ham ega. Trikotaj ishlab chiqarishning xar bir bosqichida turli murakkab mashinalar qo’llaniladi. Shuningdek, yuqorida aytib o’tilgan mahsulotlarimizni o’z xom ashyoyimizdan ya’ni paxta tolasidan yigirilgan iplardan to’qib ishlab chiqarish imkoniyati ham bor. Bizdan talab qilinadigan narsa esa o’zimizga kerakli trikotaj to’quv mashinasini tanlab olishdir.
Bichish usulida trikotaj mahsulotlari gazlamalarni tashqi qiyofasiga qarab detallar qirqiladi va kerakli shakl berilib ular tikish jarayonida birlashtiriladi. Bu usul bilan trikotaj ustki mahsulotlari 90% ishlab chiqariladi. Bunday usulda mahsulot ishlab chiqarish jarayonida sezilarli miqdorda chiqindi ajraladi.
Kurs loyiha ishida PILOTELLI bir ignadonli trikotaj mashinasida bolalar fudbolka mahsulotini ishlab chiqishga qaratilgan.Biz bu mahsulotni olish uchun 100 % paxta xom ashyosidan foydalanib olamiz.Shu bois ham bu to’qimadan tikilgan mahsulotlar havo o’tkazuvchanligi, yaxshi cho’ziluvchanligi suvni yaxshi shimiydi va giginek jihatdan inson uchun foydali hisoblanadi.1-rasm. Bolalar yengi uzun futbolka mahsulotining old tomon ko`rinishi.





Yüklə 0,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə