Saodat toxirovna toshaliyeva r e k r u t m e n t


-BOB. REKRUTMENTNING ZAMONAVIY YO‘NALISHLARI



Yüklə 4,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə56/186
tarix10.09.2023
ölçüsü4,36 Mb.
#121584
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   186
Rekrutment Darslik

5-BOB. REKRUTMENTNING ZAMONAVIY YO‘NALISHLARI 
 
5.1. Rekrutmentning zamonaviy tendentsiyalari 
 
Biznes uchun professional xizmatlar bozori jonlanmoqda. Axborot 
texnologiyalari rivojlanayib xodimlarni boshqarish sohasiga, shu jumladan 
uni qidirish va tanlashga, aniqrog’i rekruting sohaga ta'sir qilmoqda. 
Rekruterlar tobora zamonaviy yutuqlarni o‘zlashtirmoqdalar va o‘z 
kompaniyalari va mijozlari uchun eng yaxshi mutaxassislarni izlashda 
axborot texnologiyalaridan faol foydalanmoqdalar. 
Ish beruvchi sifatida kompaniya brendi ahamiyatining o‘sishi 
Ma'lum bo‘lishicha, so‘nggi yillarda, "kadrlar uchun kurash" davrida, 
kompaniyaning jozibador brendidan tashqari iste'dodlarni jalb qilishda 
muhimroq narsa yo‘q. Hatto inqiroz va mehnat bozorida bo‘shatilganlarning 
ko‘pligi ham ushbu tendentsiyaga ta'sir qilmadi. Talantlar ish joyida qoldi 
va narxi tushmadi. Buni amaldagi rekruting agentliklarining ishsiz 
qolmaganligi tasdiqlaydi: har qanday inqirozga qaramay, noyob va samarali 
mutaxassislarni qidirish davom etmoqda. 
Googlening muvaffaqiyati, ya’ni qisqa vaqt ichida (5 yil) dunyoda eng 
kuchli brendni yaratganligi, boshqa kompaniyalarni ham ilhomlantirmoqda. 
Ish beruvchi kompaniya kuchli brendga ega bo‘lib: 
1) ish qidiruvchilar soni va sifatini oshiradi; 
2) kadrlar almashinuvini pasaytiradi; 
3) eng yuqori ish haqini to‘lamasligi mumkin, sababi bunday 
kompaniyada ishlash obro‘li! 
Kompaniyalar ichida tavsiya tizimlarini joriy etish 
Turli xil ish saytlari rivojlanganiga qaramay, etakchi kompaniyalarda 
ko‘pgina eng yaxshi nomzodlar xodimlar tomonidan tanishlarini taqdim 
etish orqali yollanadi. 
Tavsiya tizimining to‘g'ri ishlashi uchun doimiy ravishda 
xodimlarning unga qiziqishini rag’batlantirish, xodimlarni kompaniya 
uchun zarur bo‘lgan odamlar bilan biznes aloqalarini o‘rnatishlari uchun 
ijtimoiy tarmoqlardan ish bo‘yicha foydalanishga undash kerak. Samarali 
tavsiyalar uchun mukofotlar tizimi shaffof, tezkor va tushunarli bo‘lishi 
kerak. 
Misollar.
SAPning Rossiya ofisida ishchilar tavsiyalariga binoan 
yangilarni jalb qilish dasturi 2007 yil boshidan beri ishlamoqda. Barcha 
ishchilar bo‘sh ish o‘rinlari to‘g'risida ma'lumot olishadi va o‘z do‘stlarini 
tavsiya qilishlari mumkin. Agar nomzod munosib bo‘lsa, unda uning 


81 
tavsiyachisi xodimning oylik ish haqi bilan taqqoslanadigan haq oladi. 
SAPning Rossiya offisida bo‘sh ish o‘rinlarining 50 foizigacha shu yo‘sinda 
yopiladi va bunaqa vakansiyalar kompaniyada yiliga 150 tagacha. 
Luxoft-da tavsiyalar nafaqat kompaniya xodimlaridan, balki barcha 
xohlovchilardan qabul qilinadi. Jarayon kompaniyaning veb-saytida 
tafsiflangan. Tavsiya etuvchining nomzodi ishga olinsa, unga 300 dollar 
miqdorida bonus to‘lanadi. Tashqi dastur ishtirokchilarining ulushi 
taxminan 15-20% ni tashkil qiladi. Xodimlar va tashqaridagi odamlarning 
tavsiyalari o‘tgan yili kompaniyaning 32% bo‘sh ish o‘rinlarini yopishga 
yordam berdi. 
Ernst & Young CIS da 8 yildan beri xodimlarni yollash bo‘yicha 
“Employee Referral Program” maxsus dasturga ega. Euroset-da "Do‘stingni 
olib kel" aksiyasi doirasida har bir xodim, tavsiya etilgan nomzod 
muvaffaqiyatli ishlagan taqdirda, 12 500 rubl miqdorida bonus oladi. 2007 
yilda nomzodlarning 25% do‘stlar va tanishlar tavsiyasiga ko‘ra, 
“Evroset”ga ishga joylashgan.

Yüklə 4,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   186




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə