Savollar va javoblar



Yüklə 155,14 Kb.
səhifə3/15
tarix30.12.2023
ölçüsü155,14 Kb.
#164889
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Anatomiya oraliq nazorat namunaviy savollari.

Koʻkrak qafasi – sudralib yuruvchilarqushlarsutemizuvchi hayvonlar va odamda toʻsh suyagi yordamida koʻkrak umurtqalariga qovurgʻalar birikishidan hosil boʻlgan bir butun tuzilma. Odamda koʻkrak qafasi yassi konusga oʻxshaydi. Koʻkrak qafasining yon, old va orqa devori bor. Yon va oldingi devorlari 12 juft qovurgʻadan hosil boʻladi; oldinda qovurgʻalar uchi toʻsh suyagiga kelib taqaladi; orqa devorning oʻrtasi umurtqa pogʻovasining koʻkrak boʻlimidan iborat. Koʻkrak qafasining yuqorisidagi tyoshikdan koʻkrak boʻshligʻiga traxeya, qiziloʻngach, qon tomirlari va nervlar oʻtadi, pastdan diafragma chegaralab turadi. Koʻkrak qafasida oʻpka, yurak va tomirlar joylashgan. Nafas olganda Koʻkrak qafasi kengayadi, ayni vaqtda boʻylama, old-orqa va koʻndalang hajmi kattalashadi. Koʻkrak qafasining hajmi va shakli yoshjins va kasbga qarab turlicha. Koʻkrak qafasi chaqaloqlarda piramida shaklida, ayollarda pastki teshigi, boʻyi kaltaroq boʻladi. Qovurgʻa — umurtqa pogʻonasi bilan birikkan, yoysimon qayrilgan juft suyaklar. Sudralib yuruvchilar, qushlar, sut emizuvchilar va odamda toʻsh suyagi bilan birlashib, koʻkrak qafasini tashkil etadi. Q.larga muskullar birikkan boʻlib, u nafas olish va chiqarishda qoʻkrak qafasining kengayib-torayib turishiga imkon beradi. Odamda XII juft Q. bor. Har qaysi Q. ikki qismdan, yaʼni orqa qismi suyak va oldingi qismi togʻaydan tuzilgan. Q.ning orqa qismi boylamlar yordamida koʻkrak umurtqalariga tutashadi. Suyak qismi uzun, kambar, yoysimon qayrilgan plastinkaga oʻxshash. [—VII juft Q. (chin qovurgʻalar) togʻay qismi orqali bevosita toʻsh suyagiga birikadi. VIII—IX—X juft Q.ning (soxta Q.) oldingi qismlari bevosita toʻsh suyagiga yopishmasdan, oʻzidan yuqorida joylashgan VII qovurgʻaning togʻayiga tutashadi. Qolgan XI—XII juft q. togʻaylari hech qayerga birikmay, qorin muskullari orasida erkin joylashgan, shu sababli u juda harakatchandir; ularni yetim Q.lar deyiladi. Q.larning oldingi, orqa uchlari va bularning oraliq qismi, tanasi bor. Koʻpchilik Q. ichki yuzasining pastki chekkasiga yaqin joyida, Q. egatchasi boʻlib, unda qon tomirlar va nerv tolalari joylashadi. Q.larning shakli va uzunligi koʻkrak qafasining tuzilishiga va shakliga bogʻliq; ularning uzunligi 1-Q.dan 7-Q.gacha ortib borib, 8-Q.dan oxirgi 12-Q. gacha qisqarib kamayadi.
6. To'sh suyagi va O'mrov suyagi tuzilishi
. JAVOB

Yüklə 155,14 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə