Sanoat texnologiyalari


I.4.HOM ASHYO TURINI TANLASH VA ASOSLASH



Yüklə 0,75 Mb.
səhifə6/13
tarix15.10.2023
ölçüsü0,75 Mb.
#127830
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
314-19 Mo\'minova Mushtariy kurs ishi 2

I.4.HOM ASHYO TURINI TANLASH VA ASOSLASH
O’zbekiston Respublikasi hududida hozirgi kunda paxta tolasini yetishtirish qishloq xo’jaligida asosiy o’rinlarda turadi. Chunki paxta har jihatdan eng yaxshi va to`qimachilik sohasida ko`p foydalaniladigan hom-ashyo hisoblanadi.
Yengil sanoat sohasiga tatbiq etilayotgan loyihalar to‘qimachilik korxonalarini zamonaviy texnika va texnologiyalar bilan ta’minlash hamda sifatli kiyim-kechaklar tayyorlashni yanada ko‘paytirish imkonini berayotir. Dunyo O‘zbekistonning eng sara yengil sanoat va to‘qimachilik mahsulotlaridan bahramand bo‘lmoqda. To‘qimachilik va tikuv-trikotaj mahsulotlarini ishlab chiqarish quvvatlarini joylashtirishda ish o‘rinlariga talab yuqori bo‘lgan hududlar tanlab olingan. Surxondaryo viloyatining Sariosiyo, Sherobod tumanlari, Sirdaryoning Guliston, Sayxunobod, Jizzaxning G‘allaorol, Jizzax, Qashqadaryoning Yakkabog‘, Shahrisabz, Namanganning Uchqo‘rg‘on, Pop, Samarqandning Oqdaryo, Urgut, Qoraqalpog‘iston Respublikasining Xo‘jayli, Chimboy tumanlari shular sirasidandir. Loyihalarda avvalo hududlarda yetishtirilayotgan paxta tolasini o‘sha joyning o‘zida to‘liq qayta ishlab, yuqori qiymatga ega mahsulot ishlab chiqarish hamda hudud aholisining real daromadlarini oshirish nazarda tutilgan. 
Dasturning asosiy jihatlaridan yana biri, xorijiy tajribalarni o‘zlashtirgan holda to‘qimachilik korxonalarini tashkil qilish, loyihalashtirish va qurilishning yangi tarmoq me’yorlarini ishlab chiqish hamda joriy etishdir. Ushbu me’yorlar qurilish-montaj ishlari xarajatlarining kamayishini va mahalliy qurilish materiallaridan foydalanishni ta’minlaydi. Mazkur imtiyozlar qatoriga daromad solig‘i, mol-mulk solig‘i, mikrofirma va kichik korxonalarni yagona soliq, yo‘l jamg‘armasiga ajratmalar to‘lashdan ozod qilish, 40 foizdan ortiqroq mahsulotni eksportga jo‘natgan to‘qimachilik korxonalarini mulk solig‘idan ozod qilish, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tasdiqlagan ro‘yxat bo‘yicha import qilinadigan, nooziq-ovqat iste’mol tovarlari ishlab chiqarishda foydalaniladigan asbob-uskunalar, butlovchi buyumlar, yurtimizda ishlab chiqarilmaydigan xomashyo hamda materiallarni bojxona to‘lovlaridan (bojxona rasmiylashtiruvi yig‘imlaridan tashqari) ozod etish kabilar kiritilgan. Ushbu imtiyozlardan samarali foydalanish evaziga iqtisod qilingan mablag‘lar yangi quvvatlarni barpo etish, zarur xomashyo va materiallarni xarid qilishga yo‘naltiriladi.
So’nggi yillarda mamlakatimizda to’qimachilik va tikuv-trikotaj sanoatini rivojlantirish, soha korxonalarining investitsiya va eksport faoliyatini qo’llab-quvvatlash bo’yicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilishi natijasida respublikada ishlab chiqarilayotgan paxta tolasi to’liq va ip kalavaning 45 foizi qayta ishlanmoqda, shuningdek, sohaning yillik eksport salohiyati 3,2 milliard dollardan oshdi.
Shu bilan birga, jahon bozorlarida raqobatning kuchayishi, xorijiy ishlab chiqaruvchilar tomonidan aralash turdagi mahsulotlar ishlab chiqarish hisobiga xarajatlarning kamaytirilishi ushbu sohani rivojlantirish bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlarni taqozo etmoqda.
Hisob-kitoblarga ko’ra, o’tgan oxirgi ikki yilda paxta tolasidan ishlab chiqarilgan ip-kalava mahalliy korxonalarda to’liq qayta ishlandi. Natijada to’qimachilik yarim tayyor mahsulotlari eksportining keskin qisqarishiga va tashqi bozorlarga yetkazib berilayotgan tayyor mahsulotlar hajmining 2,1 barobarga oshishiga erishildi.


Yüklə 0,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə