Saodat kambarova o‘zbek adabiyotini o‘qitish



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə68/70
tarix30.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#166037
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   70
ozbek adabiyotini oqitish meto. uslubiy qollanma

 


~ 123 ~ 
XULOSA 
Laboratoriya 
pedagogik 
jarayonning 
tashkil 
etuvchi 
mashg‘ulotlaridan biri hisoblanib, uning asosiy maqsadi bo‘lajak 
mutaxassislarda kasbiy-pedagogik kompetentlilikni rivojlantirishdan 
iborat. Bu esa ta’limiy-kasbiy muhitni tashkil etish vositalari asosida 
amalga oshirilib, unda ta’lim jarayonini tashkil etuvchilar va ta’lim muhiti 
muhim o‘rin egallaydi. O‘qitish jarayoniga faoliyatli nuqtayi nazardan 
yondashishni talab etadigan bunday xarakterdagi mashg‘ulotlar jamiyat 
va hayot haqida talabalarda kengroq tasavvurlarni shakllantirish, amaliy 
yo‘nalganlik, fanlar integratsiyasiga asoslanishni ham taqozo etadi. Shu 
nuqtayi nazardan olganda, O‘zbek adabiyotini o‘qitish metodikasi fanidan 
laboratoriya mashg‘ulotlarini tashkil etish va o‘tkazishda kasbiy 
mazmundagi masalalarni yechishga e’tibor qaratish talabalarni ilmiy 
mushohada yuritishga o‘rgatadi, ijodiy fikrlash qobiliyatini rivolantiradi. 
Ularni o‘quv fani mazmuniga chuqurroq nazar solish, jamiyat hayotini 
kuzatish, o‘zaro munosabatlarni tahlil qilish, tevarak-atrofda sodir 
bo‘layotgan voqea-hodisa va jarayonlarning mohiyatini anglagan holda 
ish ko‘rishga undaydi. Bu esa, o‘z navbatida, fanga bo‘lgan jiddiy 
munosabatining ortishiga, bilim darajasining chuqurlashuvi va 
dunyoqarashining kengayishiga sabab bo‘ladi.
O‘zbek adabiyotini o‘qitish metodikasi fanidan laboratoriya 
mashg‘ulotlarini o‘tkazish bo‘lajak adabiyot o‘qituvchisining aniq 
ifodalangan kasbiy bilish faolligi bo‘yicha o‘zlashtirilgan ijtimoiy 
tajribani ijodiy faoliyatda va izlanish jarayonida namoyon etishini ham 
ko‘zda tutadi. Kelgusi pedagogik faoliyatida ko‘p duch keladigan 
nostandart vaziyatlarda mustaqil qarorlar qabul qilish va tahlil qilishga 
imkon beruvchi mantiqiy fikrlashini rivojlantiradi. O‘zining pedagogik 
imijini yaratish va mustahkamlashiga imkon beruvchi ichki ehtiyohlari va 
imkoniyatlarini safarbar etishga yo‘naltiradi.
Laboratoriya mashg‘ulotlarining samaradorligi adabiyotshunoslik, 
tilshunoslik yoki ijtimoiy-gumanitar turkumdagi fanlarga oid bilimlarni 
integratsiyalash orqali talabalarda tanlagan kasbiga nisbatan mas’uliyat 
hissini oshirish, bilimlarini faollashtirish, jarayonda ko‘rsatmalilikni 
ta’minlashga xizmat qiladi. Faoliyatining asosini tashkil etuvchi 
mutaxassislik fanlarini chuqur o‘rganishga yordamlashadi, kasbiy 
mazmundagi o‘quv materiallarini yaratish bo‘yicha malaka hosil qiladi. 
Ichki ma’naviy ehtiyoji, pedagogik faoliyatiga motivatsiya beradi, eng 
muhimi, kelgusidagi faoliyatini yo‘lga qo‘yishga doir metod, usul, shakl 
va vositalaridan oqilona foydalanishing optimal yo‘llarini belgilashga 
xizmat qiladi. 


~ 124 ~ 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə