~ 123 ~
XULOSA
Laboratoriya
pedagogik
jarayonning
tashkil
etuvchi
mashg‘ulotlaridan
biri hisoblanib, uning asosiy maqsadi bo‘lajak
mutaxassislarda kasbiy-pedagogik kompetentlilikni rivojlantirishdan
iborat. Bu esa ta’limiy-kasbiy muhitni tashkil etish vositalari asosida
amalga oshirilib, unda ta’lim jarayonini tashkil etuvchilar va ta’lim muhiti
muhim o‘rin egallaydi. O‘qitish jarayoniga faoliyatli nuqtayi nazardan
yondashishni talab etadigan bunday xarakterdagi mashg‘ulotlar
jamiyat
va hayot haqida talabalarda kengroq tasavvurlarni shakllantirish, amaliy
yo‘nalganlik, fanlar integratsiyasiga asoslanishni ham taqozo etadi. Shu
nuqtayi nazardan olganda, O‘zbek adabiyotini o‘qitish metodikasi fanidan
laboratoriya mashg‘ulotlarini tashkil etish va o‘tkazishda
kasbiy
mazmundagi masalalarni yechishga e’tibor qaratish talabalarni ilmiy
mushohada yuritishga o‘rgatadi, ijodiy fikrlash qobiliyatini rivolantiradi.
Ularni o‘quv fani mazmuniga chuqurroq nazar solish,
jamiyat hayotini
kuzatish, o‘zaro munosabatlarni tahlil qilish, tevarak-atrofda sodir
bo‘layotgan voqea-hodisa va jarayonlarning mohiyatini anglagan holda
ish ko‘rishga undaydi. Bu esa, o‘z
navbatida, fanga bo‘lgan jiddiy
munosabatining ortishiga, bilim darajasining chuqurlashuvi va
dunyoqarashining kengayishiga sabab bo‘ladi.
O‘zbek adabiyotini o‘qitish metodikasi
fanidan laboratoriya
mashg‘ulotlarini o‘tkazish bo‘lajak adabiyot o‘qituvchisining aniq
ifodalangan kasbiy bilish faolligi bo‘yicha o‘zlashtirilgan ijtimoiy
tajribani ijodiy faoliyatda va izlanish jarayonida namoyon etishini ham
ko‘zda tutadi. Kelgusi pedagogik faoliyatida ko‘p duch keladigan
nostandart vaziyatlarda mustaqil qarorlar qabul
qilish va tahlil qilishga
imkon beruvchi mantiqiy fikrlashini rivojlantiradi. O‘zining pedagogik
imijini yaratish va mustahkamlashiga imkon beruvchi ichki ehtiyohlari va
imkoniyatlarini safarbar etishga yo‘naltiradi.
Laboratoriya mashg‘ulotlarining samaradorligi adabiyotshunoslik,
tilshunoslik yoki ijtimoiy-gumanitar turkumdagi fanlarga oid bilimlarni
integratsiyalash orqali talabalarda tanlagan kasbiga nisbatan mas’uliyat
hissini
oshirish, bilimlarini faollashtirish, jarayonda ko‘rsatmalilikni
ta’minlashga xizmat qiladi. Faoliyatining asosini tashkil etuvchi
mutaxassislik fanlarini chuqur o‘rganishga yordamlashadi, kasbiy
mazmundagi o‘quv materiallarini yaratish bo‘yicha malaka hosil qiladi.
Ichki ma’naviy ehtiyoji, pedagogik faoliyatiga motivatsiya beradi, eng
muhimi, kelgusidagi faoliyatini yo‘lga qo‘yishga doir metod, usul, shakl
va vositalaridan oqilona foydalanishing optimal yo‘llarini belgilashga
xizmat qiladi.