Saodat toxirovna toshaliyeva r e k r u t m e n t


Sayt va ijtimoiy media tarkibi



Yüklə 4,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə54/186
tarix10.09.2023
ölçüsü4,36 Mb.
#121584
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   186
Rekrutment Darslik

 
Sayt va ijtimoiy media tarkibi 
Dolzarb, muhim ma'lumotlar bilan to‘ldirmasdan samarali veb-saytlar 
va ijtimoiy medialarni yaratish iloji yo‘q. Ko‘plab korporativ saytlar va 
ijtimoiy tarmoqlarning ishlashi samaradorligini tahlil qilish murojaatlar, 
retwitlar, layklar, kliklarning soniga asoslanadi, ammo bu ma'lumot etarli 
bo‘lmasligi mumkin. 
Bir xabarning boshqasiga qaraganda ko‘proq retwitga ega bo‘lishi 
juda muhimmi? Bu qanchalik ko‘p layklar bo‘lsa, shuncha ko‘p iqtidorli 
xodimlar yollanishini bildiradimi? Yaxshisi boshqa savol berish kerak – 
qanaqa ma’lumot o‘rtamiyona emas yahshi nomzodni jalb qiladi? Sayt 
hayotida kishilar qachon va kimlar yordamida qatnasha boradi? Va hokazo. 
Har bir rekruter bunday ma'lumot to‘plashi va tahlil qilishi kerak. Sayt 
tarkibini yangilash va o‘zgarishlar yuz berishi mumkin bo‘lgan joylarni 
tanlash bo‘yicha qarorlarni tezroq va puxta o‘ylab qo‘yish kerak. Bunday 
savollarga javob bera oladigan saytni optimallashtirish sohasigi 
mutaxassislarni jalb qilish kerak. Ehtimol tarkib bo‘yicha menejerlar, IT-
mutaxassislar, marketologlardan iborat turli sohadagi odamlarni to‘plash 
kerakdir. Ularning yordami bilan sayt tarkibini va ijtimoiy tarmoqlardagi 
sahifalarni doimiy ravishda yangilab turish va yaxshilash uchun qanday 
ma'lumot kerakligini aniqlay olasiz. 
Sayt haqida kerakli ma'lumotga ega bo‘lgan holda siz maqsadli 
auditoriya uchun tarkibni tanlashingiz va eng malakali xodimlarni jalb 
qilishingiz mumkin. 
O‘zaro aloqalar 


78 
Yuqorida tavsiflangan saytlarning vositalari va tarkibidan foydalangan 
holda, kadrlar tanlash bo‘limi o‘ziga xos aloqa markazi va aloqa kanaliga 
aylanishi kerak. Xodimlar va potentsial nomzodlar ushbu muloqot qanday 
va qay shaklda bo‘lishidan qat'i nazar, bir-birlari bilan tanishishlari, bir-
birlaridan o‘rganishlari va hamkorlik qilish usullarini izlashlari mumkin. 
Bunga sayohatga kabi munosabatda bo‘ling. Kimdir sizning 
kompaniyangiz haqida birinchi marta eshitadi, boshqalari bu haqda biror 
narsa bilishadi, lekin unchalik emas. Ehtimol, ba'zi nomzodlar sizning 
kompaniyangiz bilan tanishishadi. Ammo ular qancha ma'lumotga ega 
bo‘lishidan qat'i nazar, ularni qamrab olishlari, qiziqish o‘yg’otishi, video 
materiallari va boshqa veb-resurs vositalari bilan tanishtirishlari, ularning 
e'tiborini jalb qilishlari va ishtiroklarini kuchaytirishi kerak. 
Muvaffaqiyatli rekrutment formulasi marketing strategiyasiga o‘xshay 
boshlaydi: 
Rekrutment muvaffaqiyati = Ma'lumot + Maqsadli tarkib + Ishonchli 
ma'lumot + Nomzodlarning o‘zaro munosabati + Nomzodlar bilan tajriba 
almashish + Brend 
Yuqoridagilarni kompaniyaning ish beruvchi sifatida obro‘sini 
shakllantirish bilan chalkashtirmaslik kerak. Rekruterlar o‘zlarini farqlash 
uchun ko‘p vaqt sarflashadi, aslida, bu shunchaki kompaniyaning 
jamoatchilik fikrini shakllantirish, muayyan his-tuyg'ularni yaratish va 
nomzodlar va xodimlar o‘rtasida chinakam hamkorlik qilishdir, bu esa 
yanada yaxshi natijalarga olib keladi.
Kompaniyaning ish beruvchi sifatida obro‘si bu masalaning kichik bir 
qismidir. Masalan, Macy’s markasi uning muvaffaqiyatining muhim 
tarkibiy qismidir, ammo kompaniya sotuvchilar xaridorlarni jalb 
qilayotganiga, do‘konda chegirmalar mavjudligiga va do‘konga mijozlarni 
jalb qiladigan boshqa vositalar borligiga ham ishonch hosil qilishi kerak. 
Ular mijozlarning fikr-mulohazalarini to‘plash vositalariga ega bo‘lishlari 
kerak. Do‘konda shuningdek, his-tuyg'ularni uyg'otadigan va tovarlarni 
sotib olish istagini yaratadigan taassurotlar kerak. Bundan tashqari, 
xaridorlar nimani sotib olishlari, sotib olishlari, savdoni yaxshilashlari va 
hokazolar haqida ma'lumot to‘plash va tahlil qilish kerak. Muvaffaqiyatli 
marketing yoki yollash jarayoni shunchaki kompaniya brendini yaratishdan 
ko‘proq narsani anglatadi. 

Yüklə 4,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   186




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə